Kuch transformatorlarini tanlash



Yüklə 254 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü254 Kb.
#184617
Shukurov Axliddin Tuychiyevich



KUCH TRANSFORMATORLARINI TANLASH 
Shukurov Axliddin Tuychiyevich 
Farg'ona viloyati, Rishton tumani 2-son kasb -hunar maktabi Ishlab chiqarish 
ta'lim ustasi 
Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada kuch transformatorlari haqida umumiy 
ma'lumot va ulardan foydalanish, tanlash to'g'risidagi ma'lumotlar bayon etilgan. 
Kalit so'zlar:
elektr ta’minoti sxemasi, kuch transformatori, boshlang‘ich 
kapital mablag‘, yillik hisob, ayirgich-saqlagichlar 
 
Korxonaning ratsional elektr ta’minoti tizimini yaratishda BPP va sex 
nimstansiyalaridagi kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini texnik va 
iqtisodiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Texnik 
ko‘rsatgichlarga elektr ta’minoti sxemasining ishonchliligi, ekspluatatsiyada 
qulayligi, jihozlarni uzoq muddatda ishlay olishi, avtomatlashganlik darajasi va 
boshqalar kiradi. Iqtisodiy ko‘rsatgichlarga esa asosan boshlang‘ich kapital 
mablag‘ va yillik sarf-xarajatlar kiradi. Korxona uchun kuch transformatorlarning 
soni va quvvatlarini tanlashda ikki 
yoki ko‘p variantlar tahlil qilinib, ulardan eng 
ma’quli olinadi. 
Korxona elektr ta’minoti tizimidagi transformatorlar tanlanganda ularning 
ikkita yoki uchta standart quvvatli bo‘lishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bunda 
zahiridagi transformatorlar soni kamayib, buzilganini almashtirishni osonlashadi. 
35 kV va undan katta kuchlanishli nimstansiyalarning sxemalarida yuqori 
kuchlanishli tomonlarida o‘zgichlar ishlatilmasa ta’minot tizimi katta miqdorda 
arzonlashadi. 
Barcha 
chekka 
nimstansiyalar 
loyihalashtirilganda 
yuqori 
kuchlanishli qismiga o‘zgichlar o‘rniga qisqa tutashtirgichlar va ajratgichlar qabul 
qilish tavsiya etiladi. Sex nimstansiyalarida transformatorlarni yuqori kuchlanishli 
liniyalariga ayirgichlar yoki ayirgich-
saqlagichlar, yoki yuklamani o‘chirgich-
saqlagichlar orqali ulash to‘g‘ri bo‘ladi. 
BPP va MTP lardagi trasformatorlar soni elektr ta’minotiga bo‘lgan ishonchlilik 
darajasi bilan aniqlanadi. Bir transformator ishdan chiqsa ikkinchisi buzilgan 
transformatorni ta’mirlash yoki almashtirishga ketadigan vaqt oralig‘i uchun 100% 
li ishonchilikni ta’minlaydi. 
Birinchi toifali iste’molchilarni ikkita transformatorli nimstansiyalardan 
ta’minlash zarur bo‘lib, har bir transformator ayrim shina seksiyalariga ulanishi 
kerak. Kichik kuchlanishli ishchi shinalar seksiyalari ham alohida saqlanadi. Bu esa 
kichik kuchlanishli tarmoqlarning ish sharoitlarini yaxshilab, qisqa tutashuv tokining 
miqdorini ikki marotaba kamaytiradi. Ikkinchi toifali iste’molchilarni ikki 
trasformatorli yoki bir transformatorli nimstansiyadan (zahiridagi transformatorni 


biror soat davomida almashtirish imkoni bo‘lganda) energiya bilan ta’minlash 
mumkin. 
Uchinchi toifali iste’molchilar zahirada transformator mavjud bo‘lganda, bir 
transformatorli nimstansiyaga ulanishlari mumkin. 
Transformatorlar quvvatlarini hisobiy yuklamalarga mos ravishda qabul 
qilinadi. SHu bilan birga transformatorning iqtisodiy ish rejimi va iste’molchilarning 
elektr ta’minoti bo‘yicha ishonchlikni ta’minlashni ham hisobga olinadi. Me’yoriy 
sharoitda transformatorning yuklamasi uning tabiiy ishlash muddatini qisqartirishi 
kerak emas. 
Transformatorning nominal quvvati deganda shunday yuklanish tushuniladiki, 
unda nominal ish sharoitida, belgilangan ishlash muddati davomida (taxminan 20 
yil) transformator uzluksiz ishlay oladi. Transformatorlar quvvatlarini tanlashda 
ularning o‘tayuklanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Aks holda, 
o‘rnatilayotgan transformatorning quvvatini zaruryatsiz katta qabul qilishga to‘g‘ri 
keladi. Ekspluatatsiya jarayonida transformatorlarni tizimli yoki favqulodda 
holatlarda o‘tayuklatish mumkin. 
Transformatorni favqulotda (avariya) holatda 5 sutka davomida 40% gacha 
o‘ta yuklatishga ruhsat etiladi. Bunday yuklatishning vaqti har sutkada 6 soatdan 
oshmasligi kerak. Buning uchun avariya holatigacha transformatorning yuklamasi 
uning pasportida ko‘rsatilgan quvvatning 0,93 qismidan oshmagan bo‘lishi zarur. 
Sanoat korxonalari iste’molchilarining elektr ta’minotida zarur bo‘lgan qudratli 
transformatorlarning soni, quvvati va tiplarini tanlashda quyidagi tartib tavsiya 
etiladi: 
Nimstansiyada o‘rnatiladigan transformatorlarning soni iste’molchilarning 
elektr ta’minotining ishonchligiga bo‘lgan talabidan kelib chiqiladi. 
Nimstansiyadagi transformatorlarni quvvatini hisobiy to‘la quvvat asosida 
tanlanadi. 
Bu erda Rr ,Qx - korxonaning hisobiy aktiv va reaktiv quvvatlari. Qx
aniqlaganda korxonada o‘rnatilgan reaktiv quvvatini kompensatsiyalovchi 
qurilmalarining quvvatini hisobga olish kerak. Agar sanoat korxonasining BPP 
ikkita transformator o‘rnatilishi zarur bo‘lganda, ularning har birining nominal 
quvvat quyidagicha aniqlanadi: 
Avariya holatlar uchun transformatorning o‘tayuklanish imkoniyatini tekshirib 
ko‘riladi. 
Bu erda hisobiy quvvat SX
aniqlaganda, III toifali iste’molchilar e’tiborga 
olinmaydi. 
Sex nimstansiyalarida transformatorlarni qabul qilishda yuklama zichligini 
ham hisobga olinadi: 
Bu erda Sx - 
sex, korpus yoki bo‘limning hisobiy yuklamasi; 
Transformatorlarni ratsional yuklanish koeffitsientini quyidagicha olish tavsiya 
etiladi: 



ikki transformatorli nimstansiyalarning yuklamalarida I toifali iste’molchilar 
ko‘pchilikni tashkil etganda, Kyu=0,65 0,7; 
- bir transformatorli podstansiyalarda, kichik kuchlanishda boshqa 
podstansiyadan rezerv liniya mavjudligida, Kyu=0,7 0,8; 
II toifali iste’molchilar ko‘pchilikni tashkil qilib, markazlashtirilgan zahirada 
transformator mavjud bo‘lganida yoki nimstansiya yuklamalari III toifali 
iste’molchilardan iboratligida, Kyu=0,9 0,95. 
Nimstansiyadagi transformatorlar quvvatlarining mumkin bo‘lgan variantlari, 
favqulodda holatdagi va tizimli o‘tayuklanishlarni hisobga olgan holda, ko‘rib 
chiqiladi. Belgilangan variantlardan texnik-
iqtisodiy ko‘rsatgichlari eng qulay 
bo‘lgani qabul qilinadi. 
Nimstansiyaning kelajakda yuklamasini ortishini hisobga olib uning binosi 
fundamentini yuqori quvvatli transformatorga mo‘ljallab bajariladi yoki 
nimstansiyani qo‘shimcha transformator o‘rnatish evaziga kengayishini nazarda 
tutiladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. 
https://fayllar.org/download/3-amaliy-ish-kuch-transformatorinni-
tanlash.doc 

Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin