204
96-rasm. Fucus suvo‘ti rivojlanishining har xil bosqichlarida gradient hosil bo‘lishi
(Ch.Chayld, 1941bo‘yicha).
A-rivojlanishning dastlabki va B-keyingi bosqichlarida rizoiddan boshlab
gradientning passayib borishi;
V-ikki hujayrali bosqichi; G, D-rivojlanishning
keyingi ko‘p hujayrali bosqichi. Gradient yo‘nalishi strelka bilan ko‘rsatilgan.
Tuxumning shu joyi cho‘zilib, o‘sma hosil qiladi. Bu o‘sma birlamchi
rizoidga, boshqa qismi tallomga aylanadi.bunday ikkita hujayraning hosil bo‘lishi
ikkita gradient hosil bo‘lishiga olib keladi.
Chayld
aniqlashicha, tashqi muhitning har
xil omillari Fucus tuxumida
gradient hosil bo‘lishiga olib keladi. Agar tuxumning bir tomoniga yorug‘lik
yetishmasa, rizoid boshqa tomonidan hosil bo‘ladi.
Polixetlar, nemertinlar va dengiz tipratikaning oogenezini o‘rganish davrida
Chayld polyarlik muhit omillarining bir xil ta‘sir etmasligi tufayli paydo bo‘lishiga
ishonch hosil qildi. Moddalar almashinuvi intinsiv bo‘lgan tuxumning qismi
animal qutb, uning qarama qarshi tomoni esa vegitativ qutbini hosil qiladi. Baqa
tuxmining animal qutbi follikulalarga arterial qon tomir kirgan tomondan hosil
bo‘ladi (97-rasm).
97-rasm. Oositda birlamchi polyarlikning paydo bo‘lishi (A.bellami, 1919
bo‘yicha). A-polixetlarda (Sternaspis) dastlabki vaB-etilgan oositning paydao
bo‘lishi; V-Ranapipiens da yetilgan oositning paydo bo‘lishi. 1-arterial qon tomir;
2-vena qon tomir.
Polixetlar tuxumi qisqa oyoq
bilan substratga yopishadi ,yadrosi qarama
qarshi tomonda joylashadi. Oosit polyarligi oziq moddalarning tuxumga kirishi
bilan isbotlanadi. Bu oziq moddalar tuxumdon devoridan yoki ko‘chirib yuruvchi
oziqlantiruvchi hujayralar orqali keladi. O‘sayotgan oositga kislorod va kakbonat
angidrid miqdorining farqi ham ta‘sir etadi. Polyarlikning muhum xususyati polyar
tanacha (yo‘naltiruvchi tanacha) hosil bo‘lishidir.
Gidromeduzalar (Phialidium) oositida animal- vegetativ qutblar oksidlanish
qaytarilish gradienti bilananiqlanadi. Har xil zaharlar ta‘sirida
baqa tuxumida
animal vegetativ gradient sezgirligi aniq bilinadi. Urug‘lanishdan keyin gradientni
topish mumkin. Blastula davrida oldingi gradient bilan birgalikda blastopor labi
sohasida ham gradient hosil bo‘ladi. Gastrulyasiya davrida animal tomondagi
fiziologik faollik pasayadi va blastopor sohasidagi gradient faollashadi. Gradient
sistemasi mukakkablashib boradi.
Dominant sohaning qo‘shni uchastka differensiasiyasiga ta‘siri rivojlanishning
turli bosqichlarida har xil bo‘ladi.
Shunday qilib, Chayld nazaryasining
mazmuni shundan iboratki, tashqi
muhitning har xil omillari tuxum va embrionda miqdor o‘zgarishlarni hosil qiladi.
Bu esa sifat jihatdan farqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Differensiasiyaning
o‘ziga xos xususyati fiziologik faollik bilan bog‘liq .yuksak faol qism dominant
soha deyiladi.
205
Chayldning fiziologik qarashlari Shpemanning morfologik
tadqiqotlariga zid
kelmaydi. Biokimyoviy tadqiqotlar ham Chayldning gradient nazaryasini asosan
tasdiqlaydi. Masalan ,gradient amfibiyalarda gastrulla bosqichida har bir qismining
nafas olishini boshqaradi. Nafas olishning maksimal intensivligi blastopor labining
dorsal sohasida , ya‘ni Shpeman bo‘yicha ,tashkiliy markazda, Chayld bo‘yicha
,dominand sohada kuzatiladi.
P.P.Ivanov (1949) aniqlashicha, amfibiyalarda gastrulyasiyaning boshida
uglevodlar sarfi oshgan. Uglevod almashinuvi embrionning elka tomonida qorin
tomoniga nisbatan ko‘proq sarf bo‘lgan. Oqsil va RNK sintezi maydalanish
davrida sodir bo‘lmaydi, gastrulyasiya boshlanishi bilan bu moddalar sintezi ham
boshlanadi. Ribonukleoproteid sintezi sariqlik
moddasi hisobidan tuxumning
dorsal tomonida sintezlanadi va dorsoventral gradient paydo bo‘ladi. Urug‘langan
tuxumda RNK ning animal –vegetativ gradientini topish mumkin . Gastrulyasiya
davrida bu gradientga yangi RNK sintezi tufayli dorsoventral gradient ham
qo‘shiladi. Kimyoviy va izikaviy omillar bilan gradientni buzishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: