136
Geografik matnlar bilan ishlashda o‘quvchi darslikdagi matn, karta, o‘qituvchining
jonli so‘zi, illyustratsiyani uyg‘unlashgan holda qo‘llay olishi hisoblanadi.
Geografiya o‘qituvchisi darslik bilan
ishlashga kirishishdan oldin, avvalo,
o‘quvchilarning darslik bilan ishlashga tayyorgarligini aniqlashi kerak.
O‘quvchilarda boshlang‘ich sinflardan va boshqa predmetlarda shakllangan darslik
bilan ishlashdagi ko‘nikmalardan ham foydalanishi kerak. Darslik bilan ishlashda
asosiy o‘rinlarni darslik matni bilan ishlash egallaydi. Avvalo, geografiya
o‘qituvchisi o‘quvchini darslik matnini o‘qishga o‘rgatishi maqsadga muvofiq.
Buni quyidagicha amalga oshirish zarur.
O‘qituvchi o‘quvchilarning matn bilan ishlash
jarayoniga rahbarlik qiladi,
o‘quvchilar javobgarlikni his qilgan holda to‘ldiradi, unga oid qiziqarli faktlarni
aytadi. Rasmlarni tahlil qiladi. O‘quvchilarga matnni qanday o‘qish zarurligi
haqida ko‘rsatmalar berib boradi. Matnni o‘qishda, albatta, o‘qituvchining izohlab
va tushuntirib borishi samarali natijalar beradi. O‘quvchilarning
darslik bilan
ishlash metodlari murakkablashib borgan sari ular qo‘yilgan Blis so‘rovga
darslikdan mustaqil javob topa olishlari asosiy o‘rinni egallashi zarur.
O‘qituvchining oldindan tayyorlagan topshiriqlari asosida o‘quvchilarda matn
bilan ishlashda quyidagi metodlarni tavsiya qilish mumkin.
1.
Matndagi tushunchalarni topa olishi va unga ta’rif bera olish.
2.
Qo‘yilgan savolga darslik matndan aniq javoblarni topa olish.
3.
Matndan mavhum Blis so‘rovga javob topa olishni o‘rgatish.
4.
Matnni tahlil qilish orqali qo‘yilgan savolga javob topish.
5.
Xulosalar chiqara olish, yoki bu hududlarning tabiiy sharoitini baholay olishlari
matn bilan ishlashdagi muhim omillardan biri sanaladi.
O‘quvchilarning darslik matni bilan ishlashda mustaqil ishlash qo‘nikmalari
shakllantirilmasa, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Chunki o‘quvchilarni
majburlab matn bilan ishlashga o‘rgatib bo‘lmaydi. Ularni bunga ongli va ijodiy
yondashishga o‘rgatish kerak.
Hozirgi kunda barcha geografiya darsliklari o‘quvchilarga u bilan qanday
ishlash kerakligi haqidagi eslatmalar bilan boshlanadi. Ammo ular yetarlicha emas.
Geografiya o‘qituvchisi darslik bilan ishlashda quyidagilarga e’tibor berishi kerak.
Darslik bilan ishlashga kirishishdan
oldin darslik nomi, mualliflar haqida ayrim
ma’lumotlar (agar o‘qituvchi bu haqida ma’lumotga ega bo‘lsa) darsliklarning
yirik
mavzulari, mazmuni, ilovalari, rasmlari kartalari bilan o‘quvchilarni
tanishtiradi va ular bilan qanday ishlash zarurligi va yo‘llarini uqtiradi.
Geografiya darsligi bilan ishlashga kirishishdan oldin barcha o‘quvchilarda
atlas kartalar bo‘lishiga erishish zarur. Aks holda ko‘zlangan maqsadga erishib
bo‘lmaydi. Darslik yoki o‘quv qo‘llanma asosida o‘rganilayotgan matn qismlarga
bo‘lib o‘rganilishi uqtiriladi. O‘quvchilar mustaqil
ravishda har-bir qismlarga
137
atamalar nomlarini topadi. O‘qituvchi ularni doskaga, o‘quvchilar esa daftarlarga
yozib boradilar.
Darslik matni bilan ishlash metodlari xilma-xil bo‘lib, har bir metod o‘ziga
xos xususiyatga ega. Bular ichida darslik matnini tahlil
qilish katta ahamiyatga
ega. Matn mazmunini tahlil etishda uning asosiy komponentlarini bilish zarur. Bu
komponentlar quyidagilardan iborat.
1.
Umumgeografik tushunchalar ta’rifini aniqlash.
2.
Obyektlar va hodisalarni ta’riflash. Bunda relyef, iqlim, foydali
qazilmalarga oid bo‘lgan birinchi va ikkinchi
darajali tomonlarini yoritish, ya’ni
asosiy va qo‘shimcha bilimlarni aniq ko‘rsatish.
3.
Voqea va hodisalarni kelib chiqishi va o‘zgarishiga oid ma’lumotlarni
izohlash.
4.
Ta’riflovchi, izohlovchi aralash matnlarni aniqlash va ajrata olish.
Dostları ilə paylaş: