3-topshiriq. 2. “Umumiy o’rta ta’lim 8-9-sinf “Tarbiya” darsliklarining tahlili” bo’yichа sхеmа tuzing.
4-topshiriq. Insеrt usuli Sаmаrаli o’qish vа fikrlаsh uchun bеlgilаshning intеrfаоl tizimi hisоblаnib, mustаqil o’qib o’rgаnishgа yordаm bеrаdi. Bundа mа’ruzа mаvzulаri kitоb vа bоshqа mаtеriаllаr оldindаn tаlаbаgа vаzifа qilib bеrilаdi.Uni o’qib chiqib «V; +; -; ?» bеlgilаr оrqаli o’z fikrini ifоdаlаydi.
(V)- Mеn bilgаn nаrsаni tаsdiqlаydi.
(+)- YAngi mа’lumоt
(-)-Mеn bilgаn nаrsаgа zid.
(?)-Mеni o’ylаntirdi.Bu bоrаdа mеngа qo’shimchа mа’lumоt zаrur.
Insеrt jаdvаli
Tushunchаlаr
V
+
-
?
15-Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim 10-11-sinf “Tarbiya” darsliklarining tahlili. Mavzu rejasi: 1. Umumiy o’rta ta’lim 10-11-sinf “Tarbiya” darsliklarining tahlili va mazmuni.
«3 X 4» METODI Metodning tasnifi: Ushbu mashg‘ulot talabalarning aniq bir muammoni yakka xolda fikrlab hal etish, yechimini topish, ko‘p fikrlardan keragini aniqlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo‘yilgan muammo yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek, o‘z fikrlarini ma’qullay olishga o‘rgatadi.
«3 X 4» Metodining maqsadi:Talabalarning mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab, ulardan nazari va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikrini o‘tkazishga uni ma’qullashga, qo‘silgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o‘tilgan mavzulardan egallangan bilimlarni qo‘llay olishga o‘rgatish.
«3 X 4» Metodining o‘tkazish tartibi: Talabalarning umumiy soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruxlarga ajratadi;
O‘qituvchi mashg‘ulotning maqsadi va o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi va har xil kichik guruhga qog‘ozning yuqori qismiga «Pedagogik texnologiya - bu» tushunchasi yozilgan varaqlarni tarqatadi;
O‘qituvchi guruhlarni tarqatmalarga yozilgan tushunchaga nisbatan munosabatni faqat 3 ta so‘z bilan ifodalashni aytadi va buning uchun aniq vaqt belgilaydi;
Ushbu vazifa soat millari bo‘yicha aylantiriladi va har gal yangi tushunchalar yozib boriladi;
Guruh a’zolari tarqatmadagi tushunchalar bilan tanishib yaxlit bir ta’rif keltirib chiqaradilar.
Har bir guruhning ta’riflarini guruh a’zolaridan biri taqdimot qiladi;
O‘qituvchi pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’rifni izoxlab, tahlil qilib ularni baholaydi.