Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə77/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Profilaktikasi. Aholi yashaydigan joylarda, binolarning ichi va tashqi atrofida sanitariya tadbirlari o’tkazilib, toza saqlanishi, atrofni odam najasi bilan ifloslantirmaslik, hojatxonalar dorilab turilishi va boshqa tadbirlar o’tkazilib turiladi.


ISHNI BAJARISH:





      1. O’quv uslubiy adabiyotlardan va rangli jadvallardan foydalanib, bezgak chivini, iskaptopar va uy pashshalari tuzilishi bilan tanishish. Ushbu qo’shqanotlilarni tuxumlari, lichinka, g’umbak va imagolarini tuzilishini mikroskopda (MBS-1) ko’rish.

      2. O’rganilgan qo’shqanotlilar turlarini sistematik o’rni hamda morfologik xususiyatlarini daftarga yozib qo’yish kerak.



Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Bezgak kasalligini qo’zg’atuvchi parazitlarni odamlar orasida tarqatishda chivinning qaysi turi faol ishtirok etadi?

    1. Anofeles avlodining Anopheles maculipennis turi;

V) Kuleks avlodining C.pipiens turi;
S) ikala turi ham;
D) Anofeles avlodining A.pulchyerrimus turi.

  1. Bezgak chivinlari hasharotlar sinfi (Insecta)ning qaysi turkumi va kenja turkumiga mansub?

    1. Ikki qanotlilar turkumi (Diptera) va kalta mo’ylovlilar (Brachycera) kenja turkumi;

V) Ikki qanotlilar(Diptera) turkumi va uzun mo’ylovlilar (Nematocera) kenja turkumi;
S) To’g’ri qanotlilar (Orthoptera) turkumi va kalta mo’ylovlilar kenja turkumi;
D) To’g’ri qanotlilar turkumi va uzun mo’ylovlilar kenja turkumi/

  1. Teri leyshmaniozini qo’zg’atuvchilari tabiiy manba holda qanday hayvonlar tanasida mavjud bo’ladi va uni iskaptoparlarning qaysi turi tarqatuvchi va yuqtiruvchi rolini o’ynaydi?

    1. kalamush va sichqonlar; Phlebotomus papatasii;

V) tulki va bo’rilar; Phlebotomus sergentii;
S) qumsichqonlar, yumronqoziqlar; Phlebotomus papatasii;
D) faqat yumronqoziqlar, Sergentomiya arpaklensis.

  1. Iskaptoparlar odam va hayvonlar orasida leyshmaniozlarning qanday turlarini tarqatadi?

    1. toun va tif kasalliklarini;

V) bezgak va piroplazmozni;
S) teri leyshmaniozi va amyobiazni;
D) teri va visseral (ichki) leyshmaniozlarini.

  1. Sinantrop pashshalar odamning qanday kasalliklari qo’zg’atuvchilarini mexanik tarqatuvchilari hisoblanadi?

    1. gelmint tuxumlari, ichburug’ amyobasi sistalarini, oshqozon-ichak kasalliklarini qo’zg’atuvchi mikroblarni;

V) tripanosomozlarni, leyshmaniozlarni va trixomonadalarni;
S) uyqu kasalligi, sestodozlar, balantidiazlarni;
D) enterobioz, trixinellyoz, difillobotriozlarni.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin