Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


-mavzu: Geografiyani o‘qitish metodikasi sohasidagi tadqiqod metodlari



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə2/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
BT GO`M 22

2-mavzu: Geografiyani o‘qitish metodikasi sohasidagi tadqiqod metodlari


Boshlang’ich maktab Geografiya kursi tabiat hodisalarining keng doirasini qamrab oladi, shu munosabat bilan ba‘zan o’rganilayotgan hodisalar bilan o’zaro bog’liq holda kuzatishlar olib borish qiyin bo’ladi. Shuning uchun ham Geografiyani dastlab o’rganish uchun ob‘ektlar tanlashda quyidagilarni: o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, o’rganilayotgan materialning tushunarli bo’lishini, uning ta‘limiy va rivojlantiruvchi ta‘sirini, o’lkashunoslik materiali bo’lishini, olingan bilimlarni maktab jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar bajarilishida foydalanish imkoniyatini hisobga olish zarur.
Barcha ta‘lim - tarbiyaviy ishlarning bajarilishi metodlarning to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi o’quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib bo’lmaydi, tirik organizmlarni bevosita o’rganmasdan turib o’simlik va hayvonlar hayotini tushunib bo’lmaydi, o’simliklarni o’stirish va hayvonlarni parvarish qilish bo’yicha amaliy ishlar bajarilmasdan qishloq xo’jalik mehnatining amaliy o’quv hamda ko’nikmalarini hosil qilib bo’lmaydi.
Qo’llaniladigan har qanday metodning ahamiyatini, o’quvchilarning materialni o’zlashtirganligini, ularda zarur tasavvur va tushunchalarning shakllantirilganligini tarbiyaviy natijalarni aniqlamasdan turib bilib bo’lmaydi. Faqat shu ma‘lumotlarga asoslanib, har qanday metodni to’g’ri baholash mumkin.
O’qitish metodlari to’g’risidagi masalani ishlab chiqish bilan mashg’ulotlarning o’quv jihozlari to’g’risidagi masalalar ham chambarchas bog’liqdir, chunki o’quv qurollari va boshqa jihozlar Geografiya tasavvurlari va tushunchalarni shakllantirishning asosi hisoblanadi. Geografiyani o’qitish metodikasi, shuningdek o’qitishning moddiy bazasi - Geografiya xonasi, tirik tabiat burchagi, o’quv-tajriba maydonchasi, o’qitishning texnika vositalarini tashkil etish va foydalanish masalalarini ham qarab chiqadi, bularsiz Geografiyani o’qitishni to’g’ri olib borish mumkin bo’lmaydi.
Metodika o‘qituvchini Geografiyani o‘qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o‘qitish maxoratini oshiradi. Boshlangich sinf o‘qituvchilari uchun eng muximi tarbiyalovchi talim sistemasini tushinib olish, Geografiyani o‘qitish asoslarini, uning uchun xos bo‘lgan shakl, metod va uslublarini, o‘quvchilarning bilish faoliyatlari garaxbarlik qilishni o‘rganib olishdir. Shunibilan - birga o‘quvchilar o‘z o‘lkasining tabiativa qishloq xo‘jaligi xususiyatlarini yaxshi bilgan bo‘lishi, o‘quvchilar bilan ish olib borishda foydalanib borishi kerak.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin