O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi


Tepaga Respublika �Ma'naviyat va ma'rifat� jamoatchilik markazi



Yüklə 116,31 Kb.
səhifə4/15
tarix07.01.2024
ölçüsü116,31 Kb.
#208937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Документ Microsoft Word

Tepaga
Respublika �Ma'naviyat va ma'rifat� jamoatchilik markazi
Respublika �Ma'naviyat va ma'rifat� jamoatchilik markazi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 288-Qaroriga asosan tashkil etilgan. Markaz respublika jamoatchiligi bilan hamkorlikda ish yurituvchi, byudjet ajratmalari va xo`jalik hisobidagi mablag`lar asosida faoliyat ko`rsatuvchi tashkilotdir. Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- O`zbekiston xalqining ma'naviy-madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhiga mos g`oyalarni shakllantirish va hayotga tadbiq etish, respublikada ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yo`lga qo`yish yuzasidan tavsiyalar hozirlash;
- yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo`naltirish;
- millatlararo do`stlik va hmjihatlikni, yurtimizni tinchlik, barqarorlik hamda fuqarolar totuvligini, mintaqa xalqlarining mushtarak ma'naviy-ma'rifiy, madaniy ildizlarini tadqiq va tahlil asosida targ`ib etish;
- mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, e'tiqod, g`oyalarni o`rganish, sog`lom dunyoqarash hamda siyosiy madaniyatni shaklantirishda ishtirok etish;
- jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotning ommaviy-axborot vositalarining o`zaro samarali hamkorligiga ko`maklashish;
- ma'naviy-ma'rifiy masalalarga doir ma'ruzalar uyushtirish, anjuman va suhbatlar o`tkazish.
Matbuot organi - �Tafakkur� jurnali.
Markaz qoshida �Oltin meros� xalqaro jamg`armasi, �Ma'naviyat� nashriyoti va �Jahon adabiyoti� jurnali tashkil etilgan. �Kasb ma'naviyati� o`quv kurslari muvaffaqiyat bilan ishlab turibdi.
Tepaga
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyati
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatiga Shveytsariyada asos solingan. Bu jamiyat halokat qurbonlariga yordam berish, jamiyatning yordamga muhtoj qatlamlariga har tomonlama yordam berish, birinchi yordam ko`rsatish bo`yicha o`quv mashg`ulotlari tashkil qilish, Xalqaro Inson Xuquqi bo`yicha bilimlarni tarqatish, qurolli to`qnashuvlar davrida esa harbiy tibbiyot xizmatchilariga ko`maklashish vazifalarini bajaradi.
Bu jamiyatning belgisi - Shveytsariya bayrog`i ranglarining teskari ko`rinishidir (Shveytsariya bayrog`ida qizil rangga oq xoch belgisi chizilgan). �Qizil Xoch� va �Qizil Yarim oy� belgilarining hech qanday farqi yo`q. Lekin ko`p davlatlar yarim oy belgisini tanlaganlar.
Hozirda juda ko`p davlatlarda Milliy Xalqaro Qizil Yarim oy jamiyatlari tashkil qilingan. Bu jamiyatlar o`z davlatlarining muammolarini bartaraf etishga ko`maklashib, davlat rivojlanishiga o`z xissasini qo`shib kelmoqda.
O`zbekiston Qizil Yarim oy milliy jamiyati 1925 yil 14 noyabrda tuzilgan. 1992 yil 28 may - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti �O`zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati to`g`risida�gi Farmonga imzo chekdi. O`zbekiston Qizil Yarim oy milliy jamiyatining faxriy Prezidenti qilib O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov saylandi.
Bu jamiyatning hozirgi kundagi faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri - O`zbekiston Yoshlar Qizil Yarim oy jamiyatini tuzish. Bu jamiyatning asosi Yoshlar Markazlari va klublar bo`ladi. Bu Markazlar Niderlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya Qizil Xoch jamiyatlari va Xalqaro Qizil Xoch jamiyati bilan hamkorlikda tashkil qilinadi.
Yoshlar Markazlari yoshlarning o`qishi, bilim olishi uchun sharoit yaratish, giyohvandlik va OITSning oldini olish yo`lida katta ishlar qilmoqdalar.
Bu jamiyatning O`zbekistondagi faoliyati to`g`risidagi to`liq ma'lumotlarni www.redcrescent.uz saytidan olishingiz mumkin.

Partiya tarixi



Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin