9-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy tarbiyani amalga oshirish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat talabalari asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachi-pedagoglari va ta’lim muassasasi psixolik vrachlari tomonidan ijtimoiy-gigienik jihatlarga bag’ishlangan ishlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlarni, ya’ni kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o’zgarishlarni e’tiborga olish kerak.
Birinchi bosqich patronaji xaritasi: ota-onasi haqida ma’lumotlar: otasi (F.I.SH., tug’ilgan yili, mansabi, ish joyi); onasi (F.I.SH., tugilgan yili, mansabi, ish joyi); onasida homilaning kechishi va nechanchi bola ekanligi. Tug’ilishi. Maishiy sharoitlari: istiqomat kiluvchilar soni; yashash joyiga baho berish (qulayliklari); yuvinish moslamalari; yashash joyi havosining tozaligi; bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi muassasalarga katnashi.
Bola haqida ma’lumotlar: yoshi; sog’ligi; bolaga kim g’amxo’rlik qiladi? Bolaning kun tartibi qanaqa? U alohida xona, karavotga egami? Bedorlik vaqti: bola bedorlik vaqtini qanday o’tkazadi? Uyg’oqlik davrining uzunligi; sevimli o’yinchoklari; kiyinish-echinish, yuvinish jarayonlariga munosabati; kattalarning bolaga munosabatlari; bolaning kattalarga munosabati; bola bilan tez-tez sayr qilishadimi? Ovqatlanish: ovqatlanish tartibiga amal kilinadimi? Bola nima yeydi? Nima yordamida ovqatlantiriladi; bolaning ishtaxasi, faolligi. Uyqu: bolani uxlatishda o’zini tutishi; uyqudagi kiyimi; bola qanday uxlab koladi (tez, tinch)? kuniga necha marta, qancha uxlaydi? Uyqu xarakteri va uzunligi; qanday uyg’onadi (tinch, yig’i bilan)? Bola kunduzi qaerda uxlaydi (karavot, xona, ko’cha)? Tunda kanday uxlaydi? Bolani uxlatish uchun unga so’rg’ich beriladimi? va.h.k.