(2.1)
bu erda
R
t
- hisoblanadigan davr uchun dasturni amalga oshirish natijalarini
qiymatli bahosi
;
Z
t
- hisoblanadigan davr uchun dasturni amalga oshirishga
xarajatlarning qiymatli bahosi.
Taqqoslash paytida iqtisodiy samaradorligi maksimal bo‘lgan variant qabul
qilinadi yoki foydali natijalar teng bo‘lgan holda amalga oshirish uchun minimal
xarajatlar tanlanadi.
2.3.
ISHLAB CHIQARISH TUZILMALARINING NAMUNAVIY
VARIANTLARI
ATK o‘lchamlarining qisqarishi tufayli, avtomobil parkining asosiy qismi
kichik korxonalar tasarrufiga o‘tdi, bu esa iqtisodiy va tashkiliy jihatdan TXK,
ta`mirlash hatto saqlash darajasini qoniqarli darajada ta`minlash ikonini bermaydi. Bu
tendensiya kichik va o‘rta transport korxonalari uchun TXK va ta`mirlashni
rivojlantirishning servis tizimi va shartnoma shakllarining rivojlanishni talab qiladi.
85
Bunday sharoitlarda avtotransport korxonasi texnika xizmatining tarkibi
boshqarishning yangi shakllariga o‘tishi bilan o‘zgaradi. Kichik va o‘rta avtomobil
transporti korxonalari uchun texnika xizmatining tarkibi quyidagi asosiy
majmualardan tashkil topadi:
Tashxis majmuasi
- avtomobilni, agregat va uzellarni tashxis qiladi;
TXK majmuasi
- texnik xizmat ko‘rsatish, reglament va qo‘shimcha ishlarni
bajaradi;
JT majmuasi
- joriy ta`mirlash ishlarini bajaradi;
Ta`mirlash ustaxonalari majmuasi
- ta`mirlash ustaxonalarida avtomobillardan
echilgan agregat va uzellarni ta`mirlaydi;
Tayyorlash majmuasi
- ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi meterial texnika
ta`minoti, agregatlarning nuqsonlarini aniqlash, mukammal ta`mirlashni tashkil
qiladi, aylanma agregatlar jamg‘armasini tashkil etadi.
Quyida texnika xizmati tarkiblarining ba‘zi variantlari bilan tanishib chiqamiz.
86
50 tagacha avtomobillarga ega bo‘lgan avtotransport korxonasi texnika
xizmatining tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasi quyidagi xizmat va bo‘linmalardan
tashkil topishi tavsiya etiladi (2.2.-rasm).
50 dan 100 tagacha avtomobillari bo‘lgan avtotransport korxonasi texnika
xizmatining tuzilmasi quyidagi ishlab chiqarish majmualarini ko‘zda tutadi. Bu
majmualar har biri qator funksiyalarni bajaradi: 1-TXK, 2-TXK, JT, agregat, uzel,
detallarni ta`mirlash va hakazo (2.3-rasm).
2.2-rasm. 50 tagacha avtomobillarga ega ATK texnika xizmatining
tuzilmasi.
87
150 - 200 avtomobillarga ega bo‘lgan avtotransport korxonasi texnika-
xizmatining ishlab chiqarish tuzilmasini quyidagi shaklda keltiramiz (2.4-rasm).
2.3-rasm. 50 dan 100 tagacha avtomobillarga ega ATK texnika xizmatining
tuzilmasi.
88
Bunday ATK larda kunlik xizmat ko‘rsatish ishlari hamma harakat vositalariga
alohida maxsus guruh tomonidan bajariladi. 1-TXK, 2-TXK, JT ishlari ham alohida
guruhlar tomonidan bajariladi. Ustaxonalarda ham ishlar alohida guruhlar tomonidan
bajariladi. Ayrim hollarda ba‘zi ishlar birlashtiriladi.
200 va undan ortiq avtomobillarga ega ATK larida ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish uchun sharoitlar yaratiladi.
2.4-rasm. 150 - 200 avtomobillarga ega ATK texnika xizmatining tuzilmasi.
|