Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy texnika va texnologiya


Kolbasa mahsulotlari tarkibidagi kraxmal miqdorini aniqlash



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/12
tarix13.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#143133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy texnik va texnologiyalar 2 qism

Kolbasa mahsulotlari tarkibidagi kraxmal miqdorini aniqlash
Bu laboratoriya ishining vazifasi kolbasa tarkibidagi kraxmal miqdorini aniqlashdan iborat.
Аpparat, reaktivlar va eritmalar:
Texnik tarozi, elektr plitkasi, asbestdan tayyorlangan setka, suvli yoki shamol yuboruvchi sovutgich, konussimon kolba 250 ml, shisha voronka, oʼlchamli kolbalar 50, 100, 250 ml, oʼlchamli silindr 10,100 ml, pipetkalar 1,2,10,20,25 ml, byuretkalar 25 ml, mikrobyuretkalar, Mor qisqichi, qum soat 3 minut; Feling suyuqligi (2 eritmadan iborat №1 va № 2) №1 eritma quyidagicha tayyorlanadi: 40gr kristall xoldagi CuSO4 moddasini suvda eritiladi va eritmaning sigʼimini 1 ml ga yetkaziladi.
№2 eritma: 200 gr segnet tuzi va NaOH 150 gr miqdorda suvda eritiladi va eritma sigʼimini 1 ml ga yetkaziladi. Ikkala eritmalar alohida saqlanib, kerakli miqdorda bir hilda ishlatiladi.
Xlorid kislota 10%-li eritma, Na(OH) – 10% li eritma, sariq qon tuzi – 15% li eritma, sink sulьfat oksidi -30% li eritma, kaliyli yod – 30% li eritma, sulfat kislotasi – 25% li eritma, temirli yod, fenolftalein – 1% li spirtli eritma, Lyugol eritmasi: 100 ml suvda, 2 gr kaliy yodi va 1,27 kristall yod eritiladi. Distillangan suv, kraxmal, 1% li osh tuzida eritilgan holda.


Tajribaga tayyorgarlik.
1)Аvval kolbasa ustidagi qobiqlar tozalab olinadi. Namuna probalarini ikki marta goʼsht maydalagichdan(diametri 3-4 mm) oʼtkazib olinadi. Hosil bqlgan qiymani yaxshilab qorishtiriladi. Bu qiymani shisha bankachaga solib ustini qopqoq bilan mahkamlanadi va analiz oxirigacha sovuq joyga saqlash uchun qoʼyiladi.
Tajribani oʼtkazish.
1) Sifatini aniqlash. Kolbasaning yangi kesilgan joyiga 1 tomchi Lyugolь eritmasi tomiziladi. Аgar kolbasa mahsulotida kraxmal bor boʼlsa, unda uning rangi koʼk yoki toʼq koʼk rang rangni hosil qiladi.
2) Miqdorini aniqlash. Texnik tarozida 20 gr qiymani 0,01 gr aniqlikkacha oʼlchab olinadi va uni sigʼimi 250 ml boʼlgan konussimon kolbaga joylashtiriladi. Uning ustiga sekin asta 80 ml, 10% li xlorid kislotasini quyiladi va shisha tayoqcha yordamida aralashtirib turiladi. Kolbani ichidagi suyuqlik bilan havo sovutgichi bilan biriktirilib, tagiga astbestli setka qoʼyilib, plitkaga qoʼyiladi. 15 minut davomida kolbani aylana harakatlar bilan kolbadagi suyuqlikni aralashtirib turiladi. 15 minutlik qaynatishdan keyin, kolbani plitadan olib, uning ichidagi moddani uy harorati temperaturasigacha sovitiladi. Bu jarayonni tezlashtirish uchun sovuq suvdan kolba ustiga oqizib qoʼyish kerak. Shundan soʼng kolba ichidagi moddani miqdoriy 250 ml oʼlchov kolbasiga oʼtkaziladi. Suyuqlik sigʼimini distillangan suv yordamida kolbaning oʼlchov chizigʼiga oʼtkaziladi. Shu bilan birga kolba ichidagi yogʼ oʼlchov chizigʼi ustida boʼlishi shart.
Kolba ichidagi modda aralashtirilib qogʼoz filьtr yordamida filьtrlanadi. Pipetka yordamida 25 ml filьtratni sigʼimi 50 ml boʼlgan oʼlchov kolbasiga solinadi. Unga 1 tomchi 1% li fenolftalein eritmasi tomiziladi va filьtratni 10% li NaOH ishqori bilan neytrallanadi va qizil rang hosil boʼlguncha davom ettiriladi. Shu zahoti kolbaga tomchilab 10% li xlorid kislotasi yuboriladi va u qizil rang yoʼqolishi bilan toʼxtatiladi. Soʼngra yana 2- 3 tomchi shu kislota tomizilib nordon reaktsiyasi eritma hosil qilinadi. Oqsillarni choʼktirish va gidrolizatni rangsizlantirish uchun 50 ml li oʼlchov kolbasiga pipetka yordamida 1,5 15 % li sariq qon tuzi eritmasi va 1,5 ml 30% li sink sulьfat eritmasi tomiziladi. Kolbadagi hosil boʼlgan suyuqlikni uy harorati temperaturasigacha sovutiladi va uning xajmini distillangan suv bilan toʼldirib oʼlchov chizigʼigacha yetkaziladi. 10 ml rangsiz toza filьtratni pipetka yordamida 100 ml li oʼlchov kolbasiga solinadi va unga pipetka bilan 20 ml Felling stsyuqligi quyiladi. Аralshmani kolbani yengil aylantirib aralashtiriladi. Soʼngra kolbani plitkaga qoʼyib suyuqlik 3 minut davomida qaynatiladi.(qaynab chiqqan vaqtdan boshlab hisoblanadi)
Qaynatib boʼlingan kolba shu zahoti sovuq suv yordamida sovutilib, uning ichidagi suyuqlik xajmi distillangan suv bilan oʼlchov chizigʼiga. Bu jarayon yaxshilab aralashtirilib davom ettiriladi va mis oksidi choʼkmasi hosil qilish imkoni yaratiladi. 20 ml tindirilgan suyuqlikni sigʼimi 100-250 ml boʼlgan konussimon kolbaga pipetka yordamida quyiladi. Unga oʼlchamli silindr bilan 10 ml 30% li kaliy yodi eritmasini va 10 ml 25% li sulьfat kislotasi quyiladi. Shu zahoti hosil boʼlgan sariq-jigarrang yod eritmasidan hosil boʼlgan modda 0,1n giposulьfat eritmasi bilan titrlanadi va och sariq rang hosil boʼlguncha davom ettiriladi. Soʼngra 1ml 1% li kraxmal eritmasi qoʼshilib titrlash davom ettiriladi va sekin asta 5-6 sekund oraligʼida tomchilar soni kamaytirilib eritmadagi koʼk rang yoʼqolishi bilan toʼxtatiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin