7
shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik
beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada
ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga
katta e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar
tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu
shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga
topshirilishi lozim.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda ham boshqa mulk shaklidagi
korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib, moliyaviy xo'jalik
faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu
bilan birgalikda ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining
o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga
olish shart bo'lgan ob'ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday
ob'ektlaridan biri korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va
unga egalik qilish usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat
ko'rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog'liq operatsiyalar,
xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog'ozlar, daromad (foyda), dividend
to'lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi
jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi ma’suliyati cheklangan
jamiyatlarda buxgalteriya hisobining o'ziga xos bo'lgan hisob ob'yektlardir.
Ushbu ob'yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim
fundamental tamoyillaridan biri bo'lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga
asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
Dostları ilə paylaş: