O'zbekiston respublikasi


Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#45967
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. 

Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish o’zbek modelining yana bir 

muhim  tamoyilidir.  Bu  tamoyil  bozor  munosabatlari  va  milliy  iqtisodiyotni  karor 

toptirish va rivojlantirishning tadrijiy nuli bo’lib, «shok terapiyasini» inkor etadi, 

mamlakatimizning rivojlanishga oid tarixiy tajribasidan, bozor tizimining huquqiy 

asosi  va  infratuzilmasi  darajasidan  hamda  xalqimizning  kddriyatlaridan  kelib 

chiqali.  Umuman  olganda,  inkiloblar.  keskin  sakrashlar  iqtisodiyotga  moye  sa’y-

harakatlar emas. «Bir tizimdan ikkinchisiga o’tish asta-sekin evolyusion ravishda 

bo’lishi  muxi  mdir,  -  deb  yozadi  Prezidentimiz  Islom  Karimov.  -  Iqtisodiy 

islohotlar  mamlakatni  maqsad  sari  asta-sekin,  qadam-baqadam  ilgarilab  borishi, 

bozor munosabatlarining ayrim jixdtlarini va umuman butun tizimini giakllantirishi 

lozim».


48 

Darhaqiqat,  O’zbekistonda  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimidan  boshqaruvning 

bozor  tizimiga  o’tishda  o’zbeklarning  «Yangi  uy  qurmay,  eskisini  buzmang  - 

boshpanasiz  qolasiz»  hikmatida  aytilganidek,  tadrijiy,  izchil  yo’l  tanlandi.  Bozor 

munosabatlariga  o’tish  boshlangan  davrdagi  iqtisodiy  vaziyat,  xalqning  turmush, 

tafakkur  darajasi  ham  shuni  taqozo  etardi.  Bo’larning  barchasi  uchun  vaqt  va 

imkoniyat  zarur  edi.  Bu  borada  eng  avvalo,  islohotlar  strategiyasini,  birinchi 

navbatda, amalga oshiriladigan yo’nalishlarni belgilab olish muhim ahamiyat kasb 

etadi. 

O’zbekistonda  ko’p  ukladli  aralash  iqtisodiyotni  barpo  etish  mamlakat 

xo’jaligining  mavjud  holati  va  imkoniyatlari,  aholining  mentaliteti,  psixologiyasi 

va  qadriyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  amalga  oshirildi.  Shuning  uchun  ham 

mamlakatimizla  bozor  munosabatlariga  o’tish  jarayoni  MDH  mamlakatlari 

amaliyotidan  keskin  farq  qildi  va  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’ldi.  Mulkni 

davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bir qatorda barcha bozorga 

o’tish  jarayonlari,  raqobat  muhitini  yaratish,  bozor  infratuzilmasi  tizimini 

                                                 

48

 Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 315-бет. 




40 

 

shakllantirish va rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish ham bosqisma-



bosqich amalga oshirildi. 

Bularning  hammasi  bosh  masaladan  -  mulk  munosabatlarini  tubdan  isloh 

qilish jarayonidan boshlandi, albatta. Davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan 

chiqarish  va  xususiylashtirishning  1992-1993  yillarni  o’z  ichiga  olgan  dastlabki 

bosqichi davlat uy-joy  fondi, savdo va xizmat  ko’rsatish  shoxobchalari, mahalliy, 

yengil  va  oziq-ovqat  sanoati,  avtomobil  transporta,  qurilish  sohasidagi  mayda 

korxonalarni 

xususiylashtirishlar 

boshlandi. 

Agrar 


sohaning 

mamlakat 

iqtisodiyotidagi  o’rni  va  ahamiyatiii  e’tiborga  olib,  qishloq  xo’jaligida  islohotlar 

jadal sur’atlarda olib borildi. Natijada, ilgari davlat mulki obyekta hisoblangan uy-

joy  fondi,  mayda  korxonalar  xususiy  va  jamoa  mulkiga  aylantirildi. 

Xususiylashtirishning bepul va imtiyozli shakllari keng qo’llanildi. 

Ikkinchi  bosqichda  -  1994-1995  yillarda  yalpi  xususiylashtirish  amalga 

oshirildi.  Bu  davrda  davlat  nazorati  shart  bo’lmagan  yengil,  mashinasozliq 

ko’rilish materiallari sanoatiga tegishli o’rta va yirik korxonalar xususiylashtirildi. 

Davlat dasturiga ko’ra, ikkinchi bosqichda tarmoq va mintaka ahamiyatidagi 

50  mingdan  ortik  obyektni  xususiylashtirish  ko’zda  tutildi.  Ushbu  davrda  kichik 

korxonalar  xususiy  mulk  shaklini  olgan  bo’lsa,  o’rta  va  yirik  korxonalar  ochiq 

turdagi 

aksionerlik 

jamiyatlariga 

aylantirildi. 

Aksionerlik 

korxonalari 

aksiyalarining  paketlari  turt  qismga  ajratilib,  mehnat  jamoasiga  25  foiz,  davlat 

ixtiyorida 25 foiz, erkin savdoga 30 foizi, turdosh korxonalarga 10 foiz va chet el 

investorlariga  10  foiz  nisbatlarida  sotildi.  Shuningdeq  qisqa  davrda  70  mingdan 

ortiq kichik korxona tashkil etildi va ro’yxatga olindi. Mulkdorlar qatlami yanada 

kengayib, ular safiga xususiylashtirilgan korxonalarning 2 milliondan ortiq aksiya, 

ulush  va  pay  egalari,  3  millionga  yaqin  shaxsiy  tomorqa  xo’jaliklari  egalari,  85 

mingga  yaqin  xususiy  va  kichik  korxonalar  egalari  va  14  ming  ko’chmas  mulk 

egalari qo’shildi. 

Uchinchi bosqichda, ya’ni 1996-1998 yillarda nazorat paketlari davlat mulki 

shaklida  saqlanib  qolayotgan  yirik  korxona  va  tarmoqlarni  isloh  qilish 

rejalashtirildi.  Mazkur  bosqichda  Oliy  Majlis  va  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

xususiylashtirish  jarayoniga  jalb  etilmaydigan  obyektlarning  ruyxati  belgilaydi. 

Ularga  suvdan  foydalanish  obyektlari,  meliorasiya  tarmoqlari,  muzeylar, 

sanepidstansiyalar,  strategik  va  harbiy  ahamiyatdagi  obyektlar,  nobyudjet 

jamg’armalari  kiritildi.  Ushbu  ruyxatdan  o’rin  olmagan  barcha  korxona  va 

obyektlarni xususiylashtirishga qaror qilindi. 

To’rtinchi  bosqichda  (1998  yilning  oxiridan)  xususiylashtirishdan  tushgan 

mablag’larni davlat byudjetiga safarbar etish, xususiylashtirilayotgan korxonalarga 

xorijiy  investisiyalarni  jalb  qilish,  boshqaruvning  samaradorligini  oshirish  va 

yangicha mulk munosabatlarining to’liq amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish 

asosiy  vazifalar  sifatida  belgilaydi.  Natijada,  mamlakat  iqtisodiyotida  muhim 

ahamiyatga  ega  bo’lgan  yirik  industriya  gigantlari,  yoqilg’i-energetika,  kimyo  va 

mashinasozlik  majmualarining  yordamchi  korxonalarini  yirik  xorijiy  investorlarni 

jalb  qilish  asosida  xususiylashtirish  jarayonlari  davom  ettirildi.  Xususiylashtirish 




41 

 

jarayonidan tushgan mablag’lar 2002 yilda 43,6 milliard so’mni, 2003 yilda 56,1 



milliard so’mni va 2004 yilda 78,4 milliard so’mni tashkil etdi. 

Xorijiy investorlarga sotilgan korxonalardan tushgan mablag’ 2004 yilda 24,3 

million  AQSh  dollarini  tashkil  etdi.  Bu  2003  yilga  nisbatan  49,8  foiz  ko’pdir. 

Bundan  tashqari  xorijiy  investorlarga  sotilgan  17  ta  davlat  aktivlari  bo’yicha 

korxonalarni  rivojlantirish  maqsadlarida  yangi  mulk  egalari  tomonidan  24,7 

million AQSh dollari miqdorida investisiyalar kiritish majburiyatlari ham olindi. 

1992-2004  yillar  davomida  bosqisma-bosqich  olib  borilgan  mulkni  davlat 

tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  jarayonlarida  umumiy  hisobda  130 

mingga  yakin  yuridik  shaxe  mulk  va  xo’jalik  yuritish  shakllarini  o’zgartirdi. 

Jumladan,  77  mingdan  ortiq  yuridik  maqomdagi  korxona  bazasida  50  mingdan 

ortik turli mulk shaklidagi korxonalar yaratildi. 2004 yilda birja, kim oshdi savdosi 

va  tanlov  orqali  70  mingga  yakin  davlat  mulki  obyektlari  mulk  huquqlari  aksiya 

paketlari ko’rinishida sotildi. 

1992-1993  yillar  davomida  davlat  mulkida  bo’lgan  obyektlarning  70  foizi 

davlat  tasarrufidan  chiqarilgan  va  xususiylashtirilgan  bo’lsa,  islohotlarning 

mantiqiy  rivojiga  ko’ra,  keyingi  yillarda  xususiylashtirish  jarayoniga  jalb 

qilinmagan korxonalar soni muttasil kamayib bordi. Jumladan, 1994-1995 yillarda 

ularning  ulushi  24  foizni,  1996-1998  yillarda  5  foizni  va  1999-  2004  yillarda  1 

foizdan ham kam bo’ldi. Natijada nodavlat sektorining tashkiliy-iqtisodiy jixatdan 

iqtisodiyotdagi ulushi 2004 yilga kelib 90 foizdan oshdi."

49 

Islohotlar mulkiy  masalalar to’g’ri xal etilib, davlat tasarrufidan chiqarish va 



xususiylashtirish uzluksiz amalga oshirilgan, ko’p ukladli iqtisodiyot barpo etilgan 

taxdirdagina  o’zining  salmokdi  natijalarini  beradi.  Mulk  munosabatlarini  tako-

millashtirish bo’yicha hali o’tish davrining dastlabki bosqichidayok qabul qilingan 

tegishli  qonunlar,  Prezident  farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasining  karor  va 

farmoyishlari shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bu borada «O’zbekistan 

Respublikasida  mulkchilik  to’g’risida»,  «Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish  to’g’risidaii  qonunlarni  va  «Iqtisodiy  islohotlarni  yanada 

chukurlashtirish,  xususiy  mulk  manfaatlarini  himoya  qilish  va  tadbirkorlikni 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  Prezident  farmonini  eslab  o’tishning 

o’zi kifoya. 

Natijada,  mamlakat  iqtisodiyotining  barcha  tarmoqlarida  nodavlat  sektori 

jadal  sur’atlarda  rivojlana  boshladi.  Davlat  sektori  esa  iqtisodiyotda  o’zining 

monopol ahamiyatini kamaytirdi, ko’p kirrali aralash xo’jalikka keng yo’l ochilib, 

rakobat  uchun  borgan  sari  kengroq  imkoniyat  yaratildi.  Mulkiy  munosabatlarni 

rivojlantirish  moddiy  boyliklarga  egalik  qilish,  ulardan  foydalanish  va 

o’zlashtirish,  insondagi  bekiyos  qobiliyatlarni,  imkoniyatlarni  ruyobga  chiqarish 

bilan bog’liqdir. 

Kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni  (biznesni)  ragbatlantirish.  qimmatli 

qog’ozlar  boyurini  shakllantirish  isloxotlar  taklirini  hal  qiladigan  shartlardan 

                                                 

49

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 153-155 бетлар 



 


42 

 

biridir.  Bu,  birinchidan,  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  bilan 



bevosita  bog’liq  masala  bo’lib,  jamiyatning  ijgimoiy  va  iqtisodiy  negizini 

mustaxkamlashga  xizmat  qiladi,  mulkdorlar  sinfini  shakllantirishыing  va  ichki 

bozorni  iste’mol  mollari  va  xizmatlari  bilan  ta’minlashning  muhim  omili 

hisoblanadi. 

O’zbekistonda qisqa vaqt davomida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishning 

huquqiy shart-sharoitlari va tashkiliy asoslari yaratildi. Tovar ishlab chiqaruvchilar 

va  tadbirkorlar  palatasi,  O’rta  va  kichik  biznesni  qo’llab-quvvatlash  bo’yicha 

hukumat  komissiyasi,  «Madad»  sug’urta  agentligi,  konsalting,  injiniring,  lizing 

firma  va  kompaniyalari,  biznes-inkubatorlar  ish  boshladi.  1997  yilga  kelib 

mamlakatimizda  kichik  va  xususiy  korxonalarning  umumiy  soni  100  mingdan 

oshib  ketdi.  Qishloq  xo’jaligida  dehqon,  fermer  xo’jaliklari  tashkil  topa  boshladi. 

Ammo  kichik  va  o’rta  xususiy  tadbirkorlikka  munosabatning  rivojlanishini 

konikarli, deb hisoblash kiyin edi. Hukumat karorlarida ta’kidlanganideq bu borada 

keskin  burilish  yasash  o’z-o’zidan  kechmadi.  Ko’plab  kichik  va  xususiy 

korxonalarni  tashkil  qilish,  bu  ishga  aholi  shaxsiy  jamg’armalarini  jalb  etish,  shu 

yo’l bilan yangi ish joylarini ochish ishlari sekin bordi. Ayrim kichik va xususiy 

korxonalar,  fermer  xo’jaliklarini  moddiy-texnika  va  xom  ashyo,  uzoq  muddatli 

kreditlar  bilan  ta’minlashdagi  kiyinchiliklar,  shuningdeq  joylardagi  byurokratik 

to’siq va govlar tufayli o’z faoliyatini tuxtatgan hollar ham ko’plab uchradi. Gap 

shundaki, o’tmish sarqiti - boqimandalik psixologiyasidan qutulish oson kechmadi. 

Xususiy tadbirkorlik bilan shugullanishni ixtiyor etganlarning aksariyati uni davlat 

yoki boshqa birovning hisobidan amalga oshirishni istagani sezildi. To’g’ri, kichik 

va  o’rta  biznesni  davlat  darajasida  qo’llab-quvvatlashga  O’zbekistonda  alohida 

e’tibor  berildi  va  bu  amaliyot  xozir  ham  izchillik  bilan  amalga  oshirilmokda. 

Ammo  davlat  tomonidan qaratilayotgan  ana  shu  e’tibor,  ajratilgan  mablag’lardan 

samarali  foydalanish  lozim.  Qolaversa,  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishning 

davlat  ko’magidan  tashqari  yana  boshqa  yo’llari  ham  mavjudki.  ulardan  ham 

unumli  foydalanishni  yo’lga  qo’yish  keraq  Buning  uchun  mulk  egasi,  menejer 

tadbirkor, bilimli va mehnatsevar bo’lishi lozim. Mulk egasi bo’lish, tadbirkorlik 

oson ish emas. 

Masalan,  mulkni  kafolat  sifatida  qoldirish  hisobiga  har  qanday  tijorat 

bankidan  kredit  olish  mumkin.  Bunday  imkoniyat  bo’lmagan  hollarda 

tadbirkorlikni  moliyalashtirishning  venchur  usulidan  foydalanish  mumkin.  Bu 

vaktda  tadbirkorga  mablag’  ajratgan  bank  qarzdan  kutulgunga  qadar  firmaning 

yoki ushbu xususiy ishning egasi bo’lib turaveradi. Xorijiy kredit liniyalariga ega 

bo’lish  uchun,  avvalo,  puxta  uylangan  va  ishlab  chiqdlgan  biznes-reja  hamda 

biznes loyihalar zarur. Umuman kreditlar tizimidan foydalanish qonun-qoidalarini 

to’liq o’zlashtirmay turib, kutilgan natijalarga erishish qiyin. 

Iqtisodiy  mustaqillikka  erishish,  iqtisodiy  o’sishni  ta’minlashning  muhim 

shartlaridan biri - iqtisodiyotda tarkibiy qayta ko’rishni amalga oshirishdir. 

Sobiq ittifoq sharoitida xalq xo’jaligining amaldagi tarkibi mehnat taksimoti 

va  ixtisoslashuv  prinsiplari  asosida  shakllangan  edi.  Bu  borada  O’zbekistonning 

"cheki"ga arzon xom ashyo va yarim taiyer mahsulotlar, strategik mineral resurslar 



43 

 

yetkazib  berish  va  sanoat  markazlarida  ishlab  chiqarilgan  tayyor  mollarni 



sotishning  keng  bozori  bo’lish  tushgan  edi.  Iqtisodiyotning  bunday 

mustamlakachilikka  asoslangan  tarkibi  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  eski 

xo’jalik  aloqalari  barham  topib,  yangilari  hali  shakllanib  ulgurmagan  sharoitda 

mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. 

Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish tarkibiga mutlaqo yangi talablarni qo’ydi. 

Milliy  ishlab  chiqarishning  tarmoq  va  hududiy  tarkibini  takomillashtirmasdan 

turib,  boy  resurslardan,  mavjud  ulkan  imkoniyatlardan  maqsadga  muvofiq 

foydalanish,  vujudga  kelgan  nomutanosibliklar  va  ziddiyatlarga  barham  berish 

mumkin emasdi. 

Tarkibiy  siyosat,  eng  avvalo,  kishloq  xo’jalik  xom  ashyosi  va  mineral 

resurslarni  chukur  qayta  ishlashga,  texnologik  siklning  tugallanganlik  darajasini 

oi1irishga, 

mamlakat 

yoqilgi-energetika 

va 

oziq-ovqat 



mustaqilligini 

ta’minlashga  qaragildi.  Ilgari  tashqaridan  keltirilgan  yuzlab  turdagi  mahsulotlar 

mamlakatimizning o’zida ishlab chiqarila boshlandi. 

Mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilayotgan  yirik  qurilishlarning  geografiyasi 

ancha  kengaydi.  Bunday  izchil,  bosqisma-bosqich  va  okilona  siyosat  sanoat 

taraqqiyotida  uzoq  yillar  hukm  surib  kelgan  regional  nomutanosiblik  va 

ziddiyatlarni sezilarli darajada yumshatishda muhim omil bo’ldi. 

Tabiiyki,  iqtisodiyotning  tarkibini  takomillashtirish  bir  zarb  bilan  amalga 

oshiriladigan  ish  emas.  Bu  o’zgarishlar  muntazam  davom  etadigan  ijtimoiy-

iqtisodiy  jarayon  bo’lib,  davr  talabi  va  iqtisodiy  siyosatdan  kelib  chiqadi. 

tarmoqlqraro hamda tarmoqlar ichida tuxtovsiz kechadi. Bozor iqtisodiyoti va fan-

texnika tarakkiyoti tan oladigan tarmoqdar rivojlanib, mahsulot ishlab chiqarishda 

ularning  hissasi  oshib  boraveradi.  Aksincha,  bozor  va  tarakkiyotga  moye 

kelmaydigan sohalarning mahsulot va xizmatlarni yaratishdagi ulushi pasayib yoki 

butunlay yukolib, o’z o’rnini boshqa, ilg’or sohalarga bo’shatib beraveradi. 

Butun iqtisodiyotda ayrim tarmoq va ishlab chiqarish turlarini rivojlantirishga 

ustuvorlik  berish  va  ularni  davlat  tomonidan  har  tomonlama  qo’llab-quvvatlash 

to’g’ri  yo’l  ekanligini  xayotning  o’zi  tasdiqladi.  Ustuvor  sohalarning  turri 

belgilanishi,  nafaqat  ilgari  taqchil  hisoblangan  mahsulot  turlarini  keng  ishlab 

chiqarishni 

yo’lga 

qo’yish,  balki  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tarkibini 

takomillashtirish,  butun  iqtisodiyotni  izchil  rivojlantirish  imkonini  berdi.  Keyingi 

yillarda 

mamlakatimizda 

sanoatning 

asosiy 

tarmoqlarini 

rivojlantirishni 

jadallashtirish,  eksport  saloxiyatini  oshirish  va  chetdan  keltiriladigan  mahsulotlar 

urnini bosadigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, bozorni xalq 

iste’moli  va  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  tuldirish,  kommunikasiya  va  ishlab 

chiqarish  infratuzilmasini  rivojlantirish,  investision  faoliyatii  jadallashtirish, 

mamlakatning  eksport  imkoniyatlarini  kengaytirish,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 

kuchaytirish  kabi  chora-tadbirlar  ustuvor  yo’nalishlar  sifatida  belgilandi.  Bu  esa, 

o’z navbatida, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishni real ko’rsatkichlarda oshirish 

imkoniyatini yanada kengaytirishda muhim omil bo’ldi. 



44 

 

Islohotlardan bosh maqsad - ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini muttasil 



oshirish  asosida  xalq  farovonligini  yuksaltirishdir.  Ana  shunday  natijalar 

islohotlarga haqiqiy mazmun kasb etadi, quruq safsatabozlikdan asraydi. 

Shu  urinda  yana  bir  sifat  ko’rsatkichga  tuxtalmasdan  utib  bo’lmaydi. 

Mamlakatimizda  sanoat  mahsulotlari  tarkibida  tayyor  mahsulot  ulushi  tobora 

oshmokda.  Agar  1990  yilda  sanoat  ishlab  chiqarishining  umumiy  hajmida  tayyor 

mahsulotning  ulushi  35  foizni  tashkil  etgan  bo’lsa,  hozir  bu  raqam  70  foizdan 

oshib ketdi. 

O’zbekistonda  ishlab  chiqarish,  iqtisodiy  o’sish  uchun  mustaxkam  asos 

yaratilgani, 

iqtisodiyot 

tarkibi 

bozor 


munosabatlariga 

monand 


takomillashtirilayotgani, tayyor  mahsulot ishlab chiqarish ulushining oshayotgani, 

kapital  mablag’lar  katta  qismining  moddiy  ishlab  chiqarish  sohalarida 

o’zlashtirilayotgani,  yangi  texnika  va  texnologiya  bilan  jihozlangan  sanoat 

obyektlarining ko’rib ishga tushirilayotgani bugungi jaxonda kechayotgan bahoonli 

sharoitda  ham  xalq  farovonligini  ta’minlashda  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb 

etmoqda. 

Tabiiyki, bunday yuksalishlarga, iqtisodiy o’sishga bir kunda, bir yilda erishib 

bo’lmasdi.  Bunday  marralarga  faqat  katta  kat’iyat,  tadrijiylik,    izchillik  va 

bosqisma-bosqichlik orqaligina erishish mumkin. 

 



45 

 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin