Mavzu: O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi Reja



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/9
tarix11.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#111778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shoimova Nodira


Mavzu: O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi
Reja:

  1. Kirish.O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasi haqida ma‘lumot.

II Asosiy qism:
2.1. O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi.
2.2. Fe‘l nisbatlari haqida umumiy ma‘lumot.
2.3. O‘zbek tilidagi fe‘l nisbatlarida pleonazm va u haqida mulohazalar.
2.4. Jahon tilshunosligida nisbat kategoriyasi.
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Shuning uchun onatilini sevish, pu xta o`rganish, uni billurdek musaffo saqlash, kamol toptirish milliy tilimiz ,ona xalqimiz jonajon Vatanimizda bo`lgan beqiyos muxabbatimiz ramzidir.
Til avlodlarni-avlodlarga, asrlarni - asrlarga bog`laydi , chunki biz va siz tasavvur qilaolmaydigan o`tmish ajdodlarimiz ruhi shu ona tilimizga singdirilgan.
Dunyoga yangi kelgan chaqaloq ham ona tilida alla eshitib orom oladi, har erta tongda televedeniya, radiyo to`lqinlaridan taraladigan Davlat madhiyasini ona tilimizda eshitar ekanmiz, undan faxr etamiz .Dastavval shuni aytish kerakki, o`zbek tilini XY asrda davlat tili darajasida ko`tarish , uni ravnaq toptirish uchun buyuk bobokalonimiz hazrati
Mir Alisher Navoiy ko`p kuch sarf qildi. U o`zining ”Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”,“Muhokamatul-lug`atayin ,”kabi qator o`lmas asarlarini shu tilda yaratdi.
Sulton Husayn homiylik qilib, A. Navoiyning bu sohadagi ishlarini qo`llab -quvatlagan hamda maxsus farmon bilan o`zbek tiliga davlat tili maqomini bergan edi. O`tgan besh asrdan ko`proq davrda o`zbek tilining ahamiyati kamaygani yo`q. Ammo etmish yillik mustabiq tuzumining siyosati sababli o`zbek tilining ish ko`rish doirasi chegaralanib qoldi va ahamiyati pasayib ketgan edi. Xalqimiz doyim mustaqil bo`lish , erkin yashash yo`lida kurashib keldi va Cho`lpon , Fitrat, A.Qodiriy , A.Avloniy , G.Gulom, Oybek ,H Olimjon, A. Qahhor kabi siymolar adabiy tilimizning ravnaqi yo`lida tinmay ijod qildilar. Bu kurashlar samarasiz ketmadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 101-sonli qarori bilan ushbu qonunni amalga oshirish davlat dasturi tasdiqlandi. Shu boisdan davlat dasturida ”Davlat tili haqidagi qonun qabul” etilgan kun. “Ona tili kuni” deb e`lon qilindi. Ushbu davlat tili haqidagi qonunning asl mohiyati nimalardan iborat edi.?
1.Qonun 30 moddadan iborat bo`lib , avval o`zbek tilining o`z qadr-qimmati, hududini ,o`rnini tiklaydi. Qonunning 1- moddasida O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir deb ko`rsatilgan. Shu bilan birga O`zbekiston o`zbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy , jtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to`liq amal qilinishini ta`minlaydi deb uqtiriladi(1- modda) .
2.O‘ zbek tili o`zbek xalqining ma`naviy mulkidir va shu boisdan uning ravnaqi , qo`llanishi va muhofazasini ta`minlashga oyid barcha masalalar O`zbekiston Respublikasining huquqiy doirasiga kirishi ko`rsatilgan . (2-modda.)
3.O`zbekiston Respublikasining barcha korxona, muassasa,tashkilotlarida ish respublika davlat tilida olib boriladi (7- modda) bu esa xalqimiz uchun yangiliklar yaratdi.
4.O`zbekiston Respublikasining hunar -texnika, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlarida ular qaysi mahkamada bo`lishiga qaramay, respublika davlat tilida o`qitiladi .(14-modda .)
5.Respublika miqyosidagi eng yirik anjumanlardan kichik yig`ilishlargacha davlat tilida olib boriladi. (5- modda) deb ko`rsatilishi o`zbek tilining salohiyatini yana ham oshirib yubordi. Xalqimizning orzu- istaklari, maqsadlari ifoda qilingan bu qonun o`zbbbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so`ng qayta ko`rib chiqildi.1995-yil 21-dekabrda “O`zbekiston Respublikasi ning “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi bva amalda qo`llash uchun joriy etildi. Yangi tahrirdagi Qonun 24 bobdan iborat bo`lib, unga mustaqillik ruhi bilan sug`orilgan bir qancha o`zgarishlar kiritildi.“Davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish sohasida otgan o`n yildan ortiq davrda katta ishlar qilindi.
Feʼl — predmetning harakat - holatini bildiruvchi so’z turkumi hisoblanib, u o’zbek tilshunosligida eng ko’p tarqalgan, asosiy so’z turkumlaridan sanaladi. Grammatikada "harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, masalan: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqalar.
Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil feʼllar, yordamchi feʼllar. Mustaqil feʼllar xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va birorta so'roqqa javob bo'ladi. Yordamchi feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi feʼllar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi:
1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi feʼllar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi);
2) feʼlning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi feʼllar (bular, odatda, "koʻmakchi feʼllar" deb yuritiladi). Feʼlning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqalar;
3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi feʼllar. Masalan: (bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq fe'llari) sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq, talaba hisoblanmoq, shifokor sanalmoq.
Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi feʼllardan farqlanuvchi "toʻliqsiz feʼl" (lugʻaviy maʼnosini tamoman yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi feʼlning) edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.
Feʼl turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega:
yasama feʼllar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi feʼllari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.
Feʼllar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan oʻzaro farqlanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi feʼlning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida feʼlning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, boʻlishli-boʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxs-son kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining 5 turi farqlanadi: aniq nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yordamida yasaladi. Faqat aniq nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas.
Aniq nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqalar.
Oʻzlik nisbati shakli -(i)n, -(i)l qoʻshimchalari yordamida yasaladi va harakat subʼyektining oʻziga obʼyekt sifatida qaratilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va hokazolar.
Orttirma nisbat shakli -dir, -ir, -t, -at, -kaz, -iz affikslari yordamida yasaladi va obʼyektsiz feʼlni obyektiv feʼlga aylantiradi, obʼyektli feʼldan yasalganda esa unga yana obʼyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va boshqalar.
Majhul nisbat shakli -(i)l, -(i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki obʼyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obʼyektsiz (oʻtimsiz) feʼllardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqalar.
Birgalik nisbati –(i)sh affiksi yordamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqalar. Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obʼyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkor maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishli feʼlning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz feʼl shakli esa -ma affiksi yordamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor) maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas" toʻliqsiz feʼli bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin