Popul yatsi yalarekologi ya s I


- Mavzu: O’simlik populyasiyasining yosh tuzilmasini aniqlash



Yüklə 310,3 Kb.
səhifə6/24
tarix13.12.2023
ölçüsü310,3 Kb.
#175205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Amaliy mashg`ulot populyatsiya

2 - Mavzu: O’simlik populyasiyasining yosh tuzilmasini aniqlash .


Reja:
1. Populyasiyaning yosh tuzilmasi haqida nazariy ma’lumotlar.
2. O’simlik populyasiyasining yosh tuzilmasini o’rganish.
3. Mustaqil ish topshiriqlari
4. Testlar


Darsning maqsadi: Talabalarga populyasiyalarning yosh tuzilmasi hamda uning ifodalanishi, yosh tuzilmaning populyasiya hayotidagi ahamiyati haqida nazariy ma’lumotlar berish, amaliyotda populyasiya yosh tuzilmasini aniqlash usullaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.
Dars o’tish vositalari: Yantoqning turli yosh holatlarini hisobga olib yig’ilgan gerbariy namunalari. Shuningdek, boshqa o’simliklarning yosh holatlariga oid gerbariylar. O’simliklarning yosh holatini ifodalovchi jadval va o’quv qo’llanmalar.
Dars o’tish usullari: dars takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu boyicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo’lib amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Darsning бориши:
2.1. Populyasiyaning yosh tuzilmasi haqida nazariy ma’lumotlar.
Populyasiyada turli yoshga mansub individlarning o’zaro nisbati uning yosh tuzilmasini ifodalaydi. Populyasiyaning yosh tuzilmasi o’z- o’zini yaratish jadalligi, o’lish darajasi, avlod almashinish tezligi kabi muhim jarayonlarni aks ettiradi.
Populyasiyaning yosh tuzilmasi quyidagi usullarda ifodalanishi mumkin.
1) turli yoshdagi individlar guruhi nisbati orqali;
2) turli avlodlar nisbati orqali;
3) predreproduktiv, reproduktiv va postreproduktiv davrlar davomiyligining nisbati orqali;
4) individlarning rivojlanish va o’sish xususiyatlari orqali.
Individlarning yoshiga bog’lik holda ularning yashash muhitiga va alohida omillarga talabi sezilarli o’zgarib turadi. Ontogenezning turli bosqichlarida organizmlarning yashash muhiti, oziqlanish usuli, harakatlanish xususiyatlari, faolligi almashinib turishi mumkin. Ayrim hollarda bir turga mansub turli yoshdagi guruhlar o’rtasidagi farq turli turlar o’rtasidagi farqlarga nisbatan kuchliroq ifodalangan bo’ladi. Masalan, baqalarning yetuk davri va lichinkasi, kapalaklar va ularning lichinkasi va boshqalar.
Turli yoshdagi guruhlar o’rtasida hayot tarzida farqlar shunga olib keladiki, ba’zi funksiyalar to’lig’icha rivojlanishning ma’lum bosqichlarida bajariladi. Masalan, hasharotlarning ko’pchiligi yetuk davrida deyarli oziqlanmaydi. Oziqlanish va o’sish lichinka bosqichida amalga oshiriladi. Yetuk davri esa tarqalish va ko’payish vazifasini bajaradi.
Populyasiyada individlarning yosh jihatidan bir-biridan farq qilishi populyasiyaning ekologik xilma-xilligini kuchaytiradi, bu esa noqulay tashqi muhit sharoitlarida turning yashab qolish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O’simlik populyasiyalarida yosh tuzilma turli yoshdagi individlar nisbatida ifodalanadi. Individlarning yosh holati-uning tashqi muhit bilan ma’lum munosabatlarini tavsiflaydigan ontogenezning ma’lum bosqichidir. O’simlik populyasiyasining yosh tuzilmasida quyidagi guruhlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
O’simta- tuzilishi jihatdan sodda, ikki yo’l bilan oziqlanadigan (urug’dagi zapas oziqa va qisman mustaqil) kichik o’simliklar;
Yosh o’simliklar- mustaqil oziqlanadi, shoxlanmagan yoki shoxlanish boshlangan, barglari uncha yirik bo’lmagan o’simliklar.
Yetuk vegetativ o’simliklar - yer usti va yer osti organlari to’liq shakllangan, lekin reproduktiv organlari hali yo’q. Bu o’simliklar keyinchalik gul va meva hosil bo’lishi bilan generativ bosqichga o’tadi. Generativ bosqichga o’tishda organizmda fiziologik va bioximik o’zgarishlar yuzaga keladi. Transpirasiya va fotosintez tezligi oshadi.
Yosh generativ o’simliklar- gullaydi, meva hosil qiladi, o’simlik yetuk shaklga kiradi.
O’rta yoshli generativ o’simliklar - har tomonlama yetuk, eng yuqori o’sish va urug’ hosil qilishga qobiliyatli o’simliklar.
Qari generativ o’simliklar - reproduktiv funksiyasi zaiflashgan, shoxlanish va ildiz o’sishi jarayonlari sekinlashgan o’simliklar. Bu o’simliklarda yemirilish jarayoni yangilanish jarayonidan ustun.
Qari vegetativ o’simliklar- meva hosil qilishi to’xtagan o’simlik, yemirilish jarayoni ko’payadi, ildiz va shoxlari orasidagi bog’lanish zaiflashadi.
O’layotgan individlar - o’lchamlari kichiklashgan, ko’pchilik hujayralari o’lgan o’simliklar.
O’simlik populyasiyasida individlarning yosh holatiga qarab taqsimlanishi yosh spektri deb ataladi. Agar populyasiya yosh spektri fakat urug’ va o’simtalardan iborat bo’lsa, bu populyasiya invazion populyasiya deb ataladi. Yosh biosenozda endi shakllanayotgan populyasiyalar shunday populyasiyadir. Bunday populyasiya o’z-o’zini boshqarishga qodir emas. Agar populyasiya barcha yoshdagi guruhlardan iborat bo’lsa, normal populyasiya deyiladi. Bunday populyasiya mustaqil va o’z-o’zini boshqara oladi. Generativ va vegetativ qari individlardan iborat populyasiya regressiv populyasiya deb ataladi. Invazion, normal va regressiv populyasiyalar bir-biriga o’tib turadi.
Senopopulyasiyalar yosh tuzilmasi turning biologik xususiyatlari tomonidan belgilanadi, hamda tashqi muhit sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Senopopulyasiyaning yosh spektri uning holati va o’zgaruvchan yashash muhitiga moslashganlik darajasini aks ettiradi.

Yüklə 310,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin