O'zbekiston respublikasi


-jadval  Iqtisodiyot tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#45967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

1-jadval 

Iqtisodiyot tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi

27

 (%hisobida) 

Iqtisodiyot tarmoqlari 

1990 yil 

2000 yil 

2010 yil 

Sanoat 


17,6 

14,2 


24,0 

Qishloq xo’jaligi 

33,4 

30,1 


17,5 

Qurilish 

5,8 

7,7 


12,4 

Savdo 


4,5 

10,8 


9,0 

Boshqalar 

22,2 

18,7 


23,7 

Sof soliqlar 

11,3 

12,5 


7.0 

Jami 

100,0 

100,0 

100,0 

 

Mahalliy  sanoatni  rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilgan  izchil  va 



tizimli  chora-tadbirlar  samarasida  o’tgan  20  yil  mobaynida  mamlakatimiz 

yalpi  ichki  mahsuloti  tarkibida  sanoatning  ulushi  17,6  foizdan  24,0 

foizgacha  ko’tarildi.  Kishloq  xo’jaligining  ulushi  esa  qariyb  2  barobar 

kamaydi. Boshqa tarmoqlarda ham xuddi shunday sifat o’zgarishlari amalga 

oshirildi. 

Istiqlol yillarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 3 

barobar,  uning  o’tmishda  juda  zaif  rivojlangan  mashinasozlik  va  metallga 

ishlov  berish  tarmog’i  esa  11,6  barobar  o’sdi.  Bu  umumiy  sanoat 

ko’rsatkichidan  qariyb  4  barobar  ko’pdir.  Bunday  ulkan  yuksalishga 

mamlakatimizda  avtomobilsozliq  neft-gaz  mashinasozligi,  temir  yo’l 

mashinasozligi  kabi  nisbatan  yangi  va  zamonaviy  sohalarni  barpo  etish  va 

jadal rivojlantirish orqali erishilganini alohida ta’kidlash darkor. 

Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asos solingan 

mamlakatimiz  uchun  butunlay  yangi  tarmoq  —  avtomobil  sanoati  sohasida 

hozir 18 mingdan ortiq kishi ish bilan bandligi alohida ta’kidlash o’rinlidir. 

Ma’lumotlarga  ko’ra,  «O’zavtosanoat»  kompaniyasi  tizimiga  kiruvchi 

korxonalarda  2011  yilning  o’zida  1,4  mingdan  ziyod  yangi  ish  o’rni 

yaratilgai.  Investisiya  dasturi  doirasida  mashinasozlarimiz  avtomobillar 

uchun zarur ko’plab detallarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish ustida ish olib 

                                                 

26

  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  И.А.Каримовнинг  2012  йилда  мамлакатимизни  ижтимоий-



иқтисодий  ривожлантириш  якунлари  ва  2013  йилга  мўлжалланган  энг  муҳим  устувор  йўналишларига 

бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз 

тараққиѐтини юксалтириш,  халқимиз  фаровонлигини оширишга хизмат  қилади» мавзусидаги маърузасини 

ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 39-42 бетлар 

27

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.108-бет  




20 

 

bormoqda.  O’tgan  yillar  davomida  bu  borada  ulkan  yutuqlarga  erishildi. 



Bamperlar.  avtoemallar,  germetiklarsanoat  bo’yoqlari,  tutun  chiqargichlar. 

yonilg’i  baqlari,  yoqilg’i  nasoslari,  avtomobil  oynalari  va  o’rindiqdari, 

akkumulyatorlar,  elektr  o’tkazgichlar  uchun  jgutlar,  avtomobil  salonining 

ichki  qoplash  qismlari,  tashqi  yoritish  vositalari,  yonilg’i  moyi  va  havo 

filtrlari,  kapsulalangan  oynalar,  generatorlar  va  kompressorlar,  g’ildirak 

disklari  va  shassi  uzellari  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  faoliyat 

ko’rsatmoqda. 

Mamdakatimizda 

tarkibiy 

qayta 


qurish, 

mulk 


munosabatlarini 

takomillashtirish 

davlat 

tasarrufidan 

chiqarish 

va 


xususiylashtirish 

mexanizmlari  orqali  amalga  oshirildi.  Bu  ko’p  ukladli  aralash  ijtimoiy 

yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishning  muhim  shartlaridan 

biridir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy yuksalishning muhim 

omillaridan  biriga  aylandi.  Statistik  ma’lumotlarga  ko’ra    2010  yilda 

mamlakatimiz  aholisining  har  ming  nafariga  15,2  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  subyekti  to’g’ri  kelgan.  Bu  ko’rsatkich  Moldovada  -  12,3, 

Qozog’istonda  -  6,9,  Rossiyada  -  11,3,  Ukrainada  -  7,5,  Belarusda  -  7,3, 

Ozarbayjonda  -  1,6  tani  tashkil  etdi.  Kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlikning  rivojlanish  sur’atlari,  milliy  iqtisodiyotimizdagi  muhim 

o’rni  va  salmog’i  naqadar  tez  usayotganligini  quyidagi  2-jadvaldan  ham 

bilsa bo’ladi.

28

 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin