3.
Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
Mustaqillikning asosiy ramzlaridan biri hisoblangan milliy bayroq 1991 -yil
18-noyabrda qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ramzi
mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga
xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos
xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi. Bayroqdagi
moviy rang - mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni,
shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z
vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan. Oq rang - tinchlik
va poklik timsolidir.
Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak.
Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi
niyat ramzidir. Qizil yo‘llar - bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy
kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang - serne’mat va orombaxsh tabiat
timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng
yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy - O‘zbekiston xalqining ko‘p
asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar - musaffo osmonning va
tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda
qadimdan barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Davlat bayrog‘i - bizning
o‘tmishimiz,
bugungi
kunimiz
va
kelajagimiz
ramzidir.
O‘zbekiston
Respublikasining davlat bayrog‘i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar
Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi.
64
O‘zbekiston bayrog‘i O‘zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo‘yilgan. O‘zbekiston sportchilari
jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shohsupaga ko‘tarilgan
paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va
jahon uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi, bir tomondan, davlatimiz
shon-shuhratini oshirsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g‘urur
bag‘ishlaydi.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-
iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
Gerbning markazida tasvirlangan - qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi -
baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo
qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta’riflagan. Gerbning
yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz
qirrali yulduz tasvirlangan. U “qutlug‘” degan ma’noni anglatadi.
Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri -
davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsolidir.
Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko‘rsatib turadi.
Boshoqlar - rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan
paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari - serquyosh yurtimizning dong‘ini butun
dunyoga taratgan asosiy boyligimizning ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta
chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilgani - bu
respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir. Gerb rangli tasvirda
bo‘lib, Humo qushi kumushrangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va
“O‘zbekiston” degan yozuv tilla rangda, g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil
rangda, tog‘lar havo rangda, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq
rangda, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil
rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng
qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va
shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O‘zbekiston
Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb davlat
ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining
muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valyutamiz -
so‘mda ham davlat gerbi o‘z ifodasini topgan.
“O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil
10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida qabul
qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan
variant tasdiqlandi.
Davlat madhiyasi mamlakat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston
fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat
madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini
ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.
|