Tayyorlov bosqichi o’z ichiga ijtimoiy pedagog tomonidan muayyan vaziyat asosida qabul qilinadigan bir qancha chora-tadbirlarni qamrab olishi kerak.
Og’ir adaptatsiya sabablarini aniqlash: tuman pediatri, tibbiy xodimlar, psixolog, ta’lim muassasasi tarbiyachilari bilan aloqa va hamkorlik o’rnatish; bolalarning MTM, bolalar bog’chalariga kirishlaridan avval sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini nazorat qilish; bolalarga ijtimoiy-pedagogik yordam rejasini tuzish; bolaning ta’lim muassasalarida yengil adaptatsiyasi uchun oilalar bilan aloqalar o’rnatish; maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiyasi uchun ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik, tibbiy chora-tadbirlarni aniqlash.
Amaliy bosqich quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: oila va ta’lim muassasasida bolaga bir xil yondashuvni shakllantirish; oila bilan aloqalar - bolaning MTMga qatnay boshlaganida 3-4 kun mobaynida onasining ishtirok etishi; axborot bazasining kengayib borishini e’tiborga olish; bolalarning ruhiy-emotsional holatini qo’llab-quvvatlash.
Bolaning rivojlanish va dastlabki bilim olishi to’g’risida har bir oila va jamiyat bilishi zarur bo’lgan muhim tavsiyalar: hayotning dastlabki 8 yili, ayniqsa dastlabki 3 yili mobaynida bola oladigan g’amho’rlik va diqqat-e’tibor nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning butun hayotiga ta’sir ko’rsatadi. Go’daklar hayotlarining dastlabki lahzalaridan boshlab, o’rganishni boshlaydilar. Ular mehr-muhabbat, alohida diqqat-e’tibor va bunga qo’shimcha ravishda to’yimli ovqatlanib, to’g’ri parvarish qilinsalar, tez o’sib ulg’ayadilar va bilimlarni tez o’zlashtiradilar. Murabbiylar bolalar tomosha qilishlari, eshitishlari, ushlab ko’rishlari va o’ynashlari uchun ularga yangi va qiziqarli narsalar berib, o’sib-ulg’ayishlari va o’rganishlarida yordam berishlari kerak. Go’daklar va yosh bolarni uzoq vaqt qarovsiz qoldirib bo’lmaydi. Bu ularning jismoniy va aqliy o’sib-ulg’ayishini sekinlashtiradi. Qiz va o’g’il bolalar oziq-ovqat, diqqat-e’tibor, g’amxo’rlikka teng miqdorda muhtoj bo’ladilar. Bolalar biror narsa qilishni o’rganayotgan va yangi so’zlarni aytayotganlarida ularning hammasini rag’batlantirish va maqtash zarur. Bolaning jismoniy va aqliy o’sib-ulg’ayishi qoniqarsiz bo’lsa, ota-onalar shifokorga maslahat so’rab murojaat qilishlari zarur. Bolaning dastlab o’z ona tilini o’rgatib, ularning mushohada yuritish va fikr-mulohazalarni ifoda etish qobiliyatlarining kamol topishiga yordam berish mukin. Bolalar tilni qo’shiqlar, oilaviy voqea-hodisalar, she’rlar va turli o’yinlar vositasida tez va oson o’rgandilar. Barcha bolalar rivojlanganlik darajasiga muvofik turli o’yinchoqlar o’ynashlari kerak. Do’kondan sotib oligan o’yinchoqlar bilan bir qatorda suv, qum, karton qutilar, to’rtburchak shakldagi yog’och bo’laklari, o’yinchok idishlar va qopqoqlar ham yaxshi vosita bo’lib xizmat kiladi. Maktabgacha yoshdagi bola 6 yoshga yetganda: ko’pcatilgan yo’ldan yupa olishi; ma’noli gaplashish va ko’plab typli co’zlapni qo’llashi; qapama-qapshiliklapni tushunishi (macalan, cemiz va opiq, uzun va kalta); boshqa bolalap bilan o’ynashi; doimiy ëpdamciz kiyina olishi; cavollapga javob bepa olishi; 5 tadan 10 tagacha napcalapni canay olishi; qo’lini yuva olish kabilarni bajara olishi kerak.
Bu davrda ota-onalar va mypabbiylapga bolaning gap-co’zlapiga tinglashlari, bola bilan bilan tez-tez muloqot qilishlari, agap bola duduqlansa, ynga shoshilmacdan dona-dona kilib gapirishga undashlari, hikoyalap o’qib bepishlari, ularni typli o’yinlapga va yangi napralarni o’zlashtipishga rag’batlantirishlari zarur. Bolalar dastlabki ijtimoiy myomala ko’nikmalarini tevapak-atpofdagilapni kuzatib, ularga taqlid asosida hosil qiladilar hamda qanday xulq-atvorlar maqbul, qaysilari nomaqbul ekanini bilib oladilar.