Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


LABORATORIYADA TAROZI VA TAROZIDA TORTISH



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/28
tarix11.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#111348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
kimyo labaratoriya

1.4. LABORATORIYADA TAROZI VA TAROZIDA TORTISH
Tarozi kimyo laboratoriyasi uchun juda zarur asbobdir. Chunki laboratoriyada olib boriladigan ko’pgina tajribalar aniqlikni talab qiladi. Shuning uchun moddalar katta aniqlik bilan tortiladi. Shu sababli laboratoriyada ishlovchi har bir kishi tarozini ishlata bilishi zarur. Tarozilar har xil ko’rinishda bo’lib, ularning bir qancha turlari ishlatiladi. Tarozi aniq tortadigan asbobdir. Shuning uchun u bilan juda ehtiyot bo’lib ishlash lozim. Har bir tarozining o’z toshlari bo’ladi.
Tarozida tortishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

  1. Tarozi ber joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga ruxsat etilmaydi.

  2. Tarozi pallasiga issiq, ho’l va iflos narsalarni qo’yish man etiladi.

  3. Tortiladigan reaktiv va har bir toshni tarozi pallasiga tarozini to’xtatib, so’ngra qo’yish kerak.

  4. Tortiladigan reaktivni to’g’ridan – to’g’ri tarozi pallasiga qo’ymasdan, stakancha, byuks, soat oynasi yoki qog’ozga qo’yib tortish kerak.

  5. Tortiladigan reaktivlar tarozining chap pallasiga, toshlar esa o’ng pallasiga qo’yiladi.

  6. Tarozi toshlarini faqat qisqichda olish lozim.

Analitik tarozilar alohida xonaga o’rnatilishi kerak. Bu xonada havo namligi va temperatura o’zgarmasligi kerak.

2- LABORATORIYA ISHI
MЕTALLARNING EKVIVALЕNTINI ANIQLASH.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Ekvivalentlar qonuni
2. Oddiy moddalarning ekvivalentlarini aniqlash usullari.
3. Murakkab moddalarda ekvivalent tushunchasi va murakkab moddalarning ekvivalentligini aniqlash.
4. Ekvivalent va valentlik tushunchasi orasidagi bog‘lanish
Mashg‘ulot maqsadi:
Ekvivalent tо‘g‘risida aniq tushuncha olish, metalning ekvivalent og‘irligini tajriba yо‘li bilan aniqlash va kislota, asos hamda tuzlarning ekvivaletlarini hisoblash yo’llari bilan tanishish.
Tayanch iboralar:
Ekvivalent, valentlik, molyar massa, kislotalarning, tuzlarning, asoslarning ekvivalenti

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin