O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
Usmanov darslik

P
tal
>
 P
tak

Sotuvchi
uchun samaradorlik shundan iboratki, uning xizmat yoki tovarlarni 
ishlab chiqarishga qilgan xarajatlari qoplanadi va u bozordagi talabni qondirishga 
tayyor. 
Iste‟molchi 
uchun samaradorlik shundan iboratki, uning talablari, unga ma`qul 
bo‘lgan narxlar bo‘yicha qondiriladi. 
1 va 2 chiziqlar orasida muvozanat nuqtasidan o‘ngda joylashgan mintaqa, bu 
samarasizlik mintaqasi
hisoblanadi. 
Sotuvchi
uchun 
samarasizlik 
shundan iboratki, taklif narxi, talab narxidan yuqori 
P
x
<
P
n
. Shuning uchun ham uning tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishga 
sarflagan xarajatlari, talab narxi orqali qoplanmaydi. 
Sotuvchi
ushbu narxlar bo‘yicha 
talabni qondirishdan manfaatdor emas. 
Iste‟molchi
uchun 
samarasizlik
shundan iborat bo‘ladiki, 
sotuvchi
ushbu narxlar 
bo‘yicha iste‘molchi talabini qondirmaydi va defitsit
7
yuzaga keladi. 
Kichik biznes - katta bo‘lmagan tovar aylanmasi va daromadining kichik hajmi 
bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham tashqi muhitdagi o‘zgarishlar (soliqlar, 
foizli qo‘yilmalar, bojxona qoidalari, tovarlarga narxlar) kichik biznes tomonidan 
xizmat ko‘rsatilayotgan iste`mol bozoriga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. 
Kichik biznes uchun tashqi omillarning keskin o‘zgarishlari sharoitlarida 
xizmatlarning narxlari va hajmlari tahlil qilib ko‘ramiz. 
1.
Talab 1 va taklif 2 chiziqlari uchun bozorning dastlabki holatini qayd 
etamiz. Xizmatlarning muvozanatli hajmi 
Q
o
=Q
12
. Narx 
P
o
=P
12
.
7
Tovar defitsiti (lot. Deficit - yetishmovchilik) — naqd pul bo‘lishiga qaramasdan iste`molchi tomonidan sotib olish 
imkoni bo‘lmaydigan ma`lum tovarlar va xizmatlarning yetishmovchiligi [39, 123 b]. 


62 
2.
Tashqi sharoitlar yomonlashganda xizmat ko‘rsatish tannarxlarining oshishi 
yuz beradi (pul kursining pasayishi, foizli qo‘yilmalarning, soliqlarning o‘sishi va 
hakazolar), 
taklifning yangi chizig‟i
– 4, hosil bo‘ladi va dastlabki chiziq - 2 dan 
yuqorida joylashadi. 
3.
Bozor holatining o‘zgarishida quyidagi variantlar bo‘lishi mumkin. 
I - variant.
Iste`molchi xizmat narxlarining o‘sishiga rozi va bozorning 
muvozanat nuqtasi 
O
1
ga ko‘chadi. 
Oqibatlari: 

muvozanat narxi 
P
12
dan 
P
14
gacha o‘sadi;
 

xizmatlar hajmi 
Q
o
dan 
Q
14
ga qisqaradi;
 

xizmat ko‘rsatuvchi tomon uchun samaradorlik mintaqasi qisqaradi.
 
II - variant. 
Iste‘mol bozori dastlabki xizmat ko‘rsatishlar hajmini 
Q
o
darajasida 
saqlab turishga va ko‘riladigan zararni talabning yangi 3 - chizig‘ida narxlarning 
oshishi bilan qoplashga intiladi. 
Oqibatlari: 

narxlarning 
P
o
dan 
P
14
gacha o‘sishi, bunda o‘sish birinchi variantga 
nisbatan ko‘p; 

amaliy jihatdan samaradorlik mintaqasi dastlabki holatga nisbatan 
o‘zgarmaydi. 
III - variant.
Tovarlar va xizmatlarga talabning qizg‘in o‘sishi, masalan 
Q
54
darajasiga etishi. Muvozanat nuqtasi - 
Q
3
ga ko‘chadi. 
Oqibatlari:

taklif chizig‘I - 5 bilan xarakterlanuvchi, yuqori talabning yuzaga 
kelishi; 

narxlarning 
P
54
gacha o‘sishi; 

xizmat ko‘rsatuvchi tomon uchun samaradorlik mintaqasining 
ko‘payishi. 
IV – variant.
Qizg‘in talab sharoitlarida xizmat ko‘rsatuvchi tomon taklif 
qo‘yilmasini (stavkasini) - 6 chiziq darajasigacha ko‘tarishi mumkin. 
Oqibatlari:


63 

samaradorlik mintaqasining qisqarishi (
O
4
muvozanat nuqtasi); 

narxlarning 
P
56
gacha keskin ko‘tarilishi; 

bir vaqtning o‘zida xizmatalar hajmining 
Q
56
gacha qisqarishi; 

barqaror defitsit shakllanishining boshlanishi. 
V – variant. 
Defitsit boshlanishi sharoitida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tomon taklif 
chizig‘ini ko‘tarishni davom ettirishi mumkin, masalan 8 - chiziqgacha. 
Oqibatlari: 

savdo va xizmatlar hajmining (
Q
58
) hamda samaradorlik mintaqasining 
jiddiy ravishda qisqarishi paytida narxlarning keskin o‘sishi bilan 
xarakterlanuvchi, bozorning barbod bo‘lishi boshlanadi; 

O - O
1
traektoriyani (yoki 
O

- O

- O

- O
5
) bozorning kasodga uchrash 
zigzagi deb atash mumkin. 
4.
Narxlar va tariflarning ko‘tarilishi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi uchun 
faqat qisqa muddatga samara berishi mumkin, chunki: 

samaradorlik mintaqasi, ya‘ni tovarlar va xizmatlarning oldi - sottisi hamda 
daromad miqdori jiddiy ravishda qisqaradi; 

savdolar va xizmatlar hajmining qisqarishi mumkinligi tufayli raqobat keskin 
o‘sadi, bu esa qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi va o‘z navbatida 
narxlarning oshishiga olib keladi; 

bozor beqaror holatda bo‘ladi, bunda har bir tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqaruvchi uchun zarur narx va hajmlarni tanlash qiyinlashadi, ayniqsa bu, 
qadrsizlanish (inflyatsiya) va talabning kuchayishi sharoitlarida yuzaga 
keladi;

tabiiy holda, himoyalanish uchun narxlarning oshirilishi bozorning 
zaiflashuviga olib keladi. 
Qarab chiqilgan holatni tahlil qilish natijalariga asoslangan holda quyidagi 
qoidalarni shakllantrish mumkin bo‘ladi. 
Xizmatlar va tovarlar sotuvchisi uchun eng 
samarali strategiya
bu, narxlar va 
tariflarni qisqartrish hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida savdo - sotiq hajmining, 
daromadning raqobatbardoshlilikning oshishiga olib keladi. 


64 
Boshqaruvda qaytar aloqani joriy qilish, jumladan kichik biznes va xizmat 
ko‘rsatish sohasi uchun xarakterli bo‘lgan tashqi sharoitlarning keskin tebranishlari 
va o‘zgarishlarida tizimning holatini prognoz qilish imkonini beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin