O’zbekiston respublikаsi tа’lim, fаn vа innovаtsiyаlаr vаzirligi


Frazeologik birliklarning lingvomadaniyatshunoslik fani bilan bog’liqlik jihatlari



Yüklə 154,7 Kb.
səhifə12/20
tarix19.06.2023
ölçüsü154,7 Kb.
#132478
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
dissertatsiya ready

1.4. Frazeologik birliklarning lingvomadaniyatshunoslik fani bilan bog’liqlik jihatlari
Umuman olganda, frazeologiya so’nggi yillarda tez sur’atlarda rivojlanayotgan tilshunoslik sohasiga aylandi. Frazeologik birliklarning lingvomadaniyat fani bilan aloqadorlik jihatlari haqida gapiradigan bo’lsak, har bir millat o‘zining ma’lum bir milliy an’analariga egadir. Shuningdek, har bir xalqning, millatning o‘z milliy an’analari, urf-odatlari mavjud. Har bir inson ana shu milliylikni o‘zida aks ettiruvchi muayyan madaniyat, til , tarix, adabiyotga aloqador hisoblanadi. Ma’lumki, til ijtimoiy hodisa bo‘lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o‘zaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi kabi qator va madaniyatshunoslik o‘rtasidagi alohida yo‘nalishi va predmetiga ega bo‘lgan yangi soha – lingvomadaniyatshunoslik fanining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. XX asr oxirlariga kelib esa, til va madaniyat muammosini o‘rganishni maqsad qilgan –tilshunoslikning yangi sohasi lingvomadaniyatshunoslik fani rivojlandi.25
Lingvomadaniyatshunoslik – “til va madaniyat” orasidagi aloqadorlikni, uning shakllanishi va taraqqiyotini o‘zida aks ettirgan hodisalar – til-madaniyat tushunchalarini birgalikda o‘rganadigan tilshunoslikning alohida ilmiy sohasi hisoblanadi. U madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o‘rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo‘lib, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va bog‘liqligi, bu bog‘liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi26. Bir tomondan lingvomadaniyatshunoslik fani insoniyatning madaniy til faktoridagi o‘rni, ikkinchi tomondan esa, til faktoridagi insonning o‘rniniham o‘rganadi.
Lingvomadaniyatshunoslik fanining o‘rganish obyektiga ko‘ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o‘rganish obyektiga bo‘lgan yondashuviga ko‘ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo‘lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog‘liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalarni o‘rganadi, hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o‘ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.
Hozir lingvomadaniyatshunoslik jahon, xususan, rus, o’zbek tilshunosligida eng rivojlangan yo’nalishlardan biri bo’lib, bu borada bir qancha o’quv qo’llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e’tirof etilishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A. Maslova tomonidan yaratilgan o'quv qo'llanma hisoblanadi. Ma‘lumki, frazeologizmlar lingvomadaniy jamoaning kundalikempirik, tarixiy yoki ruhiy kechinmalar tajribasini aks ettiruvchi voqelikni obrazli tasavvur etish asosida paydo bo‘ladi. Ushbu hodisani N.I. Tolstoy lo‘nda va obrazli shaklda quyidagicha tavsiflagan: frazeologizmlar «milliy madaniyat, psixologiya va falsafaning ko‘zgusidir»27.
Til va madaniyatning murakkab tabiatli o‘zaro munosabatini frazeologik birlik misolida yoritish sermahsul hisoblanadi. Birinchidan, salmoqli frazeologik birliklar milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, frazeologizmlar u yoki bu madaniy kod sifatida lingvomadaniy jamoa lisonida g‘ayrishuuriy shaklda saqlanib turadi va bu til va madaniyatning o‘zaro dialogini ta‘minlashda bog‘lovchi ko’prik vazifasini bajaruvchi madaniy konnotatsiyada iz qoldiradigan madaniy mansublikni o‘zlashtirish layoqatida aks etadi. Uchinchidan, frazeologizmlarni qayta in’ikos etish layoqati madaniy muhim imperativlarning avloddan avlodga uzatilishiga xizmat qiladi va shuning uchun ham individ ham yaxlit bir millat sifatida o‘z-o‘zini anglash shakllanishini ta‘minlaydi. Madaniy belgililikning asosiy tamoyili denotatning muayyan xalq, davlat yoki davrga mansubligi hisoblanadi. Madaniy o‘ziga xos ma‘no faqatgina ma‘lum jamiyat uchun xarakterli va tavsiflovchi hayot tarzinigina emas, qolaversa tafakkur obrazini ham aks ettiradi. Borliqni idrok etish va aks ettirish nuqtai nazaridan turg‘un so‘z birikmalarining uch guruhi farqlanadi:
a)o‘zida olamni idrok etishning umuminsoniy tajribasini biriktiruvchi;
b)u yoki bu lingvomadaniy jamoa hayot tarzi bilan bog‘langan turli vaziyatlarda orttirilgan tajribani biriktiruvchi;
v) muayyan millatning olamni idrok etish tajribasi, olamni milliy o‘ziga xos ko‘rishini aks ettiruvchi so‘z birikmalari. Birinchi va ikkinchi guruhlar vaziyatga nisbatan borliqni konseptuallashtirishga asoslangan.
Uchinchi guruhning lingvistik ko‘rsatgichi esa tajribani boshqa tilga tavsiflashga asoslanadi. O‘zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo‘nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Chunonchi, o‘zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy asoslanishi, madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ilmiy tadqiqot namunalari sifatida A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik yo‘nalish”, N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab”, N.Sayidrahimovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar”, “Lingvokulturologiyaning komponentlari” nomli maqolalarini, D.Xudoyberganovaning “Matnning atropotsentrik tadqiqi” mavzusida gimonografiyasini belgilash mumkin. Mazkur ishlarda lingvomadaniyatshunoslik fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o‘rganilgan28.
Lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo’lagini aks ettiruvchi so’zlar, frazeologik birliklar, so’z birikmalari, gaplar, paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani yuqorida ko’rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o’sha birliklarning semantikasi tashkil qiladi. Demak, lingvokulturema kontseptdan o’zining mazmun va ifoda planiga ega bo’lishi bilan farq qiladi, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko’rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. Uningcha, “lingvokulturema” tushunchasi qiyosiy tilshunoslik uchun foydali, “zero til – madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda qurol hamdir.29
Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatining tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko’rinishida, ya’ni so’zlar vositasida ifoda etadi”. Til madaniyat xazinasi, sandig'i, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, forklor va ilmiy adabiyot, og’zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi. Til - madaniyat tashuvchisi bo'lib, ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Yosh avlod ona tili barobarida ajdodlarning boy madaniy tajribasini ham o'zlashtiradi. Til - madaniyatning quroli, vositasi hamda, xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi.

Yüklə 154,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin