Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149


Tekisliklar 
Geog
rafik
 o‘r
n

S
h
imold
a
n
 janu
b
ga
 
tom
on
 u
zu
n
li
k
 km

G‘ar
b
d
an
 sh
ar
q
q
a
T
om
on
 u
zu
n
lik
 km

Ic
h
k

su
vlar
 
F
o
yd
ali
 q
az
il
m
alar
 
Iq
li
m

T
ab
iat
 z
on
alari
 
Xul
osa
 
O‘zbekiston
O‘rta Osiyo 
Turon past tekisligi 
Karta o‘qishning uchinchi darajasi o‘quvchilardan chuqur aqliy kuch talab 
qiladi. O‘quvchi geografik bilimlarga va kartadagi faktlarga tayanib yangi 
xulosalarga keladi. Buning asosida esa, qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘ladi. 
Qisqacha o‘quvchi kartadan bilim manbai sifatida foydalana oladilar. 
6.4. Yozuvsiz kartalar bilan ishlash yo‘llari 
 
Yozuvsiz (kontur) kartalar bilan ishlash, kartalarni tushunishda va zarur 
ko‘nikmalar hosil qilishda yozuvsiz kartalarning roli katta. Yozuvsiz kartadan turli 
bosqichlarda foydalanish mumkin. Yozuvsiz karta o‘quvchilarda quyidagilarni 
shakllantirishda ahamiyatga ega: 
-egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashda; 
-o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni takomillashtirishda; 
-kartagrafik shakl va belgilarni esda saqlab qolishda; 
- o‘quvchilarda diqqat, kuzatuvchanlik, fikrlash faolligi, nazariy bilimlarni 
tahlil qilish, asosiy bilimlarni ajrata olish xislatlarini tarbiyalaydi.
Yozuvsiz kartalarni to‘ldirishda esda saqlashning bir necha turlari 
qo‘llaniladi (eshitish, ko‘rish, qo‘l bilan tushirish). Yozuvsiz kartalarni ishlashga 
kirishishdan oldin o‘quvchilar yo‘riqlantirilishi lozim. Ishni, avvalo, chegaralar, 
yarimorol, qo‘ltiqlar ko‘k rangda; tog‘ tizmalarining yo‘nalishlari jigarrang 
qalamda, daryolar ko‘kda; aholi punktlari (punsonlar) qizil; shamollar 
yo‘nalishlari, oqimlar chiziqlar bilan beriladi. Yozuvsiz kartalardan amaliy va 
nazariy ishlarda ham foydalanish mumkin. Masalan: 
a) shartli belgilar bilan foydali qazilmalar, sanoat markazlarini tushiring; 
b) shartli belgilar bilan qishloq xo‘jaligining ixtisosligini ajrating va h.k. 


146 
Yozuvsiz karta asosida geografik diktant ham o‘tkazish mumkin. Masalan, 
yo‘g‘on chiziqda Qrim, Ural, Pomir, Oltoy, Hisor, Tyanshan’ tog‘ tizmalarini 
tushuring, ularni karta chekkasida raqamlar bilan ajrating yoki yer sharidagi 5 
tadan yarimorol, orollarning nomini yozing va h.k. 
Yozuvsiz karta asosida nazariy ish uyushtirish 10-15 minutdan oshmasligi 
kerak. O‘qituvchi yozuvsiz kartalardan foydalanishni 4 guruhga ajratish mumkin: 
1. Yangi materialni o‘rganish jarayonida. 
2. Uy vazifalarini bajarishda. 
3. O‘quvchilar bilimini tekshirish paytida. 
4. Nazorat ishlarini o‘tkazishda. 
O‘quvchilarning eng yaxshi ishlari yozuvsiz kartalarini sinf, maktab 
ko‘rgazmalarida namoyish qilish, o‘quvchilarning geografiyani, kartani 
o‘rganishga bo‘lgan havaslarini oshiradi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin