O’zbekiston respublikаsi tа’lim, fаn vа innovаtsiyаlаr vаzirligi



Yüklə 154,7 Kb.
səhifə13/20
tarix19.06.2023
ölçüsü154,7 Kb.
#132478
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
dissertatsiya ready

I bob bo’yicha xulosalar
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, frazeologiya tilda qoʻllaniladigan iboralar va iboralar toʻplamini oʻrganuvchi tilshunoslikning boʻlimidir. Bu iboralarni har doim ham alohida soʻzlarning maʼnosiga qarab oldindan aytib boʻlmaydi va ular koʻpincha qatʼiy tuzilishga ega va maʼnosini yoʻqotmasdan oʻzgartirib boʻlmaydi. Zamonaviy tilshunoslikda frazeologiya til oʻrganish va undan foydalanishning muhim jihati hisoblanadi. Belgilangan iboralar va iboralarni o‘rganish va ulardan foydalanish o‘quvchilarga yanada samarali va ravon muloqot qilish hamda tilning nozik tomonlarini tushunishga yordam beradi, deb ishoniladi. Bundan tashqari, frazeologiya ham korpus lingvistikasining muhim tadqiqot sohasi boʻlib, u katta matnlar toʻplamini tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Turli kontekstlarda to‘plangan iboralar va iboralarning chastotasi va qo‘llanish usullarini o‘rganish orqali tilshunoslar tilning real vaziyatlarda qanday qo‘llanilishini yaxshiroq tushunishlari mumkin.
Umuman olganda, frazeologiya zamonaviy tilshunoslikda muhim rol o‘ynaydi va uni o‘rganish til o‘rganish, muloqot va foydalanish bo‘yicha qimmatli tushunchalarni berishi mumkin.

II bob: Ingliz, o’zbek, tojik tillari frazeologik birliklarining o’zaro qiyosiy tahlili

2.1 Ingliz, o'zbek, tojik tillarida ishlatiladigan frazeologizmlarning qiyosiy tahlili
Bugungi kunga kelib zamonaviy tilshunoslikda frazeologiya alohida o’ringa egadir. Bu soha keyingi paytlarda rivojlanib va buning ustida ko’plab ilmiy ishlar olib borilmoqda. Frazeologiya iboralar haqidagi bilimdir. Iboralar, so’z uyushmalari, erkin va turg’un uyushmalar bo’lib frazeologiyada ular tuzilishi va ma’no jihatdan o’rganiladi. Frazeologik birlik nutqqa daxldor bo’lgan birlik bo’lib, birdan ortiq mustaqil leksema ko’rinishidagi birikuvdan tashkil topgan obrazli ma’noviy birlik hisoblanadi: tepa sochi tikka bo’ldi, boshi osmonga yetdi; to show the right feather, to play the first fiddle.
Barcha tillardagi frazeologik birikmalar, xususan ingliz tilidagi frazeologik birikmalar ham, millatning donishmandligi ko`rsatuvchi xalq ijodi sanaladi. Ingliz tilidagi frazeologik birikmalarni kelib chiqishiga ko`ra olimlar uchta katta guruhga ajratadi:
1. Ingliz tilidagi ko`hna frazeologik birikmalar
2. Boshqa tillardan o`zlashtirilgan frazeologik birikmalar
3. Ingliz tilining amerika variantidan olingan frazeologik birikmalar
Frazeologik birliklar ingliz xalqining ko’hna odatlari, tarixiy haqiqatlari, an’analari bilan bevosita aloqador. Ko`pgina frazeologik birikmalar ingliz xalqining an`analari va e`tiqodi, Angliya tarixining biz bilgan va bilmagan tarixiy haqiqatlarini aks ettiradi. Ko`plab ingliz frazeologizmlari badiiy asarlardan, turli adabiyotlardan olingan va yozuvchilarning asarlari, bolalar she`riyati, ertaklar va karikatura kabilar ularning kelibchiqish manbasi sanaladi. Masalan ingliz yozuvchi Uillyam Shekspir ingliz lug’atini boyitishga katta hissa qo’shgan. U yaratagan frazeologizmlar Bibliyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Hozir ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz: Cakes and ale - (s.s.) pirojnoye va pivo; tashvishsiz quvonch, hayotdan zavqlanmoq. A fool`s paradise - hayoldagi baxt, hayolot dunyosi.
Give the devil his due - dushmanga tan bermoq.
The green-eyed monster - (k.u.) yashil ko`zli berahm odam; rashkchi.
Have an itching palm - poraxo`rlik qilmoq; tamagir.
Lay it on with a trowel – bo`rttirib maqtamoq, haddan tashqari maqtamoq
Not to care a fig – hammaga birdek bo`lmoq
That`s got himqilmish-qidirmish
There is a deer – ziyrak bo`ling!
I am fed up with it! – jonga tegdi! Yetadi!
To have a go – sinab ko`rmoq.
Shekspirdan tashqari yana ko’plab ingliz yozuvchilar frazeologiya lug’atini boyitishgan. Ular: Jeffri Choser, Edmond Spenser, Tomas Braun, Volter Skott va hokazo. Odatlar, an’analar va e’tiqodga aloqador frazeologizmlarming mualliflari noma’lum, ular qadimda-qadimda xalq orasida shakllanib borgan. Bunday frazeologik biriklilar xalq ijodi namunalaridir. Ular bir tildan ikkinchi tilga to’g’ridan to’gri tarjima qilinmaydi, balki o’sha tildagi ekvivalalenti olinadi. Bunga sabab har bir xalqning urf-odatlari, qadriyatlari va an’analari turlicha bo’lganligidadir. Masalan:
bite off more than one can chewnonni katta tishlamoq, kuchi yetmaydigan ishga chiranmoq, behuda urinmoq, ortiqcha chiranish bel chiqarar;
Have a bee in one`s bonnet – bo`lmag`ur fikrlar bilan boshini band qilmoq, Hold one`s head high – boshini baland tutmoq;
dance attendance on somebody – laganbardorlik qilmoq, biror kimsa uchun yugurmoq, kimningdir xizmatiga doim tayyor bo`lmoq,
also ran – musobaqaning omadsiz ishtirokchisi, omadsiz.
Musobaqalardan keyin e’lon aytilsa also ran so’zlari bilan boshlangan. Frazeologiya sohasini o’rgangan tilshunos olimlardan biri bu A. Mamatov o’zbek frazeologik birikmalarini shakllanish jihatdan o’rgangan holda 4 ta tasnifga ajratadi:
1. Shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog’liqligi jihatidan shakllangan frazeolgizmlar: ko’ngli ochiq, hafsalasi pir bo’lmoq, yerga ursa ko’kka sapchimoq va hokazo.
2. Kasb-korga bog’liqligi jihatdan shakllangan frazeolgizmlar: bo’zchining mokisidek. 3. Hayvonlarga xos obrazlar asosida shakllangan frazeologizmlar: oyog’i kuygan tovuqday, ammamning buzog’iday, to’ygan qo’zi va hokazo.
4. Dinga bog’liqligi jihatidan shakllangan frazeolgizmlar: xudo ko’tarsin, payg’ambar hassasi bilan turgan singari.
Frazeologizmlarda ham leksemalarda bo’lagani kabi sinonimlik, antonimlik, omonimlik holatlari kuzatiladi. H. Jalmonxonovning fikriga ko’ra bunday munosabat asosida frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimya vujudga keladi.
Masalan: og’zi qulog’ida va boshi osmonga yetdi frazeologik birliklari o’zaro sinonim, har ikkalasi ham quvonch va xursandchilikni bildiradi. Ko’kka ko’tarmoq va yer bilan bitta qilmoq esa o’zaro antonim birliklar sanaladi30.
To get the bit between one`s teeth - o`zini tuta olmaslik
To take the bit between one`s teeth - o`zidan ketmoq
To nip in the bud - ildizini quritmoq
To check in the bud - ildizini quritmoq
To leave no stone unturned - barcha imkoniyatlarni ishga solmoq
To move heaven and earth - qo`lidan kelganini qilmoq
Bu frazeologizmlar o’zaro sinonim hisoblanadi. Ingliz tilida ham frazeologik birliklar nutqqa tayyor shaklda olib keladi, ularni boshqa so’z almashtirib bo’lmaydi va bu nutqni yanada obrazli qilishga yordam beradi. Idiomalar ya’ni barqaroq birikmalar nutqda hamma uchun tushunarli bo’lgan va bevosita nutqda qo’llash qulay bo’lgan birikmalardir. Xuddi o’zbek tilidagidek ingliz tilida ham sinonim, antonim, omonim iboralar talaygina.
Misol uchun, “a dark house”, “sirli va black ship” o’zgalardan ajralib turadigan,sirli ma’nolarini bildiruvchi bu ikki birikmalar bir-biriga sinonim bo’la oladi. Ingliz idiomalari ham yuqoridagi kabi black ship, dark hourse kabilar hayvonlar guruhiga mansub frazeologik birliklar hisoblanadi. Frazeologik birliklar nutqni yanayam chiroyli qiladi va tilni boyitadi. Ularning kelib chiqishi, tarixi, nima asosida shakllanganligi to’g’risida ko’plab ingliz, rus, o’zbek olimlar ilmiy ishlar olib borgan. Tilshunos ingliz olimi L.Graff frazeologik birikmalar va ularning uslubiy bog’lanishidagi farqini tavsiflab bergan. Va u “breakfast” so’z ham to break fast turg’un birikmasidan kelib chiqqanini aytadi.
O’zbek tilida ham bo’lgani kabi ingliz tilida boshqa tildan kirib kelgan so’zlar, iboralar va idiomalar bir talay. Ayniqsa fransuz va lotin tillaridan ko’plab frazeogizmlar o’zlashtirilgan. Bundan tashqari yunon, ispan, italyan va yana boshqa tillardan ham kirib kelganlari mavjud. O’zlashtirilgan frazaeologik birikmalar o’zida kitobiylikni namoyon etadi. Frazeologik birkimalar ham bir necha shaklda o’zlashtiriladi: so’zma-so’z o’zlashtirish masalan, make believe- mug’ombirlik qilmoq: biroz o’zgartirish kiritgan holda, bir qismini o’zgartirib, bir qismini tarjima qilish (a propos (yoki apropos) of nothing – hech narsadan hech narsa yo`q, bekordan bekorga) kabi. O’zbek va ingliz tillarida so’zma so’z tarjima qilinadigan va bir-biriga bevosita to’g’ri keladigan frazeologizmlar ko’p uchraydi.
Masalan, “to play with fire”-o’t bilan o’ynashmoq, “first think, then speak-avval o’yla, keyin so’yla” kabi. Frazeologik birikmalarni tarjima qilishda asosiy qiyinchiliklardan biri shundaki, lug’atlarning hech biri matnda frazeologik birikmalarning rang-barangligini ko’rsata olmaydi. Maqollar ham frazeologik birikmalarga aloqador sanaladi ya’ni u ham ham frazeologik birikmalarning bir turi. Ular xuddi frazeologizmlar kabi nutqqa to’g’ridan to’gri olib kelinadi va tarjima jarayonida uning boshqa tildagi ekvivalenti olinadi.
Masalan, no pains, no gains (og`riq yo`q – yutuq yo`q), A friend in need is a friend indeed (Muhtojlikdagi do`st – haqiqiy do`st) Do`st kulfatda bilinar31.
Maqollar ham o’zaro sinonim, antonym, omonim bo’la olish xususiyatiga egadir. Maqollar bir-biri bilan sinonim bo`lishi mumkin:
Make hay while the sun shines. Strike the iron while it is hot. After rain comes sunshine – yomg’irdan so’ng quyosh chiqadi
A bird may be known by its song- qushning qandayligini sayrashidan bilish mumkin
A honey tongue, a heart of gull- tili asal, yuragi zahar
A word of spoken is past recalling-aytilgan so’z, otilgan o’q
After death the doctor- o’limdan keyin doktor, to’ydan keyin nog’ora
As you brew, so you must drink-nimani qaynatsang (damlasang) shuni ichasan.


Yüklə 154,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin