O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi



Yüklə 116,31 Kb.
səhifə1/15
tarix07.01.2024
ölçüsü116,31 Kb.
#208937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Документ Microsoft Word


O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi
O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan Ta'sis qurultoyi Qaroriga binoan tuzildi, uning Dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya raisi qilib I.A.Karimov saylandi. Bu partiyaning a'zolari soni 450 mingga yaqin. 1994 yildagi saylovlarda XDP vakillari Oliy Majlisda deputatlarning 27 foizdan ziyodini tashkil qildilar.
O`zbekiston XDPning dasturi quyidagilardan iborat:
- milliy mustaqillikni mustahkamlash;
- tub iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy islohotlarni amalga oshirish orqali ravnaq topgan, qudratli, demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatni bunyod etish;
- kishilarning millati, siyosiy qarashlari, diniy e'tiqodlaridan qat'iy nazar, munosib hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
- fuqarolarning erkinlar va xuquqlari, tinch hayot kechirishlarini kafolatlash.
Bu maqsadlarni keng targ`ib qilish maqsadida 1993 yil dekabrda O`zbekiston XDPning milliy istiqlol mafkurasi qabul qilingan.
XDPning nashrlari: �O`zbekiston ovozi�, �Golos Uzbekistana� gazetalari va �Muloqot� jurnali.
XDP o`z saflarida keng ommani - ziyolilar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, yoshlar, fayxriylarni, 80 ga yaqin millat va elat vakillarini birlashtiradi.
Tepaga
Vatan taraqqiyoti� partiyasi.
�Vatan taraqqiyoti� partiyasi 1992 yil mart oyida tuzilgan. A'zolari soni 35 mingdan ortiq.
Partiyaning maqsad va vazifalari uning nomida aks etgan bo`lib, vatan taraqqiyotiga xizmat qiladi, jumladan:
- erkin bozor munosabatlari asosida O`zbekistonning iqtisodiy va ma'naviy mustaqilligini rivojlantirish;
- demokratik jamiyat taraqqiyotini jadallashtirishga qadam-baqadam ta'sir ko`rsatish;
- ziyolilar, tadbirkorlar va dehqonlar manfaatini ifoda etish;
- xususiy mulkchilikni har tomonlama muhofaza qilishni rivojlantirish;
- faoliyatda hamisha amaliy tajriba hamda sog`lom aql-idrokka tayanib ish ko`rish.
Partiya o`z nashriga ega bo`lib, bu �Vatan� gazetasidir. Partiya huzurida jamoatchilik fikrini o`rganish markazi, tahlil-axborot markazi ishlab turibdi.
Partiya ilg`or ziyolilar, tadbirkorlar, xususiy mulk egalari, fermerlar va dehqonlarni o`z safiga birlashtirgan.
2000 yilda partiya "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasi bilan birlashib, "Fidokorlar" nomi ostida faoliyat ko`rsatmoqda.

Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin