148
bu shakllarni o‘quvchilarga tanish bo‘lgan figuralar bilan qiyoslaydi. Masalan,
Apennin yarim orolini–etikka,
Shrilanka orolini-tuxumga, Skandinaviya yarim
orolini-arslonga, Qora dengizni-loviya o‘simligi doniga o‘xshatishadi. Obyektlarni
bunday o‘xshatish bir muncha aniq va to‘g‘ri bo‘lmasa ham, o‘quvchilar ularni
tezda esda saqlab qoladilar va kartadan tez topadilar. Eskirgan kartalar karton
qog‘ozlariga yopishtirilib ulardan geografik obyektlarning shakllarini qirqib yasab
qo‘yilsa va ulardan darsni mustahkamlash qismida 3-5 minut davomida mashqlar
uyushtirish mumkin. Bu metoddan foydalanish o‘quvchilarda
obyektlarning
shakllarini to‘g‘ri tasavvur qilishlariga yordam beradi. Darslarda o‘yin tarzida har
2 o‘quvchiga yoki 2 komandaga 10 tadan yoki undan ko‘p shakllar tarqatilib
musobaqalar uyushtirish yaxshi natijalar beradi. O‘quvchilar o‘zlariga tushgan
shakllarning qaysi obyektlar ekanligini, ularning kartadagi o‘rnini,
ularga oid
bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni aytishi talab etiladi. Masalan, o‘quvchiga Tasman
oroli shakli tushdi deylik, o‘quvchi uni kartadan topib, uni sayyoh tadqiqotchi Abel
Tasman tomonidan kashf etilgani va boshqa ma’lumotlarni aytadi.
O‘quvchilar bilmaydigan boshqa ma’lumotlarni o‘qituvchi to‘ldirishi kerak.
Har bir geografik nomning ma’nosini aytish, shu obyektlarni nafaqat esda qolishini
balki ularning kartadagi o‘rnini, ya’ni fazoviy kartagrafik tasavvur hosil bo‘lishiga
imkon yaratadi. Kartadan geografik obyektlarni ko‘rsatishda o‘ziga xos didaktik
qoidalarga bo‘ysunish kerak. Albatta, obyekt ko‘rsatkich yordamida topilishi,
gavda
bilan uni bekitilmasligi, ko‘rsatkich punsonga tushishi (uning yonidagi
yozuvga emas), ko‘rsatkichni kontur chegarasi bo‘ylab yuritish zarurligi
o‘quvchilarga doimo uqtirib borilishi zarur. Yo‘llar, daryolar ularning yo‘nalishi
bo‘ylab ko‘rsatilishi kerak. Geografik obyektlarning yaqindagi boshqa obyektlar
haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlik asosiy obyektning
kartadan tez topish
imkoniyatini yaratadi. Masalan, Suvayish kanali Afrika bilan Osiyo qit’alari
o‘rtasida ekanligini yoki O‘rta dengizni Afrika bilan Yevropa oralig‘ida
joylashganligi obyektning kartadan tez topilishiga imkon beradi.
Kartadan obyektlarning o‘rnini tez esda saqlab qolishni jonlantirishda
ko‘pchilik o‘quvchilar bayroqchalar, shartli belgilar, iplar
va boshqa vositalardan
ham foydalanadilar. Dars davomida kartadan izlayotgan obyektlarga yuqoridagi
vositalarni qo‘yib boradilar. Geografiya o‘qituvchisi obyektlarni o‘quvchilar
tomonidan mexanik yodlashlariga yo‘l qo‘ymasliklari zarur. Bu esa kartaning
formal egallanishiga olib keladi. Bu borada ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning ish
faoliyatidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, o‘quvchilar yer
sharida joylashgan 230 dan ortiq mamlakatlarning siyosiy kartadagi o‘rnini esda
saqlab qolishiga bir muncha qiynaladilar. Bunday paytda ularni o‘rganishni
yengillashtiradigan metodlarni qo‘llash va izlash zarur.
149
O‘quvchilar geografik kartalarni o‘rganishda obyekt va hodisalarning
xususiyatlarini sxematik chizmada, rasmlarda va boshqa belgilarda aks ettirishlari
samarali natija beradi. O‘quvchilar, ayniqsa, tabiiy hodisalarning
asosiy belgi va
xususiyatlarni doskaga chizib ko‘rsatilgan sxema va rasmlar vositasida puxta
egallab oladilar. Keyingi yillarda metodik adabiyotlarda geografiya darslarida rasm
va boshqa chizmalardan foydalanish bo‘yicha ko‘pgina maqolalar e’lon qilindi.
Gorst, graben, uzilma, platforma, vulqon, yer osti suvlari, sharshara, ostona, delta,
kabi yuzlab obyektlarni faqat rasm va sxemalar yordamida aks ettirish ularning
o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. Yangi materialni o‘tish jarayonida doska orqali
karta sxemalaridan foydalanish
yaxshi samara beradi, chunki unda eng asosiy
bilimlar aks etgan bo‘ladi. Karta sxemalarini yozuvsiz kartada chizish vaqtni tejash
imkoniyatini tug‘diradi. Uy vazifalarini tayyorlashda ham, kitob bilan ishlashda
ham o‘quvchilarning karta sxemalarni chizib kelishiga e’tibor berish kerak.
Dostları ilə paylaş: