Механика кириш



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/48
tarix25.05.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#59486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Ìåõàíèêà êèðèø

O’zbekiston Respublikasi Oliй va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Z.M.Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti




Umumiy fizika kafedrasi


SH.A.Ermatov , A.J.Akbarov , X.M.Madaminov



(fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami)


Andijon – 2005


So’z boshi

Respublikamizda oliy ta’limni isloh qilishning keng ko’lamli dasturi amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosini yangi, zamonaviy turdagi darslik va qo’llanmalar yaratilishi bilan izohlasa bo’ladi. SHu jumladan Andijon Davlat Universitetida ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, tahsinga loyiqdir. Ko’plab professor-o’qituvchilarimiz tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalarning qator tadbir va tanlovlarda g’olib deb topilib, nufuzli mukofotlar bilan taqdirlanishi yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi. Mualliflar ham bu jarrayonga baholi qudrat o’z hissalarini qo’shish maqsadida, ko’plab talaba va o’qituvchilarimiz oldida turgan qo’llanma muammosini bir qadar yechish maqsadida «Umumiy fizika kursi» dan kichik bir qo’llanma tayyorlashdi.

Ma’lumki, Universitetning umumiy fizika kafedrasida fizik bo’lmagan ixtisosliklar uchun ham umumiy fizika o’qitiladi. Ularning dars soatlarining turlicha ekanligi tufayli barcha ixtisosliklar uchun ishlatsa bo’ladigan ma’ruza matnga ehtiyoj tug’ildi. Ushbu matn umumiy fizika kursini barcha bo’limlarin o’z ichiga olgan qo’llanmadir. Qo’llanmadan fizik bo’lmagan barcha mutaxassislar va sirtqi bo’lim talabalari foydalanishlari mumkin.

Bu turdagi qo’llanma birinchi marta tayyorlanganligi sababli unda ayrim kamchiliklar uchrashi ehtimoldan xoli emas. Mualliflar qo’llanma haqida fikr-mulohazalarini bildirgan barcha o’rtoqlarga minnatdorchilik izhor etadi.

KIRISH




Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning qonunlarini o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum qonunlar asosida ro’y beradi. Bu qodisalar va ularning qonuniyatlari orasidagi bog’lanishni o’rganish qar bir fanning asosiy vazifasidir. Fizika sohasiga asosan jismlarning o’zaro ta’siri va ularning harakat qonunlari qamda elektromagnit va yorug’lik bilan bog’langan hodisalar, atom va uning yadrosini o’rganish kiradi. Ammo fizika fanining aniq chegarasini hozirgi vaqtda ko’rsatish qiyin. CHunki har bir yangi ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar – fizikaning qo’llanish chegaralarini yanada kengaytirmokda deb aytish mumkin. Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan avval ba’zi fizik tushunchalar bilan tanishamiz.
Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan jismlarda vaqt o’tishi bilan ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. Bu o’zgarishlar o’lchov vositasida miqdoriy baholanadilar.
Fizik tajriba: Jismlar bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar kuzatish yoki laboratoriyalarda amalga oshiriladigan maxsus tajribalar orqali o’rganiladi. Tajribalarda olingan xulosalar u yoki bu fizik hodisaning, jarayonning honuniyatlarini ochishga yordam beradi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin