16
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi IV–bob, 62–moddasiga
muvofiq, mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaхs
tоmоnidan ta’sis etilgan, ustav fоndi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan
belgilab qo’yilgan miqdоrlardagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan оlinadi.
Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo'lingan hissalar miqdori ta'sis hujjatlarida
belgilab qo'yiladi. Uning ishtirokchilari majburiyatlar bo’yicha faqat o'z mulki
doirasida javob beradi.
Ma'suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning
hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi
hammaning roziligi bilan hissa qo’shuvchilarning ko'payishi yoki kamayishi
bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o'z hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan
keyin bir yil davomida to’lashi lozim.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxona,tashkilot va jamiyatlarda rezerv
kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan
kam bo'lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o'tkazish
yo'li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi.
Rezerv kapitali korxona ko'rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun
dividend to'lash, aksiyadorlar talabiga ko'ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun
ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli
aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq
foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo'ljallangan.
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda
solig'i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo'li bilan yoki
o'tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo'yicha hisobda aks
ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: