Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Kalta mo’ylovli qo’shqanotlilar kenja turkumi -



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə76/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Muscina
Kalta mo’ylovli qo’shqanotlilar kenja turkumi - Brachycera. Uy pashshasi - Musca domestica. Gavda uzunligi 5,5-7,5 mm, kulrang-qo’ng’ir tusda. Boshi katta, yarim yapaloq shaklda, yon tomonlarida bir juft yirik fasetkali ko’zlari va bir juft mo’ylovi joylashgan. Oyoq panjasining tirnoqchasi ostida yopishqoq yostiqchasi bo’lib, uning yordamida silliq yuzada va uyni shipida bemalol o’rmalab harakatlanadi. Pashshaning tanasi tuklar bilan qoplangan.
Pashshaning so’lak suyuqligi tarkibida fermentlar ko’p bo’ladi va ular qattiq oziqani suyuq holatga aylantirgandan keyin, uni yalab oladi. Pashshaning oziqasi odamlar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi.
Pashshalar ayrim jinsli. Urg’ochisi erkagi bilan qo’shilgandan keyin birdaniga 120-150 tagacha tuxumni iflos chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqat (ayniqsa go’shtli) mahsulotlarga qo’yadi. Tuxumdan chuvalchangsimon, oyoqsiz va boshsiz lichinka chiqadi. U qulay sharoitda 5-7 kun davomida 3 marta po’st tashlab g’umbakka aylanadi. G’umbagi 7-8 mm kattalikda bochkasimon, qoramtir-qo’ng’ir tusda, oziqlanmaydi va harakatlanmaydi. G’umbak 3-4 kunda rivojlanishini tugatib, imagoga aylanadi. Umuman pashshalarning to’liq bir generasiyasi, ya’ni tuxum qo’ygandan boshlab, imagoga aylanguncha, muhit omillariga qarab 10 kundan - 25 kungacha davom etadi.
Odamlar yashaydigan joylarda (sinantrop) uy pashshasidan tashqari yana hovli pashshasi (Muscina stabulyens), kichik uy pashshasi (Fannia canicularis), go’sht pashshasi (Calliphora erythrocephala), volfart pashshasi (Wohlfartia magnifica) kabilar ko’p uchraydi.

Rasm 32. Uy pashshasi:


A-voyaga yetgan pasha; V-tuxumi; D-lichinkasi; Ye-g’umbagi.

Pashshalar odamning bir qancha kasallik qo’zg’atuvchilarining mexanik tarqatuvchilari bo’lib xizmat qiladi. Ular ayniqsa, oshqozon-ichak kasalliklaridan ichterlama va ichburug’, kuydirgi, difteriya, sil, vabo kabi yuqumli kasalliklari qo’zg’atuvchilarini, gelmintlarning tuxumlarini, parazit birhujuyralilarning sistalarini


tanasiga yopishtirib, tashib yuradi va ushbu qo’zg’atuvchilar bilan oziq - ovqat mahsulotlari hamda ichimlik suvini ifloslantiradi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin