Qandli diabet kasalligini glukometr asbobida


Diabet bilan kasallangan  barcha bemorlar quyidagi mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak



Yüklə 435,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix17.09.2023
ölçüsü435,23 Kb.
#144665
1   2   3   4   5   6   7   8
qandli-diabet-kasalligini-glukometr-asbobida-aniqlash

 
Diabet bilan kasallangan 
barcha bemorlar quyidagi mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak.
 
Endokrinolog, 
kardiolog, nevrolog, oftalmolog, jarroh.
 
Kasallik darajalari: 
Kasallikni jiddiyligiga qarab tasniflash juda muhim 
sanaladi. Asosan glikemiya darajasiga qarab farqlanadi. Darajalanish tashxis 
qo’yishda yordam beradi va asoratlarni oldini olishda muhim rol o'ynaydi. Tibbiy 
yozuvlarga qarab kasallik qanday kechayotganini, asoratlar og'ir-yengilligini bilib, 
farqlash mumkin.
 
1-daraja: Kasallanish orasida eng yaxshi ko'rsatkich hisobanib, har qanday 
davolash jarayoni kasallikni ana shu darajaga tushirishga qaratilgan bo'ladi. Qand 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1140 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
miqdori insulin bilan butunlay qoplanadi, glyukoza darajasi 6-7 mmol / l atrofida
glyukozuriya (glyukozani siydik bilan ajralishi) uchramaydi, boshqa ko'rsatkichlar 
ham me’yorda boladi. Kasallik fonida rivojlangan patologiyalar uchramaydi, 
asoratlar kuzatilmaydi. Bunday natijaga davolash kursiga to'liq amal qilish va parhez 
tutish yordamida erishiladi. 
2-daraja: Bu darajada insulin qand miqdorini biroz qoplay olmayotganidan 
dalolat beradi. Ko'zlar, buyraklar, yurak, qon tomirlari, oyoqlarda, nerv tolalarida 
shikastlanishlar mavjud bo’ladi.
3-daraja: Bu darajada kasallik faol rivojlanayotgani va uni dori-darmonlar bilan 
ushlab turib bo'lmasligi kuzatiladi. Glyukoza miqdor 3-14 mmol / l atrofida, 
glyukozuriya doimiy bo'ladi, yuqori proteinuriya kuzatiladi, shikastlangan organlar 
asta-sekin belgi berishni boshlaydi. Ko'rish o'tkirligi tez pasayib ketadi, gipertoniya 
kuzatiladi, oyoqlarda va barmoq uchlarida sezuvchanlik kamayadi. 
4-daraja: Bu darajada mutlaq dekompensatsiya kuzatiladi va qilgan muolajalar 
(agar bo'lsa) umuman foyda bermayotganidan dalolat beradi. Glyukoza miqdori 
jiddiy raqamlargacha (15-25 mmol / l va undan kop) ko’tariladi, qand miqdorini 
tushirishga urinish yaxshi samara bermaydi. Siydik orqali oqsil ajralishi yanada 
faollashadi. Buyraklar yetishmvochiligi yuzaga keladi, terida yaralar va gangrena 
uchrashi mumkin. Komaga tushish xavfi o’ta yuqori. Qonda glyukoza miqdori biroz 
oshgan va 7-10 mmol / l atrofida boladi, glyukozuriya uchramaydi. Boshqa 
ko’rsatkichlar ham biroz me'yordan oshgan bo'ladi. 

Yüklə 435,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin