Qandli diabet kasalligini glukometr asbobida


Patogenez:  Me’da osti bezining endokrin hujayralari tomonidan yetarli  miqdorida insulin ishlab chiqarilmasligi



Yüklə 435,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix17.09.2023
ölçüsü435,23 Kb.
#144665
1   2   3   4   5   6   7   8
qandli-diabet-kasalligini-glukometr-asbobida-aniqlash

Patogenez: 
Me’da osti bezining endokrin hujayralari tomonidan yetarli 
miqdorida insulin ishlab chiqarilmasligi.
 
Insulinning organizm to’qimalari hujayralari 
bilan o’zaro ta’sirlashuvining buzilishi (insulinorezistentlik). 
Buning sabablariga: insulin uchun maxsus retseptorlarning strukturasi o’zgarishi 
yoki miqdorining kamayishi,
 
insulinni o’zining tuzilishi o’zgarishi,
 
hujayralar ichida 
retseptorlardan organellalarga signallar uzatilish mexanizmining buzilishi.
 
Yuqorida aytilganidek, qandli diabet ota-onadan farzandlarga o’tishi mumkin. 
Ota-onaning biri ushbu xastalik bilan kasallangan bo’lsa, uning nasl surishi ehtimoli 
1-tip uchun 10%, 2-tip uchun 80% ni tashkil etadi. 
Pankreatik yetishmovchilik (1-tip diabet). Eski nomlanishi insulinga bog’liq 
diabet. Ko’pincha yoshlar, 40 yoshgacha bo’lganlar, ozg’in insonlar aziyat chekadi. 
Kasallik og’ir kechadi, davolash uchun insulin beriladi. Ushbu tipdagi diabet 
rivojlanishida dastlabki jarayon — me’da osti bezi endokrin hujayralarining 
(Langergans orolchalari) massiv buzilishidir. Buning oqibatida qonda insulin keskin 
miqdorda pasayib ketadi. Hujayralarning buzilishiga virusli infektsiyalar, onkologik 
kasalliklar, pankreatit, me’da osti bezining toksik shikastlanishi, stressli holatlar, turli 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1138 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
autoimmun kasalliklar sabab bo’lishi mumkin. Insonda bu kasallik genetik ravishda 
determinatsiyalangan va 6 xromosomada joylashgan qator genlarning nuqsoni 
tomonidan moyillik yaratib berilgan boladi. Ushbu nuqsonlar organizmning me’da 
osti bezi hujayralariga bo’lgan autoimmun agressiyani kuchayrtiradi va β-
hujayralarning regeneratsion qobiliyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Shuningdek
provokatsion omillar sifatida oshqozon osti bezi hujayralarining uzoq muddatli 
gipoksiyasi, uglevod va yog’larga boy, oqsil esa kam bo’lgan parhez ham xizmat 
qilishi mumkin. Bu hujayralarning sekretor funktsiyasi pasayishi va oxir-oqibat 
ularning nobud bo’lishiga olib keladi. Hujayralarning massiv nobud bo’lishidan keyin 
ularning autoimmun shikastlanishi mexanizmi faollashadi. Diabetni 1-turidan 
butunlay davolanib bo’lmaydi, lekin ba’zi hollarda bez faoliyati me’yorda ushlanib, 
parhezga amal qilinsa, kasallik ortiqcha bezovta qilmaydi. Doimiy ravishda sun’iy 
insulin qabul qilish talab etiladi. Insulin oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi 
bois, u faqat inyektsiya orqali kiritiladi. Qat’iy parhezga amal qilib, ovqat ratsionidan 
yengil hazm bo’luvchi uglevodlarni (shakar, shirinliklar, mevali sharbatlar) butunlay 
chiqarib tashlash kerak. 
Ekstrapankreatik yetishmovchilik (2-tip diabet). Eski nomlanishi-insulinga 
bog'liq bo'lmagan diabet. Ko'pincha yoshi kattalar, semizlikdan aziyat chekadigan 
(asosiy xavf omili, bemorlarning 80% da tana vaznining ortiqchaligi qayd qilinadi), 
40 yoshdan oshgan kishilar xastalanadi. Retseptorlar strukturasi o'zgarishi yoki 
sonining kamayishi natijasida gormon bilan ta'sirlasha olmaydi. Shuningdek ba'zida 
gormonni o'zining tuzilishi o'zgarishi ham mumkin (genetik nuqsonlar). Semizlikdan 
tashqari, 2-tip diabetning xavf omillariga quyidagilar kiradi: Qarilik; chekish; alkogol 
iste’mol qilish; arterial gipertoniya; surunkasiga ortiqcha ovqatlanish; kamharakat 
hayot tarzi. Diabetning 2-tipiga irsiy moyillik bo'lishi isbotlangan. Bunga 
gomozigotali egizaklarda kasallik mavjud bo’lishining 100% mos kelishi ishora 
qiladi. Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak bo'lavermaydi. Faqatgina 
malakali shifokor davolash tartibini belgilay oladi. Avvalo, bunday bemorlarga 
parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Tana 
vaznini me’yorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3 kg dan tushirib borish tavsiya 
etiladi. Parhezga amal qilmaganda qonda shakar miqdorini tushiruvchi dorilar, eng 
og'ir hollarda insulin buyuriladi. 

Yüklə 435,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin