Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


Darslikdagi matnlarni tuzilishiga ko‘ra quyidagicha farqlash mumkin



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149


Darslikdagi matnlarni tuzilishiga ko‘ra quyidagicha farqlash mumkin. 
MATN TURLARI 
MISOLLAR 
1.
Sababdan oqibatlarga
2.
Oqibatlardan sabablarga 
3.
Butundan qismlarga 
4.Faktlardan umumlashga 
Passatlar, 
ularning 
yog‘inlar 
taqsimlanishidagi roli. 
Relyefning xilma-xilligi 
Afrika qit’asi relyefidagi turli shakllarga 
Iqlim 
ko‘rsatkichlaridan 
iqlim 
mintaqalariga o‘tish. 
Matnlar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarda namoyon bo‘ladi. 
Matnlar mazmuniga ko‘ra turlari 
Misollar 
1.
Tasvirlovchi 
2.
Izohlovchi 
3.Aralash 
Daryolar, ko‘llar, tog‘lar va h.k. 
Tog‘larning, 
tekisliklarning 
hosil 
bo‘lishi 
Relyef, 
geologik 
tuzilish, 
foydali 
qazilmalar. 
Darslik matnlari bilan ishlashning quyidagi keng tarqalgan turlari bor. Bular: 
izohlab o‘qish, tanlab o‘qish, reja tuzish, savol-javob, matnni gapirib berish, sabab-
oqibatlarni o‘rgatish, matndagi asosiy g‘oyani topish, taqqoslash va boshqa 
metodlardan iborat. Ko‘pchilik geografiya o‘qituvchilari darslik matnlari bilan 
ishlashda konspekt olishga e’tibor beradilar. Bu metodni 5-8 sinflarda qo‘llash 
yaxshi natijalar berishligi tajribalarda isbotlangan. 
O‘quvchilarni matn bilan ishlashda tayyor rejalardan foydalanib matnni 
o‘rganish yaxshi va samarali natijalar beradi. Matnlarning tabiat obyektlari va 
hodisalarni, ularning o‘zgarishini obrazli qilib yoritish zarur. Matn mazmuni 


138 
odatda muammoli bo‘lishi kerak. Matnning yoritilish jarayonida Blis so‘rov 
keltirish o‘quvchilarni fikrlashga izlanishga undaydi. Eng muhimi, o‘quvchilar 
tomonidan ham Blis so‘rov keltirilishi o‘quvchilarni fikrlashga izlanishga undaydi. 
Bu orqali ular savol va topshiriqlar tuzishga o‘rganadilar. O‘quv materiali 
mazmuni asosida savol qo‘ya olishlik yoki uni o‘qituvchilarga bera olishlik 
o‘quvchilarda savol va topshiriqlar tuzish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam 
beradi. 
Blis so‘rov tuzish nafaqat darslik matni asosida balki kartalar va boshqa 
illustrativ materiallar asosida ham tashkil qilinsa o‘quvchilarda bu ko‘nikma 
malaka darajasiga ko‘tarilishiga imkon yaratadi. Darsda o‘quvchilar tomonidan 
mustaqil tuzilgan savol va topshiriqlar sinf o‘quvchilari o‘rtasida muhokama 
etilishi, tahlil qilinishi maqsadga muvofiq. Mavzu matni bo‘yicha qo‘shimcha Blis 
so‘rov tuzib kelishni uyga vazifa qilib berish yaxshi natijalar beradi. Darslik matni 
bilan ongli ishlash yakunlaridan biri o‘quvchining u yoki bu metodni mustaqil 
bajara olishi unda geografik fikrlash, tahlil, umumlashtirish xislatlarining 
shakllanganligidan dalolat beradi. 
«Qiyoslash geografiyaning jonidir» degan edi buyuk geograf metodist 
N.N.Baraniskiy darslik matni asosida obyekt va hodisalarni qiyoslash orqali 
matndagi yakka tushunchalarni shakllantirish imkoniyati tug‘iladi. Quyida Janubiy 
Amerika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi nam ekvatorial o‘rmonlarni qiyoslab 
tasvirlash rejasini keltiramiz. O‘qituvchi qiyoslash rejasini o‘quvchilar diqqatiga 
havola qiladi. O‘quvchilar esa darslik matnidan har ikkala hududning o‘xshash va 
farq tomonlarini mustaqil aniqlaydilar. Qiyoslash rejasi taxminan quyidagicha 
bo‘lishi mumkin.
1. Har ikkala hududdagi nam ekvatorial o‘rmonlarni joylashishi va ular 
egallagan maydon. 
2. Iqlim sharoitlari. 
3. O‘rmonlardagi daraxtlar farqi. 
4. Hayvonot dunyosining hayot tarzi. 
5. Qaysi davlatlar hududda joylashgan. 
6. Aholisi va ularni mashg‘ulotlari. 
Bu ishni bajarishda o‘quvchilar darslik matni va kartalar bo‘yicha mustaqil 
ishlaydilar. Ishning qanday bajarilganligini o‘qituvchi nazorat qiladi, ularni 
baholaydi. Yuqori sinflarda bunday qiyosiy tavsiflashni referat tarzida yakunlasa 
ham bo‘ladi. Darslikdan berilgan har qanday mavzuning asosiy maqsadi 
o‘quvchilarda geografik tushunchalarni shakllantirishdan iborat. O‘quvchilar har 
bir mavzudagi tushunchalarni guruhlarga (umumiy, yakka, mavhum) ajrata 
olishlari kerak. Boshlang‘ich tabiiy geografiya kursining «Okean va uning 


139 
qismlari» mavzusida tushunchalarni guruhlashni o‘quvchilar quyidagi tarzda 
bajarishlari mumkin. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin