Popul yatsi yalarekologi ya s I



Yüklə 310,3 Kb.
səhifə2/24
tarix13.12.2023
ölçüsü310,3 Kb.
#175205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Amaliy mashg`ulot populyatsiya

Jami:

14

AMALIY MASHG’ULOTLARNI O’TKAZISHUCHUN USLUBIY KO’RSATMA


Kirish.
“Populyasiyalar ekologiyasi” biologiya yo’nalishi boyicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan muhim tanlov fanlardan biridir. Bu fandan ma’ruzalar kursida talabalarga populyasiya tushunchasi, uning statik va dinamik ko’rsatkichlari, ya’ni zichligi, jins, yosh va makondagi tuzilmalari, tug’ilish, o’lim, populyasiyasonining o’zgarishi va boshqarilishi haqida keng nazariy ma’lumotlar beriladi. Ammo, yetishib chiqayotgan ekolog mutaxassislar tabiatdagi mavjud populyasiyalarni, ayniqsa, kamayib borayotgan, noyob yoki zararkunanda organizmlar populyasiyalarini tadqiq qilish uchun amaliy ko’nikmalarga ham ega bo’lishlari zarur. Bunday ko’nikmalar «Populyasiyalar ekologiyasi» fanidan amaliy mashg’ulot darslarida hosil qilinadi. Amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar populyasiya soni va zichligini aniqlash usullari, jins va yosh tuzilmaning ifodalanishi, populyasiyadagi tug’ilish va o’limni hisoblash, populyasiya soni o’zgarishlarini aniqlash ko’nikmalariga ega bo’ladilar hamda yuqoridagi ko’rsatkichlarni hisoblash uchun zarur bo’lgan matematik amallarni o’zlashtiradilar.
Populyasiyaga xos ko’pgina ko’rsatkichlarni auditoriya sharoitida aniqlashning imkoni yo’q. Shuni etiborga olib, amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatmaning ilova qismida ayrim populyasiyalarga oid nazariy ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar asosida talabalar yashab qolish jadvali va egri chizig’ini tuzish, populyasiya o’sish tezligini aniqlashning matematik usullarini o’rganadilar.
1-Mavzu: Populyasiya soni va zichligini aniqlash.
Reja:

  1. Populyasiya soni va zichligi haqida nazariy ma’lumotlar.

  2. Populyasiya sonini va zichligini aniqlash.

  3. Mustaqil ish topshiriqlari

  4. Testlar.



Darsning maqsadi: Talabalarga populyasiyalarning soni va zichligi hamda bu ko’rsatkichlarning o’zgarib turishi haqida nazariy ma’lumotlar berish, amaliyotda populyasiya soni va zichligini aniqlash usullaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.

Yüklə 310,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin