4
KIRISH
“Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy
ta’siri bo ‘Imaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o
‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
Ko‘p ming yillik davlatchilik tarixi, boy madaniyat va ma’naviyatiga ega,
jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi hayotida
mustaqillik davri tom ma’noda ma’naviy yangilanish jabhasini boshlab berdi.
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlar, ma’naviy yangilanishlar bois mamlakatimiz XXI asrda
milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon yo‘l oldi.
Globallashuv asri bo‘lmish - XXI asr, bir tomondan, umuminsoniy
qadriyatlarni oldingi o‘ringa chiqishi, intellektual salohiyat ijtimoiy hayot mezonini
belgilovchi darajaga aylanishi, informatsion texnologiyalar taraqqiy etishi bilan
izohlansa, ikkinchi tomondan, umumjahon miqyosidagi ma’naviy tahdidlar,
“ommaviy madaniyat”ni keng xalq ommasi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish,
ta’lim-tarbiya sohasida salbiy illatlarning ildiz otishiga sabab bo‘layotgan asr
hisoblanadi. Shu bois ham Prezident Sh.M.Mirziyoyev bu masalaga global tarzda
yondashib, o‘zining BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan
72-sessiyasidagi nutqida alohida to‘xtalib, o‘sib kelayotgan avlodni, avvalo, ma’rifiy
savodxonlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida urg‘u berdi.
Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘sib kelayotgan avlodning ongi va
tafakkurini salbiy illatlardan himoya qilish ma’nosida ularda ma’naviy immunitetni
hosil qilish, yoshlarning ongiga ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan azaliy
qadriyatlar - ezgulik, odamiylik, bag‘rikenglik, mehr-muhabbat, vatanparvarlik,
yurtga sadoqat ruhini singdirishda tarix fanining o‘rni beqiyosdir. Aynan Vatan
tarixini anglash orqali o‘sib kelayotgan avlod nafaqat shonli o‘tmish tarixini, balki
istiqlolning tom mazmunini, uning mamlakatimiz istiqboliga qaratilgan siyosati
mohiyatini yanada teran tushunib yetadilar.
Mustaqillikning o‘tgan yillarida respublika tarixchi olimlari tomonidan katta
ahamiyatga molik, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari amalga
oshirildi, qator o‘quv adabiyotlari, darslik, qo‘llanma, monografiyalar chop etildi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ham xalqimiz tarixini xolis va ilmiy asosda
o‘rganish jarayoni davom etmoqda. Xususan, mustaqillikning o‘tgan o‘ttiz yillik
davri tarixining turli qirralari ko‘plab olimlar, izlanuvchilar uchun tadqiqot ob’yekti
bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston o‘z rivojlanishining yangi, zamonaviy
jabhasida Harakatlar strategiyasida - Taraqqiyot strategiyasida belgilangan
vazifalarni amaliy hayotga tadbiq etishni maqsad qilib olgan holda yosh avlodni
tarixiy o‘tmishga ulkan muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalasini ustuvor
5
vazifa sifatida belgilab oldi.
Shubhasiz, yangi avlod adabiyotlari ham yuqorida ta’kidlangan
mulohazalarga hamohang ravishda zamonaviy talablarga javob berishi, ta’lim
tizimining sifat jihatidan takomillashuvi uchun unga, avvalo, ilm-fan yangiliklari,
innovatsiyalarni jo etish lozim.
Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan talabalar uchun
havola etilayotgan mazkur darslik yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarni o‘zida
jam etgan. Darslikni tayyorlash jarayonida qator materiallar, xususan, tarixiy
adabiyotlar va arxiv hujjatlari, mustaqillik davriga oid amalga oshirilgan tadqiqot
natijalari:
dissertatsiyalar, monografiyalar, risolalar, darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalari, hujjat va materiallardan keng foydalanilgan.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarining barcha
ta’lim yo‘nalishlarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani asosiy fanlardan biri
sifatida o‘quv rejaga kiritildi. Shu munosabat bilan bu fanni o‘qitish yuzasidan o‘quv
dasturlari ishlab chiqilib, yangi avlod o‘quv adabiyotlari nashr etila boshladi. Ushbu
darslikda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va
vazifalari, mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy- siyosiy
jarayonlar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy
ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, respublikada
demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy
islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor
munosabatlarining rivojlanishi, ma’naviy va madaniy hamda ta’lim sohasida amalga
oshirilgan
islohotlar,
mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi
o‘zgarishlar,
O‘zbekistonning
jahon
hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi hamda xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib
borishi kabi masalalar yoritib berilgan.
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
“Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi
avlodini yaratish konsepsiyasi”da ilgari surilgan talablarga mos ravishda
tayyorlangan. Mavzular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
nomutaxassis fakultetlar bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan hamda
shu yo‘nalishda tasdiqlangan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” namunaviy dasturi
asosida yoritilgan.
Har bir mavzu so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, tayanch
tushunchalar, savol va topshiriqlar berilgan. Darslik yuzasidan bildirilgan fikr-
mulohazalar O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining “O‘zbekistonning
eng yangi tarixi” kafedrasi mualliflari jamoasi tomonidan mamnuniyat bilan qabul
qilinadi.
|