Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy texnika va texnologiya


Goʼsht va goʼsht mahsulotlarida nitrit va nitrat miqdorini aniqlash



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/12
tarix13.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#143133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy texnik va texnologiyalar 2 qism

Goʼsht va goʼsht mahsulotlarida nitrit va nitrat miqdorini aniqlash

Goʼsht va goʼsht mahsulotlari tarkibida mavjud boʼlgan nitrit va nitrat qoldiqlari quyidagi usul bilan aniqlanadi:


a) nitrit va nitratning mavjudligini mahsulot tarkibida baravariga aniqlash.
b) nitrit mavjudligini Matrozova usuli bilan aniqlash.
1. Namunalarni tanlab olish.
Namunalarni tajribaga quyidagicha tanlab olinadi: Kolbasa mahsulotlaridan ustki qobiqchalar tozalab olinadi va go’sht qiymalagich yordamida (teshikchalari diametri 3-4 mm) maydalanadi. Qiyma tez-tez qorishtirib turiladi. Hosil boʼlgan qiymani shisha bankachaga solib, qopqoqlari yaxshilab yopiladi va sovuq joyda analiz tugaguncha saqlanadi.
2. Goʼsht va goʼsht mahsulotlarida nitritning miqdorini aniqlash.
Bu usulning qoʼllanilishi Griss reaktsiyasiga asoslangan. Bunda nitrit sulfanil kislota hamda alfa-naftilamin uksusli muhitda azokraska hosil qiladi. Uning intensivligini kalorimetr yordamida oʼlchanadi. Suyuqlikdagi nitritni aniqlash uchun oldin etil yoki metil spirti yordamida nordon muhitda qaynatiladi. Shundan soʼng kolonkada kadmiy bilan toʼldirilib, nitrit tiklanadi.
2.1. Fotokalorimetr yordamida nitrit miqdorini aniqlash.
2 ta konussimon 100 ml sigʼimga ega boʼlgan kolbaga, har biri 5 ml rangsiz filьtratdan solinadi. Bu filьtrat quyidagilardan iborat: oqsil choʼkmalaridan, 1 ml 5%-li ammiak eritmasidan, 2 ml 0,1n xlorid kislotasi eritmasidan, har biri 2 ml distillangan suvdvn va rangni kuchaytirish uchun 5 ml namunaviy nitrit eritmasi (1 mkg 1 ml da) tayyorlanadi. Shundan soʼng har bir kolbaga 15 ml miqdorida griss rekativi quyiladi. 15 minut oʼtgandan keyin fotokalorimetr yordamida boʼyalish intensivligini yashil svetofilьtr kyuvetida 2 sm qalinligida oʼlchanadi.
Shu bilan bir paytda 2 ta nazorat kolbasi ham qoʼyiladi. Ularga filьtrat oʼrniga distillangan suv quyiladi. Eritmadagi nitrit miqdorini kalibrlangan egri chiziq yordamida topiladi. Nitrit miqdori (X1) mg; 100 gr mahsulot uchun quyidagicha hisoblanadi.

Bu yerda; C1nitrit miqdori, kalorimetrlangan eritmadagi 1 ml uchun kalibrlangan egri chiziq boʼyicha – mkgr. G – mahsulot namunasi – gramm 1000 – milligrammga aylantirilganda Ikkita kolbadagi eritmalarning aniq natijalar farqi 0,5 mg (100gr mahsulot uchun) dan oshmasligi kerak.
3. Goʼsht mahsulotlarida nitrit miqdorini aniqlash.
Tajriba oʼtkazish uchun goʼsht mahsulotlaridan 10 gr qiyma namuna sifatida ajratib olinadi, avvalgi holda koʼrsatilgandek unga ishlov beriladi va suyuq modda tayyorlanadi. Namuna uchun olingan qiyma stakanchaga yoki kolbaga solinib 100 ml suv bilan 30 minut davomida aralashtirilib turiladi, soʼngra hosil boʼlgan aralashmani toʼrt qavatdan iborat boʼlgan marli filtridan oʼtkaziladi. 10 ml filtratni 100 ml kolbaga pipetka bilan ajratib olinadi va va unga birin-ketin 4 ml 1 reaktiv bilan 1 ml 2 reaktiv quyilib aralashtiriladi. Oʼlchamli kolbaga byuretka orqali 5 ml 10% li ammiak eritmasi quyilib, 3-5 minut tindiriladi. Shundan soʼng eritma sigʼimini distillangan suv yordamida aniq chiziqgacha yetkaziladi va aralashtiriladi. Tekshirilayotgan rangli eritmani ochiq rangsiz probirkaga quyiladi. Probirkaning diametri va sigʼimi standart shkala bilan bir hilda boʼlishi kerak. Soʼng undagi rangni solishtiriladi. Аgar solishtirilayotgan rang eritmasi jigarrang-sargʼish boʼlsa, undagi tekshirilayotgan rangli eritma qaytadan tayyorlanadi, faqat filtrat miqdori bu yerda ozroq kamaytiriladi. Tekshirilayotgan eritmaning rangini standart shkaladagi rang bilan solishtiriladi. Bu jarayon vizual holda yorugʼlikda oq qogʼoz yordamida amalga oshiriladi. Nitrit miqdorini (X5) mg; 100 gr mahsulot uchun quyidagi formula boʼyicha hisoblanadi.

Bu yerda - Е – etalon standart shkaladagi 1 ml nitrit eritmasi miqdori (mg/g) G – mahsulot namunasi; gr. V – tekshiruv uchun rangli eritmaning olingan sigʼimi (ml)

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin