211
rivojlanish yo‘lini tanlagan.bir hayvonning rivojlanishi uchun optimal bo‘lgan
sharoit boshqa tur individlari uchun neytral yoki zararli bo‘lishi mumkin.
Evolyusiya jaroyonida organizmning tashqi muhitga munosabati irsiyat,
o‘zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish qonunyatlariga javobi o‘zgarib boradi. Bunga
sabab turlarning turli tumanligi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunyatlari har bir
turga o‘ziga xosligi hisoblanadi. Har xil organism hujayrasidagi
protoplazma bir
xil moddalardan tuzilgan. Bu moddalarga har xil turga kiradigan organizmlar turli
munosabatda bo‘ladi. Ko‘plab organizmlar ontogenezining har xil bosqichlarida
yashash muhitini o‘zgartirishi mumkin. Masalan ba‘zi hashorotlarning lichinkasi
va g‘umbagi suvda yoki tuoroqda, jinsiy voyaga yetgan bosqichi havoda yashaydi.
Bunday
yasghash
muhitining
o‘zgarishi
baliqlar,
qushlar
va
sut
emizuvchilarrivojlanishida ham uchraydi. Aniqlanishicha har bir davrda
moslanishninng organism tuzilishi , fiziologiyasi, hulq atvori bilan bog‘liq bo‘lgan
o‘ziga xos xususyatlari namoyon bo‘ladi. Hayvonlar rivojlanishida davrida ba‘zi
vazifalarning o‘zgarishi va shunga bog‘liq holda
tashqi muhit omillariga
moslanishining o‘zgarishi kuzatiladi. Suyakli baliqlar embrionda birlamchi nafas
olish organisariqliok haltasidagi tomirlar sistemasi hisoblanadi. Shundan keyin
som baliqlarida nafas olish ko‘krak suzgichlaridagi qon tomirlari orqaliamalga
oshadi. Lichinka erkin yashaydigan bo‘lgandan keyin jabra orqali nafas olish
amalga oshadi.
Amfibiyalar lichinkasida birlamchi nafas olish sariqlik
xaltasining tomirlari
orqali, keyin tashqi jabralar orqali amalga oshadi. Keyin nafas olish jabra, jinsiy
voyaga etganda o‘pka orqali amalga oshadi. Tur evolyusiya davrida o‘zgargan
tashqi muhit omillariga moslanish evolyusiyaning mahsulidir. Ontogenez
davrlarining funksional va ekologik o‘ziga xosligi provizor organlarning kelib
chiqishi va almashinuvi bilan bog‘liq. 1963 yilda N.L.Gerbilskiy provizor
organlarning organizm rivojlanishiga mos ravishda o‘zgarishini
ontogenezda
filogenetik adaptatsiyaning namoyon bo‘lish jarayoni deb atadi. Lichinkaning
qobig‘dan chiqishiga yordam beradigan moddalar ishlab chiqaradigan bezlar va
embrion rivojlanishi o‘rtasidagi nisbat bunga misol bo‘ladi.
Hayvonlar embrional rivojlanishi davrida tashqi muhit bilan aloqasini uzmaydi,
doimiymoddalar va energiyaalmashinuvi sodir bo‘lib turadi. Rivojlanayotgan
organizmda doimiy desruktiv va strukturaviy qayta qurish jarayonlari sodir bo‘lib
turadi. Bu o‘zgarishlar atom ,molekula, hujayra darajalarida amalga oshadi.
Qanday sharoitlarda embrion rivojlanishini o‘rganish mumkin? Bu 1) harorat;
2)suvda, quruqda yashaydigan hayvonlar tuixumi uchun havoning namligi,
suvning
kimyoviy tarkibi; 3)embrion yashaytgan muhitdagi kislorod, karbonat
angidrid va boshqa gazlar tarkibi va miqdori; 4)atmosera bosimi; 5)yorug‘lik
energiyasiva boshqa omillar ta‘sirida embrion rivojlanishini o‘rganish mumkin.
Embrion riivojlanishi uchun zarur ekologik omillarning minimum, optimum,
maksimum chegaralari bo‘lib, ular har bir tur embrioniga turlicha ta‘sir etadi.
Shunday omillarga harorat misol bo‘ladi. Harorat
birinchi navbatda moddalar
almashinuviga ta‘sir ko‘rsatadi. Haroratning minimum va maksimum chegarasi
embrionga salbiy tasir etadi. Jumladan, baqa tuxumi 20 C da normal taraqqiy etadi.
15 Cdataraqqiyot sekinlashadi. Har bir tur individlarining normal taraqqiyoti uchun
212
optimal harorat mavjud. Losos baliqlari noyabrda tuxum qo‘yadi, may oyida
lichinka ochib chiqadi. Ular uchun minimum harorat –4C, maksimum +9+10C.
tovuq tuxumi uchun optimum harorat +38 C (99-rasm).
99-rasm. Rivojlanayotgan tovuq tuxumining harorat gradienti (F.G.Jilkrist, 1929
bo‘yicha).
Ba‘zi olimlarning fikricha, qushlar embrional rivojlanishi davrida harorat bir
xil bo‘lmasligi kerak. Har xil nurlarning to‘lqin uzunligi ham rivojlanishda ta‘sir
etadi.quyoshning binafsha va ko‘k nuri
rivojlanishni tezlashtiradi, qizil nurlar
sekinlashtiradi. Ammo bular umumiy qonuniyat emas,. Bundan tashqari ,
muhitning kimyoviy tarkibi, konsentrasiyasi
ham taraqqiyot uchun muhim
ahamiyatga ega. Ba‘zi hayvonlar rivojlanishi uchun kislorod zarur bo‘lsa ,ba‘zilari
ucun shart emas. Masalan ,askarida va boshqa parazit chuvalchanglar tuxumining
rivojlanish davrida kislorod bo‘lmasa, rivojlanish to‘xtaydi.
Dostları ilə paylaş: