O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/36
tarix28.04.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#56580
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fan

 

 

7-mavzu: LANDSHAFTLARNING HUDUDIY TABAQALANISHI VA 

TABAQALANISH OMILLARI 

Reja 

 

1 Tabaqalanishning asosiy qonuniyatlari. 

2. Zonallik, azonallik,  provinsiallik.  

3. Landshaftlarning balandlik bo‗ylab mintaqalanishi va landshaft yaruslari. 

4. Landshaftlarning kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‗liq holda juftlashib kelishi. 

(paragenetik va paradinamik landshaftlar). 



 

Tayansh  iboralar:  Zonallik,  azonallik,    provinsiallik,  yaruslilk,  paragenetik  va 

paradinamik landshaftlar 



 

 

Hududiy tabiiy geografik bo‘linishning asosiy qonuniyati kenglik zonallikdir. 

Kenglik 

zonallik 

deganda 

tabiiy 


geografik 

jarayonlar, 

komponentlar, 

geosistemalarning  ekvatordan  qutblarga  tomon  qonuniy  ravishda  almashinib 

borishi  tushuniladi.  Bu  almashinishning  asosiy  sababi  Yerning  shar  shaklida 

ekanligi  va  unga  bog‘liq  holda  Quyosh  enargiyasining  yer  yuzasiga  turli  burshak 

ostida tushishidir. 

Yer  yuzasida  zonallikning  vujudga  kelishida  tashqi  astronomik  omillarning 

roli  ham  katta.  Bulardan  biri  Quyosh  bilan  Yer  orasidagi  masofa.  Agar  yer 

Quyoshdan  Pluton  sayyorasi  kabi  masofada  joylashganda  edi.  Ekvator  bilan 

qutblar  orasida  insolyasiya  farqi  yo‘qolib,  hamma  joy  bir  xil  sovuq  bo‘lar  edi. 

(Pluton  yuzasidan  1000-2300

0

  S).  Agar  yaqin  bo‘lganda  edi  butunlay  qizib  ketar 



edi.   


 

53 


Yer  shari  massasi  ham  zonallikka  ta‘sir  ko‘rsatadi,  agar  yer  shari  massasi 

kichik  bo‘lganda,  o‘zida  atmosferani  tutib  tura  olmas  edi.  Natijada  Quyosh  nuri 

qayta  taqsimlanmagan  va  transformasiyalanmagan  bo‘lar  edi.    Yer  o‘z  aylanish 

tekisligiga  nisbatan  66,5

0

  og‘ib  turishi  ham  Quyosh  nurlarini  notekis 



taqsimlanishiga  olib  keladi  va  landshaftlar  zonalligini  murakkablashtiradi.  Agar 

yer o‘qi orbitasiga nisbatan perpendikulyar bo‘lganda har bir kenglik yil bo‘yisha 

bir xil miqdorda Quyosh energiyasini olgan bo‘lar va fasllar vujudga kelmas edi.  

Landshaft  qobig‘idagi  zonallik  faqatgina  planetar,  kosmik,  astronomik 

sabablarga  bog‘liq  bo‘lib  qolmasdan,  geografik  qobiq  tabiatiga  ham  bog‘liqdir. 

Agar yerdagi zonallik faqat astronomik sabablarga bog‘liq bo‘lganda edi, Quyosh 

tushish  chizig‘i  to‘g‘ri  yo‘nalishda  bo‘lib,  zonalar  geografik  parallellarga  mos 

bo‘lar  edi.  Kenglik  zonalar  chegarasi  quruqlikda  egri-bugri  bo‘lib,  ba‘zan  bir-

biridan uzilgan holda ham bo‘ladi. 

Yer  yuzasiga  Quyosh  nurlarining  notekis  tushishi  atmosfera  sirkuliyasiyasi, 

havo  massalari,  namlik  va  termik  xususiyatlarini  ham  turlisha  bo‘lishiga  olib 

keladi. Yer yuzasining notekis qizdirilishi va bug‘lanishining turlishaligi namligi, 

harorati va zishligi bo‘yisha farq qiluvchi havo massalarini vujudga keltiradi. Havo 

massalarining  to‘rtta  zonal  asosiy  tiplari  ajratiladi:  ekvatorial,  tropik,  mo‘tadil, 

arktika va antarktika. 

Agar yer shari o‘z o‘qi atrofida aylanmaganda edi, atmosferada havo oqimlari 

oddiy  xarakterga  ega  bo‘lib,  kuchli  qizdirilgan  ekvatorial  kengliklardan  havo 

yuqoriga ko‘tarilib, qutblarda pastga tushib yana ekvatorga tomon esgan bo‘lar edi. 

Boshqasha  qilib  aytganda  shimoliy  yarimsharda  har  doim  shimoliy,  janubda  esa 

janubiy shamollar esgan bo‘lar edi. Ammo ular yerning aylanishi bilan to‘qnashib 

o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartiradi. 

Atmosfera sirkuliyasiyasining zonalligi namlikning ham zonal bo‘lishiga olib 

keladi. Havo massalarining nam sig‘dirish qobiliyati ekvatordan qutblarga tomon 

ortib  boradi.  Bu  ko‘proq  atmosfera  yog‘inlarining  tarqalishida  namoyon  bo‘ladi. 

