208
Organizm integrasiyasining har xil tomonlarini ifodalaydigan bir necha
maydon nazaryalarini yaratish mumkin va zarur. Jumladan, elektr potensiali
maydoni, hujayra ishlab chiqaradigan nur energiyasi maydoni, oqsil denaturasiyasi
maydoni, membrana tarkibi maydoni nazaryalari va boshqalar.
Bu maydon
nazaryalari rivojlanayotgan organizm bir butunligini chuqurroq tushunishga
yordam beradi .har xil yo‘nalishlar bo‘yicha ishlayotgan embriologlar hujayra
mayqdoniga oid bir qancha fikrlar aytishgan .
Ch.Chayldning fiziologik gradient nazaryasini maydon nazaryasi deb atasa
ham bo‘ladi. Organizmning egallab turgan joyi maydon , gavda o‘qi esa gradient
hisoblanadi(P.G.Svetov) .maydon va gradient qiyosiy tushunchalar bo‘lib, har
ikkalasi ham organizm bir butunligi va uning integrasiyasi bilan bog‘liq
(I.A.Arshavskiy).
Chaylqdning maydon nazaryasini rivojlana yotgan organizmning bir
butunliogining dinamikasi nazaryasi, deb atash ham mumkin.
P.G.Svetlov embriologiyada qo‘zg‘alish ,tormozlanish kabi fiziologik
tushunchalarni kiritish zarurligini isbotlangan yagona embriolog hisoblanadi.
Uning
fikricha ,rivojlanayotgan organizm qismlari o‘rtasida kimyoviy bog‘liqlik
bor. Hujayra sekreti boshqa hujayralarga ta‘sir etishi mumkin. Gormonlar shunday
xususyatga ega.
Svetlov fikricha, embrionning bir qismining moddalari boshqa
qismiga qitiqlagich sifatida ta‘sir etishi mumkin. Bunday ma‘lumotlar
embriologiyada ko‘plab uchraydi. Jumladan, G.A.Buznikov va T.Gustafsonlarning
embrionning dastlabki davrida mediatorlarning ta‘sirida oid ma‘lumotlari bunga
misopl bo‘ladi. Nerv sistemasi bo‘lmagan organizmlarda ta‘sirot hujayradan
hujayraga o‘tadi. Svetlov maydoni hujayra hayoti va uning o‘zaro ta‘siri bilan
aniqlanadigan omil hisoblanadi. Uning fikricha, taraqqiyotga oid har qanday
nazariya 3 ta asosiy prisipga: har qanday bosqichdagi organizmning bir butunligi;
taraqiyotning tezligi; har qanday morfogenetik jarayonning davrligiga asoslanishi
lozim.
K.Uoddington (1974) fikricha ,‖….biologlar morfogenetik maydon
borligini bundan boshqacha tushuntira olmadilar. Chunki maydon hosil bo‘ladigan
tuzilmaning qiyofasini belgilaydi.maydon so‘zi mavhum bo‘lib ko‘rinadi. Chunki
unda qandaydir ichki kuch bor. Biologik hodisalarda bu qanday kuch ekanligini
aniqlash lozim‖.
Embriologiyada maydon, gradient gipotezalarining paydo bo‘lishi
embriologik hodisalarni faqat tahlil qilish orqali tushuntirib bo‘lmasligidan dalolat
beradi. Rivojlanayotgan embrion bir butunligini bilish uchun maxsus usul va taxlil
zarur bo‘ladi. Ayni paytda embriologiyada paydo bo‘lgan yaqin va uzoq
masofadan boshqarish mexanizmi (T.Yamada), pozitsion axborot (L.Volpert),
organ maydoning ikki o‘lchamli modeli (P.French, B.Brayent) shular
jumlasidandir.
L.Volpert gipotezasi rivojlanayotgan organizmda qandaydir morfogen
gradient modda bo‘lib, u rivojlanish jarayoniga ta‘sir etishiga asoslanadi. Bu
jarayonda hujayra maxsus axborotlarga asoslanib ish ko‘radi.
French va brayent gipotezasi hasharotlar va amfibiyalarda
imaginal diskning
regulyasion jarayonlar tahliliga asoslanadi.
209
Keyingi yillarda morfogenezga ta‘sir etadigan vektor maydoni gipotezasi
yaratilmoqda. Bu gipotezaning asosini matematiklarning doimiy va doimiy
bo‘lmagan tarkibiy qismlariga oid nazaryalari tashkil etadi.
Morfogenetik jarayonlarning organizmga tarqalishiga oid matematik
A.Tyuring modeli abstrakt moddalarning fiziko kimyoviy jarayonlarga o‘zaro
ta‘siriga asoslanadi. Uning taklif etgan modelidan mezodermal somitlar,
umurtqalar, gavda yuzasi hosil bo‘lishida foydalanish mumkin.
K.Xakenning (1980)sinergetikaga oid gipotwezasi rivojlanishni matematik
usul bilan tushuntiradi.
Shunday qilib, har xil dinamik sistemalar topologiyasi, boshqari.lishi
sohasida matematikaning taraqqiyoti bir qancha
embriologik hodisalarni bir
q1ancha embriologik hodisalarni bir butun holda o‘rganish imkonini bermoqda.
Har xil maydon nazaryalari tahlili ularning birortasini indivudial
rivojlanish uchun qabul qilishga bizni ishontira olmadi. Ammo shu narsaga
ishonish mumkinki, maydon tushunchasi tasodifan qabul qilinmagan .embrion
haqidagi har qanday tushuncha uning hamma bosqichlarida ma‘lum darajada
integrallashgan va bir butunligiga asoslanadi.
Demak, organizmning bir butunligi, haqidagi hozirgi zamon konsepsiyalari
rivojlanishning ma‘lum tomonlarini ifodalaydi, xolos. Shuning uchun kelajakda bu
sohadagi to‘liq va har tomonlama ilmiy jihatdan
asoslangan yagona nazariya
yaratilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: