Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/28
tarix11.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#111348
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
kimyo labaratoriya



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

UMUMIY КIMYO KAFEDRASI

KIMYO

FANIDAN LABORATORIYA ISHLARI TO’PLAMI
5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
5610600-Xizmat ko'rsatish texnikasi va texnolgiyasi
5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar (neft va gaz sanoati)
5312400-Muqobil energiya manbalari (turlari bo'yicha)
5311900-Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
5311700-Foydali qazilma konlari geologiyasi,qidiruv va razvetkasi
5311600-Konchilik ishi (yer osti konchilik ishlari)
5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqrishni avtomatlashtirish va boshqarish
5310900-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti
5310600-Yer usti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi
5310200-Elektr energetikasi(elektr ta'minoti)
5310100-Energetika (issiqlik energetikasi)
TALABALARI UCHUN
USLUBIY KO’RSATMA

Qarshi 2019




1.3. LABORATORIYADA ISHLASH VAQTIDA RIOYA QILINISHI KERAK BO’LGAN EHTIYOT CHORALARI
1. Zaharli va badbo’y moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo’rili shkafda bajaring.
2. Ajralib chiqadigan gazni yaqin turib hidlamang. Gazni hidlash zarur bo’lsa, ehtiyot bo’lib, havoni qo’lingiz bilan idish og’zidan o’zingiz tomon yelpitib hidlang.
3. Kuchli kislotalarni, ayniqsa, sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga quymang, kislotani suvga jildiratib quying.
4. Reaktivlarni quyishda ularni yuzingizga yoki kiyimingizga sachratmasligi uchun hech vaqt idishning tepasiga engashmang.
5. Suyuqlik qizdirilayotgan idish ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik ba‘zan sachrab chiqishi ham mumkin.
6. Probirkaga biror narsa solib qizdirayotganingizda uning og’zini o’zingizga yoki yoningizda turgan idishga qaratib tutmang.
7. Yuzingizga yoki qo’lingizga suyuqlik sachrasa, suv bilan darhol yuvib tashlang va sochiq bilan arting. Kuchli kislota sachrasa, avval ko’p miqdor suv bilan, so’ngra esa sodaning suyultirilgan eritmasi bilan yuving. Teriga ishqor sachraganda uni suv bilan to silliqlik yo’qolguncha yuvish kerak.
8. Oson o’t oluvchi uchuuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o’tdan uzoqroqda va, imkoni bo’lsa, mo’rili shkafda o’tkazing.
9. Benzin, spirt, efir o’t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib o’chiring.
10. Zaharlanib qolsangiz va qattiq kuysangiz darhol vrachga ko’rsating.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin