O'zbekiston respublikasi


Davlatning  bosh  islohotchiligi:  davlat  iqtisodiy  o’zgarishlarning



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#45967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

Davlatning  bosh  islohotchiligi:  davlat  iqtisodiy  o’zgarishlarning 

tashabbuskori va bosh islohotchisidir. 

O’zbekistonda  bozor  munosabatlariga  o’tishda  davlat  bosh  islohotchi, 

iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi. 

«Bozor  munosabatlariga  o’tish  davrida  davlat  bosh  islohotchi  bo’lishi. 

iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib, 

uni  izchillik  bilan  amalga  oshirishi  zarur»

32

,  -  deb  ta’kidlaydi  O’zbekistan 



Prezidenti Islom Karimov. 

Nima  uchun  bu  o’ta  mas’uliyatli  tarixiy  vazifa  aynan  davlatning  zimmasiga 

yuklatildi?  Chunki  mustaqil  milliy  iqtisodiyotni  barpo  etish  va  ayni  paytda  bozor 

munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq 

kuch, tizim yo’q edi. Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir 

xil,  boshlang’ich  darajada  bo’lgan.  Bozor  islohotlarining  takdirini,  ayrim 

davlatlarda  bo’lgani  kabi,  davlat  korporasiyalari  qo’liga  topshirib  qo’yib  ham 

bo’lmasdi. 

Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga 

o’tishning  «shok  terapiyasidan»  farqli  o’laroq,  bosqisma-bosqich  amalga 

oshiriladigan ijtimoiy yo’naltirilgan modeli tanlandi. Bunday sharoitda aholining, 

ayniqsa uning kam ta’minlangan qismi manfaatlarini qayta taqsimlash mexanizmi 

orqali  faqat  davlatgina  himoya  qila  olishi  mumkin.  Shu  bois  davlatning  kuch-

qudratidan,  boy  imkoniyatlaridan  foydalanmaslik  keyinchalik  to’g’rilab  bo’lmas 

xatolarga  olib  kelishi  tayin  edi.  Prezidentimiz  tomonidan  ushbu  yo’l  yagona  va 

to’g’ri  yo’l  deb  tanlandi.  Davlat  bizda  azaldan  qudratli  kuch,  boshqarish  vositasi 

bo’lib  kelgan.  Islohotlardan  oldin  barcha  mulk  obyektlarining  90  foizdan 

ziyodrog’i  davlat  tasarrufida  edi.  Qayd  etish  lozimki,  barcha  mamlakatlarda 

iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari va tarkibiy 

tuzilmalarining o’rni bor. Buni hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi 

boshqara  oladigan  tizim,  munosabatlar  silsilasi.  Bunday  sharoitda  davlatning 

iqtisodiyotga  aralashuvi  yoki  iqtisodiyotning  davlat  tomonidan  tartibga  solinishi 

qanday nisbatda, darajada bo’lishi kerak? Buning aniq bir mezoni yoki ko’rsatkichi 

bormi? Bu - juda nozik masala. 

O’tgan  asr  davomida  jahon  iqtisodiyoti  rivojlanishining  turli  bosqichlarida 

ba’zan  bozor  qonuniyatlari,  ba’zan  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish 

usullari  ustuvorlik  qilib  keldi.  1940-70  yillarda  iqtisodiy  jarayonlarыi  boshqarish 

va  tartibga  solishda  davlatning  rolini  kuchaytirish  konsepsiyasi  ustunlik  qilgan 

bo’lsa,  1980-90-yillarda  iqtisodiyotni  bozor  tomonidan  tartibga  solishning 

cheklanmagan  imkoniyatlari  konsepsiyasini  ilgari  suruvchi  monetarizm  va  neo-

liberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi. 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin