12
Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegeralanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, korxonalar ustav kapitalini
shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir yil;
Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar
bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy
investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan kiritilishi
mumkin;
Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini
hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har
biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida
sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga
yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: