O'zbekiston respublikasi


-jadval  Aholi jon boshiga xizmatlar ishlab chiqarish (1990 y.)



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#45967
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

5-jadval 

Aholi jon boshiga xizmatlar ishlab chiqarish (1990 y.)

45 

 

Chakana tovar 



aylanmasi (rub) 

Pullik xizmat 

ko’rsatish 

(rub) 

Maishiy xizmat 

ko’rsatish (rub) 

SSSR 


1617 

251 


56,8 

RSFSR 


1779 

282 


58,9 

Ukraina 


1578 

252 


57,5 

Belorussiya 

1861 

260 


78,6 

O’zbekiston 

906 

139 


40,1 

Qozog’iston 

1307 

232 


51,5 

Gruziya 


1396 

246 


70,6 

Ozarbayjon 

899 

136 


38,2 

Litva 


2010 

280 


76,3 

Moldaviya 

1512 

207 


53,1 

Latviya 


2470 

324 


77,0 

Qirg’iziston 

1067 

159 


43.3 

Tojikiston 

816 

1 14 


35,7 

Armaniston 

1444 

199 


51,0 

Turkmaniston 

1058 

151 


40,2 

Estoniya 

2712 

376 


97,0 

 

Aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan  xizmatlarning  past  darajasiga  keskin 



demografik  vaziyat  ham  o’zining  jiddiy  ta’sirini  o’tkazayotgan  edi.  Agar  1979-

1991  yillarda  O’zbekiston  aholisi  34,7  foiz  o’sgan  bo’lsa,  bu  borada  o’rtacha 

ittifoq  ko’rsatkichi  10,5  foizga  to’g’ri  keldi.  Bunda  O’zbekiston  ko’rsatkichlari 

Tojikistondan  pastroq  (40,9%)  Turkmaniston  bilan  barobar  turardi.  Aholi  o’sish 

sur’atlari  bu  yillarda  Rossiya,  Ukraina,  Belorussiya,  Gruziya,  Latviya  va 

Estoniyada 10 foizdan pastroqni tashkil etdi. 

Tug’ilishning  yuqori  darajasi  mamlakat  aholisining  yosh  bo’yicha  tarkibiga 

ham ta’sir ko’rsatdi. 

                                                 

45

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 146-бет



 

 



35 

 

6-jadval 



O’zbekistonda doimiy yashaydigan aholining yosh guruhi bo’yicha 

tarkibi (1.10.90 y.)

46 

 

Ming kishi 



Aholining umumiy 

soniga nisbatan foiz 

hisobida 

Barcha aholi 

20227,3 

100,0 


shu jumladan, 

0-14 yoshda 

8259,4 

40,8 


15-39 yoshda 

8232,7 


40,7 

40-60 yoshda 

2427,6 

12,0 


60 dan yuqori yoshda 

1307,6 


6,5 

Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  mamlakat  aholisining  40  foizdan  ziyodini  14 

yoshgacha  bo’lgan  fuqarolar  tashkil  etgan.  Aholi  tarkibidagi  bu  holat  bozor 

munosabatlariga  o’tish  kuchli  ijtimoiy  siyosat  bilan  amalga  oshirilishini  taqozo 

etardi. 

O’zbekistonda  bozor  sharoitida  ijtimoiy  siyosat  asosan  ikki  yo’nalishda 

amalga oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot. 

Ijtimoiy  himoya  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish  davrida  aholini  ijtimoiy 

va moddiy muhofaza qilish va milliy xo’jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, 

ijtimoiy  chora-tadbirlar  majmui  bo’lib,  xususan,  aholining  yoshi,  salomatligi, 

ijtimoiy  xolati  hamda  xayot  kechirishning  zarur  vositalariga  ega  bo’lmaganligi 

sababli yordamga muxtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va jamg’armalari 

tomonidan ko’rsatiladigan yordamdir. 

Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib 

borish,  kashshokdanishning  oldini  olish,  aholi  turli  kaglamlari  o’rtasidagi  ta’lim 

olish,  madaniyat  va  san’at  yutuklaridan  bahramand  bo’lish,  kasb  malakasini 

oshirish  va  daromadlarni  ta’minlashdagi  tafovutlarni  kamaytirish,  inson 

tarakkiyotining uzluksizligini ta’minlashdan iborat. 

Ijtimoiy  himoyaning  asosiy  shakllari  erkin  ijtimoiy-iqtisodiy  faoliyatni 

ta’minlash,  ish  bilan  bandlik,  o’qish  va  ta’lim  olish,  daromadlarni  kafolatlash, 

iste’molchilar  huquqlarining  himoyasi  va  iste’mol  kafolatini  ta’minlash,  aholiga 

tibbiy xizmat ko’rsatish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga turli imtiyozlar 

va to’lovlar joriy etish kabilarni o’z ichiga oladi. 

Islohotlarning  dastlabki  yillarida  ijtimoiy  himoyaning  huquqiy  asoslari 

yaratilib,  asosiy  tamoyillari  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasida  belgilab 

berildi. 

Yangi  ish  joylarini  yaratish  dasturlari,  inflyasiyaning  oldini  olish  chora-

tadbirlari, kichik va xususiy biznesning erkin faoliyati uchun yaratilayotgan shart-

sharoitlar,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  tadbirlari,  Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturining  hayotga  tatbiq  etilishi,  fuqarolar  o’zini  o’zi  boshqarishning  mahalla 

                                                 

46

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 147-бет 



 


36 

 

tizimini  rivojlantirish, eng  kam  ish  haqi miqdorining, davlat sektoridagi ishchi  va 



xizmatchilar  ish  haqining  oshirib  borilishi  ijtimoiy  himoya  tizimining  tarkibiy 

qismlariga aylandi. 

Ijtimoiy himoya tizimi keyingi yillarda yanada takomillashtirilib, aholini yalpi 

ijtimoiy  himoya  qilish  tizimidan  uning  manzilli  va  maqsadli  tizimiga  o’tildi.  Bu 

tizimda mahallalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mahalla tizimi orqali kam 

ta’minlangan  oilalar  va  ko’p  bolali  oilalar  hisobidan  yuz  minglab  oilalar  moddiy 

yordam olmoqda. 

Mamlakatimizda  ijtimoiy  himoyaning  milliy  dastur  darajasiga  olib  chiqilishi 

bu tizimning muayyan yo’nalishlariga har yili ustuvorlik berilishida ham ko’rinadi. 

Ayollar,  bolalar,  qariyalar,  ko’p  bolali  oilalar,  sog’lom  va  barkamol  avlodni 

voyaga yetkazish maqsadlarida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  aholisini  ijtimoiy  himoya  qilishning  yangi 

konsepsiyasi  ishlab  chiqildi.  Unda  ijtimoiy  himoya  va  ijtimoiy  yordam,  nafaqa 

ta’minoti,  bolalarga  nafaqa  to’lash,  yolg’iz  keksalarga  xizmat  ko’rsatish. 

nogironlarni  tibbiy  anjomlar  va  dori-darmonlar  bilan  ta’minlash,  ishsizlarni  ishga 

joylashtirish  va  moddiy  yordam  ko’rsatish  shaklida  amalga  oshirilishi  nazarda 

tutilgan. 

O’zbekistonda  ijtimoiy  siyosatning  muhim  yo’nalishlaridan  biri  davlat 

tomonidan,  xususan,  byudjet  mablag’lari  hisobidan  keksaygan,  mehnatga 

layoqatsiz,  boquvchisini  yo’qotganlarga  moddiy,  tibbiy  va  ijtimoiy  yordam 

ko’rsatishdan  iboratdir.  Bu  davlat  ijtimoiy  ta’minoti  tizimi  bo’lib,  o’z  ichiga 

ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi. 

Ijtimoiy  ta’minot  bevosita  davlat  va  mahalliy  byudjetlardan  ajratiladigan 

mablag’lar,  homiylar  va  boshqa  manbalarning  mablag’lari  hisobidan  amalga 

oshirilib, uning miqdori, tarkibi, yordam ko’rsatish tartibi va yo’nalishlari qonunan 

belgilangan, an’analarga asoslangan va xalqaro tajribada sinalgan tartib-qoidalarga 

ko’ra shakllantirilgan. 

Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha nafaqalar hamda 

nogiron  bolalarga,  bolalikdan  nogironlarga,  ishlamagan  yolg’iz  nogironlar  va 

keksalarga belgilangan ijtimoiy to’lovlar ijtimoiy ta’minotning asosiy shakllaridir. 

Qariya  va  nogironlarga  ijtimoiy  xizmatlar  ko’rsatish.  muxtojlarni  tibbiy 

anjomlar bilan ta’minlash, nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish, sanatoriy va 

dam  olish  uylariga  imtiyozli  yo’llanmalar  joriy  etish,  jamoat  transportida  yurish 

imtiyozlari berish, turarjoy, soliq va maishiy xizmatlarning imtiyozli shakllarini jo-

riy  etish  kabilar  respublikamizda  ijtimoiy  ta’minotning  keng  tarqalgan  shakllari 

hisoblanadi. 

Ijtimoiy  ta’minotning  huquqiy  asoslari,  muhim  tamoyillari  1993  yilda  qabul 

qilingan O’zbekiston Respublikasi ning «Fuqarolarning davlat pensiyasi ta’minoti 

to’g’risida»gi  qonunida  ifodalangan.  Ushbu  hujjatga  ko’ra  nafaqalar  miqdori 

mehnat  staji  va  ish  haqiga  uzviy  bog’liq.  Bugungi  kunda  1,3  millionga  yaqin 

pensioner va nogiron 18 turdagi imtiyozdan foydalanmokda. 



37 

 

Mustaqillik  yillarida  davlat  ijtimoiy  ta’minot  turlari  ortib  borayotir.  Bu,  o’z 



navbatida,  iqtisodiyotning  jadal  rivojlanishini  va  shunga  muvofiq  davlat  byudjeti 

daromadlarini oshirib borilishini taqozo etadi. 

Ijtimoiy  himoya  va  ijtimoiy  ta’minot  tizimini  takomillashtirish va  bu  sohada 

davlat  boshqaruvini oqilona  tashkil  etish maqsadida  tashkiliy-ma’muriy  islohotlar 

ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat 

va  notijorat  ijtimoiy  jamg’armalar  tashkil  etildi.  2001  yil  Mehnat  vazirligi  va 

Ijtimoiy  ta’minot  vazirligi  birlashtirilib,  ularning  nsgizida  O’zbekiston 

Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  shakllantirildi. 

Joylarda  davlatning  ijtimoiy  ta’minot  siyosatini  yuritishda  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi,  viloyatlar  va 

Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, tuman 

va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlari, «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, Urush va 

mehnat  faxriylari  respublika  pansionati,  sanatoriylar,  Nogironlarni  tibbiy-ijtimoiy 

va kasb bo’yicha sog’lomlashtirish milliy markazi, tibbiy-ekspertiza komissiyalari. 

nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari faoliyati yo’lga qo’yildi. 

O’zbekistonda  aholini  ijtimoiy  himoyalashda  davlat  bilan  bir  qatorda  bir 

qancha  ijtimoiy  jamg’arma  va  tashkilotlar  ham  samarali  faoliyat  olib  bormoqda. 

Ijtimoiy  jamg’armalar  (fuqarolar  yoki  yuridik  shaxslar  tomonidan  ixtiyoriy 

ravishda mulkiy ulush qo’shish orqali shakllantirilgan tashkilotlar bo’lib, ularning 

asosiy  maqsadi  xayriya,  ijtimoiy,  madaniy  va  ma’rifiy  faoliyat  yuritish  orqali 

jamiyat ijtimoiy tarakdiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir. Mamlakatimizda qonun 

doirasida  faoliyat  yuritayotgan,  adliya  vazirligidan  ruyxatdan  o’tgan  ijtimoiy 

jamg’armalar  soni  ellikdan  oshadi.  Ijtimoiy  jamg’armalar  o’z  faoliyatlari  orqali 

ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta’minlashga samarali ta’sir ko’rsatadi. 

Ammo  ijtimoiy  himoyalash  aholining  kam  ta’minlangan  qatlamlari 

hisoblanadigan  -  bolalarni,  nafaqadorlarni,  nogironlarni,  talaba  va  o’quvchilarni 

moddiy  qo’llab-quvvatlashdangina  iborat  emas.  Kuchli  ijtimoiy  siyosat  mehnat 

bozori  va  bandliq  aholi  turmush  darajasi,  aholi  daromadlari  va  harajatlarida  ham 

o’z aksini topali. 

Ma’lumki.  o’tish  davrida  ishsizlar  sonining  ortishi,  ishchi  kuchi  tarmoq 

tarkibining  o’zgarishi,  ishchi  kuchi  eksportining  kuchayishi,  ishchi  kuchidan 

foydalanish  samaradorligining  pasayishi,  mehnat  resurslaridan  foydalanishda 

hududiy  tafovutlarning  ortishi,  yashirin  ishsizlikning  ko’payishi  kabi  salbiy 

xolatlar paydo bo’ladi. Bu - tabiiy hol. Bunday holatlarning oldini olish yoki ularni 

yumshatish  maqsadida  O’zbekistonda  mehnat  bozorini  rivojlantirish  va  uni 

boshqarishni  takomillashtirish  hamda  samarali  bandlik  siyosatini  amalga 

oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlatning bandlikni ta’minlashga oid siyosati 

mehnat resurslaridan okilona foydalanish va ishsizlikning oldini olishga doyr izchil 

sa’y-harakatlarda  ham  o’z  ifodasini  topdi.  Chunki  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

to’liq  bandlik  emas,  balki  samarali  bandlikka  erishish  muhim  ahamiyatga  ega. 

Aytayliq iqtisodiy faol aholi tulik ish bilan ta’minlaydi. Lekin ular samarali yoki 

ijtimoiy  foydali  mehnat  bilan  shug’ullanmasa,  bunday  bandlik  mehnat 

unumdorligini oshirishga olib kelmaydi va undan jamiyatga naf tegmaydi. 



38 

 

Samarali  bandlikni  ta’minlash  va  mehnat  resurslaridan  foydalanishning 



ahamiyati,  ayniqsa  modernizasiyalash,  innovasion  texnologiyalarga  o’tish 

jarayonida ruyi-rost ko’zga tashlanadi. Bu, o’z navbatida, qo’l kuchiga asoslangan 

mehnatdan  mexanizasiyalashgan  va  avtomatlashgan  mehnatga  o’tishni,  ishlab 

chiqarish  jarayonlarini  intensivlashtirishni,  iqtisodiy  faol  aholini  korxonalar, 

tarmoqlar  va  xuludlar  o’rtasida  maqsadga  muvofik  qayta  taksimlashni,  ish  bilan 

band aholi tarkibida malakali kadrlar ulushini oshirishni taqozo etadi. 

Aholini  ijtimoiy  himoyalashning  bosh  maqsadi  mamlakat  aholisining 

manfaatlarini muhofaza qilish, turmush darajasini oshirish, samarali mehnati uchun 

zarur  sharoit  yaratish,  ijtimoiy  barqarorlikni  ta’minlashdan  iborat.  Bu  maqsadga 

aholi 


daromadlarini 

uzluksiz 

oshirib 

borish 


va 

daromadlar 

tarkibini 

takomillashtirish orqali erishish mumkin. 

Misol uchun, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha yalpi ichki mahsulot 

(xarid  qobilyati  pariteti  bo’yicha)  1990  yilda  1328  AQSh  dollarini  tashkil  etgan 

bo’lsa,  2010  yilda  3271  AQSh  dollariga  teng  bo’ldi,  ya’ni  2,5  barobar  oshdi

47



I q t i sodiyotda band bo’lgan har bir kishiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot 

hajmi  ham  sanoat  tarmoqlarida  band  bo’lgan  har  bir  xodimga  to’g’ri  keladigan 

yalpi sanoat mahsuloti miqdori ham ana shunday yuksalishda o’z ifodasini topdi. 

Natijada  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan  o’rtacha  daromadlar  (harid 

qobilyati  pariteti  bo’yicha)  2010  yil  oxiriga  kelib  2016,8  AQSh  dollarini  tashkil 

etdi.  O’tgan  20  yil  ichida  o’rtacha  oylik  ish  haqi  mikdori  (AQSh  dollari 

ekvivalentida) 2,7 barobar, o’rtacha pensiya hajmi esa 5,9 barobar oshdi. 

O’tgan 20 yil ichida aholi yalpi daromallari 8,6 barobar oshib, uning tarkibida 

yangi  daromad  turi  -  mulkdan,  tadbirkorlik  faoliyatidan  keladigan  daromadlar 

ulushi  10,6  foizdan  47,0  foizga  ko’paydi.  Aholi  yalpi  daromadlarida  oylik  ish 

haqining ulushi 30-32% darajasida barqaror saklanib turibdi. 

Shuning  barobarida  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keladigai  pullik  xizmatlar 

miqdori  1992  yilga  nisbatan  2,2,  maishiy  xizmatlar  8.3,  makana  tovar  aylanmasi 

4,3 barobar oshdi. 

Bu davr ichida aholi iste’moli tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. 

1990-2010  yillarda  aholi  yalpi  harajatlari  tarkibida  iste’mol,  solikdar  va  boshqa 

tulovlarning hissasi kamaygan bo’lsa, pul omonatlari va jamg’armalari ulushi usdi. 

Jami  iste’mol  harajatlari  ichida  oziq-ovqat  mahsulotlariga  ketadigan  harajatlar 

qariyb 10 punktga pasayib, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar uchun tulovlar 

ulushi oshdi. Umuman olganda, bu progrsssiv tendensiya hisoblansada, biroq hali 

uni  maqsadga  muvofiq,  deb  bo’lmaydi.  Hali  yalpi  harajatlar  tarkibida  iste’molga 

ketadigan  harajatlar  ulushi  katta.  Jami  iste’mol  harajatlari  tarkibida  oziq-ovqat 

mahsulotlariga  sarflanadigan  harajatlarning  ulushi  50  foizga  yakin.  Shunga  mos 

ravishda,  uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarlarga  (televizor,  muzlatkich, 

kompyuter,  kir  yuvish  mashinasi.  yengil  avtomobil)  va  xizmatlarga  (dam  olish, 

sayoxatga chiqish) ketadigan harajatlar ulushi hali ancha past. 2010 yilda har 100 

                                                 

47

  Аҳолини  ижтимоий  ҳимоялашга  оид  рақамлар  -Ўзбекистон  Республикаси  иқтисодий-ижтимоий 



тараққиѐтининг  мустакиллик  йилларидаги  (1990-2010  йиллар)  асосий  тенденция  ва  кўрсаткичлари  ҳамда 

2011-2015  йилларга  мўлжалланган  прогнозлари»  Статистик  тўплами  буйича  келтирилди.  Т.,  2011,  73-96-

бетлар.

 



39 

 

xonadonga 132 televizor, 99 muzlatkich, 18,5 kondisioner, 37 elektr changyutgich, 



12 kompyuter, 75 kir yuvish mashinasi, 27,1 avtomobil, 145 mobil aloqa vositalari 

to’g’ri keldi. 

O’tgan davr ichida aholi jon boshiga asosiy iste’mol mahsulotlari ni iste’mol 

qilish ham (non va non mahsulotlaridan tashqari) sezilarli darajada o’sdi. Go’sht va 

go’sht mahsulotlari iste’moli - 22,6, sut mahsulotlari - 30,3, tuxum - 42,3, sabzavot 

va  poliz  -  122,1,  kartoshka  -  55,2,  usimlik  yogi  va  boshqa  moylar  -  3,2,  shakar  - 

37,5 va meva, jumladan uzum 260 foiz oshdi. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga 

o’tish  kuchli  ijtimoiy  siyosatga  asoslanadi.  Xalqimiz  bu  yo’lni  o’z  yo’lboshchisi 

rahnamoligida  mustaqillikning  va  bozor  islohotlariga  o’tib  milliy  iqtisodiyotni 

barpo  etishning  birinchi  kunlaridan  tanladi.  Ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor 

iqtisodiyoti  sifatila  tan  olingan  nemis,  shved  modellari  esa  3-4  asrlik  evolyusion 

rivojlanish hamda sosial-demokratik kasaba uyushmalari va ishchilar harakatining 

qattiq ta’siri natijasida shakllangan edi. 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin