Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə73/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
BT GO`M 22

Tabiatshunos-tabiatni o‘rganuvchi, tekshiruvchi kishi, olim.
Tabiyun-materializm tarafdori, materialist.
Tabiiy-1. tabiatga, ob’ektiv mavjudotga oid tushunchalar nazariyasi: tabiiy sharoit; tabiiy hodisalar; tabiiy fanlar va x.k.lar; 2. fanda tabiat taraqqiyotining alohida pog‘onalarini yoki uning tarkibiy qismlarini tashkil etish haqidagi tushunchalar ifodasi; 3. tarixiy taraqqiyot natijasida o‘z-o‘zidan qonuniyatli ravishda kelib chiqadigan, tarixiy-zaruriy holat.
Tabiiylik-moddaning tabiiyligi va h.k.
Tabiaot-1. tabiat hodisalari va qonuniyatlari haqidagi fan, tabiiy fanlarning umumiy nomi, maktabda tabiat to‘g‘risida o‘qitiladigan fan nomi; 2. tabiiyot, tabiat haqidagi fanlar tizimi. Maqsadi-tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish yo‘llarini ochib berish. Moddiy borliqni butunligicha, butun tabiiy fanlar tizimi asosida, bir-biridan ajratmagan holda o‘rganish hozirgi kunda «Tabiaotshunoslik» deyiladi.
Tabiiy ilmiy bilish usul (metod)lari-umuminsoniy tafakkur (tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, induksiya, deduksiya va boshqalar), emperik va nazariy tadqiqot usullari (kuzatish, tajriba, o‘lchash, modellashtirish, ideallashtirish, formallashtirish va x.k).
Tamoyillar-nazariyaning umum va muhim fundamental asoslari.
Transkripsiya va translyasiya–hujayra qayta ishlab chiqarish jarayonining qismlari.
Texnika-1. atrof-muhitni tabiiy, shuningdek, atropogen jihatdan qayta qurishga (o‘zgartirishga) yo‘naltirilgan urunishlar yig‘indisi; 2. nafaqat mashinalar, balki ob’ektlarga nisbatan matematik vositalarni va turli tajribaviy jarayonlarni qo‘llash asosida tartibli yondashuv.
Tafakkur-ob’ektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in’ikos jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati.
Teokratiya-siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo‘lida bo‘lgan idora usuli.
Fan-1. borliq to‘g‘risida bilimlarni o‘rganadigan, tayyorlaydigan va nazariy jihatdan tizimlashtiradigan inson faoliyati sohasi; 2. tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini ochib beruvchi hamda atrofdagi muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin