10-Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim tmaktabida milliy tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari.
Mavzu rejasi:
Umumiy o’rta ta’lim tizimida milliy tarbiyani amalga oshirish mohiyati va mazmuni.
Jamiyatdagi takomillashish jarayonida yoshlar ijtimoiy faolligining ortishi dolzarb masala. Chunki yoshlarni to’g’ri yo’lga yo’naltirish har bir ziyoli insonning burchidir. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti – ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy jihatlarni o’zida qamrab oladi. Jamiyatda yashovchi yoshlar ana shu sohalarning barchasida ijtimoiy faollik ko’rsatishi hayotiy zaruriyatdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek: “Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar xalqimiz tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Bu o’zgarishlarning dastlabki natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida o’zining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o’sib bormoqda”.
Faollik, ijtimoiy va ilmiy bilim, huquqiy me’yorlar va majburiyatning mujassamlashuvi natijasi shaxsda ifodalanadi. Bu tarkiblarning sifati, ya’ni bilimlarni qay darajada o’zlashtirilganligi, ularning odatga aylantirilganligi faollikning namoyon etish darajasini belgilaydi. Ijtimoiy hamda siyosiy psixologik nuqtai nazardan faollik: - yorqin ifodalangan faollik; - shunchaki ifodalangan faollik; - ifodalanmagan faollik kabi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin7.
Faollikni ifoda etishni nazariy jihatdan quyidagilarga ajratish mumkin: reproduktiv o’xshatuvchi-faollik (shaxsiy tajriba yetarli emasligi natijasida, tajriba orttiruvchi vosita sifatida ifodalanadi); izlanuvchi-ta’minlovchi faollik (amaliyotda yuqori faollik va erkinlik kuzatiladi); ijodiy faollik (bilish faolligining oliy darajasi)8.
“Ijtimoiy faollik” keng qamrovli tushuncha bo’lib, u talaba yoshlarning ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagina emas, balki madaniyat, san’at, siyosat, huquq kabi sohalarda ham faol bo’lishini anglatadi. Demak, “ijtimoiy faollik” o’zining tub mohiyatiga ko’ra, kishilar jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, sotsial va boshqa sohalardagi faolligini ifodalaydi. Bozor munosabatlari va yangicha dunyoqarash shaxsning ijtimoiy faolligi strukturasida ma’naviy-intellektual, ijtimoiy-siyosiy faollik yetakchi va hal qiluvchi element ekanligini ko’rsatdi.
Topshiriq: “Baliq skeleti ” texnikasi asosida berilgan topshiriqni bagaring.
Umumiy o’rta
ta’lim tizimida
milliy tarbiyani
amalga oshirish
mohiyati
va mazmuni
Dostları ilə paylaş: |