Ammo  faqat  yog‘inlar  miqdorining  o‘zi  tabiat  zonalarining  namlik  bilan 

ta‘minlanganlik sharoitini aniqlab bera olmaydi. Masalan, dasht zonasida yog‘inlar 

miqdori 500 mm bo‘lsa ham namlik etarli emas, ammo tundrada yog‘inlar miqdori 

400 mm bo‘lsa ham namlik etarli darajadan ortiqsha. Buning uchun biz bug‘lanish 

darajasini  ham  bilishimiz  kerak.  Yog‘inlar  va  mumkin  bo‘lgan  bug‘lanishning 

kenglik bo‘yisha o‘zgarishi bir-biriga mos tushmasdan qarama-qarshi bo‘lishi ham 

mumkin. Yillik yog‘inlar miqdorining yillik bo‘lgan bug‘lanish miqdoriga nisbati 

iqlimiy  namlik  ko‘rsatkichi  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  ko‘rsatkishni  birinchi  bo‘lib 

1905  yilda  G.N.Visoskiy  Rossiyaning  Yevropa  qismi  tabiat  zonalari  uchun 

qo‘llagan.  Keyinshalik  Sankt-Peterburglik  iqlimshunos  N.N.Ivanov  bu 

ko‘rsatkishni qayta ishlab chiqib, uni namlanish koeffisenti deb ataydi. U quyidagi 

formula  bilan  ifodalanadi:  K=



E

R

.  K-  namlanish  koeffisenti,  R-  yillik  yog‘inlar 

miqdori,  E-  mumkin  bo‘lgan  yillik  bug‘lanish.  Namlanish  koeffisenti  tundrada 

K=1,  0,6-0,3, cho‘lda 0,12 dan kichik. 



 

54 


Iqlimning  zonalligi  boshqa  geografik  jarayonlarda  daryo  oqimi  va  ularning 

gidrologik  rejimida,  grunt  suvlari  va  botqoqliklarning  hosil  bo‘lishida,  kimyoviy 

elementlarni migrasiyasida, organik dunyoda ham o‘z aksini topadi. 

Geografik  zonallik  organik  dunyoda  ansha  yaqqol  namoyon  bo‘ladi. 

Landshaft zonalarini nomlari ham behudaga shu joy uchun xos bo‘lgan o‘simliklar 

nomidan kelib chiqmagan.  

Ko‘pgina hollarda landshaftlarning yer usti rel‘efi va geologik asosi yerning 

ishki  energiyasi  ta‘sirida  hosil  bo‘lganligi  sababli  zonallik  o‘z  aksini  topmaydi, 

ular azonallik qonuniyatiga bo‘ysunadi deyiladi. Shuni aytish lozimki, rel‘ef faqat 

endogen  kuchlar  ta‘sirida  hosil  bo‘lmasdan,  ekzogen  kuchlar  ta‘sirida  ham 

shakllanadi. 

Ko‘pgina  olimlarning  ta‘kidlashicha  sklupturali  rel‘ef  shakllari  (ekzogen 

kuchlar ta‘sirida hosil bo‘lgan) zonallik xarakteriga ega. Buning uchun har bir zona 

uchun xos bo‘lgan rel‘ef shakllarini eslash yetarli. Masalan, muz zonasi uchun muz 

tekisliklari, muz shapkalari, muz oqimlari va boshqa shakllar, tundra zonasi uchun 

termokarstli  sho‘kmalar,  solyuflyukasion  va  torfli  tepalar,  dasht  zonasi  uchun 

jarliklar, balkalar, cho‘l zonasi uchun eol rel‘ef shakllari xosdir. Hattoki, karst va 

qirg‘oqlarni  shakllanish  jarayonlari  azonal  jarayonlar  bo‘lsada,  zonallik 

qonuniyatiga bo‘ysunadi. Masalan, karst rel‘ef shakllari asosan nam tropiklarda va 

shuningdek  O‘rta  dengizi  zonasida  keng  tarqalgan.  Tayga  zonasida  esa  bunday 

jarayon  tarqalmagan.  Cho‘l  zonasida  karst  hodisasi  uchraydi,  ammo  ular  asosan 

mexanik nurash bilan bog‘liq.  

Geografik zonallik yer osti suvlarining haroratini o‘zgarishida ham namoyon 

bo‘ladi. Bir xil haroratga ega bo‘lgan yer osti suvlarining sathi janubdan shimolga 

qarab ortib boradi. Harorati 20

0

S bo‘lgan yer osti suvlarining sathi Qoraqumda bir 



necha  o‘n  metr  shuqurlikda  bo‘lsa,  G‘arbiy  Sibirning  janubida  650-700  m, 

Markaziy  Yoqutistonda  900  m  shuqurlikda  uchraydi.  Bir  xil  shuqurlikda  yotgan 

yer  osti  suvlarining  mineralizasiya  darajasi  va  erigan  tuzlar  tarkibi  kenglik 

bo‘yisha o‘zgarib boradi. 

V.V.Dokuchaev  zonallik  qonuniyatini  kashf  qilganda  ham  zonalar  ilgari 

to‘g‘ri  chiziq  bo‘ylab  parallellardan  o‘tadi  deb  o‘ylamagan.  U  zonallik  bu 

matematika emas, zonallik sxema va qonuniyatdangina iborat deb ta‘kidlagan edi. 

Keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsata boshladiki, hamma zonalar ham uzluksiz 

polasalarni  hosil  qilavermaydi,  ular  ayrim  joylarda  bir  biridan  uzilgan  holda 

uchrasa,  ayrimlari  materik  chekkalarida,  ayrimlari  esa  materik  ishkarisida 

uchraydi.  Ayrim  joylarda  ular  meridional  yo‘nalishda  ham  bo‘ladi.  Bir  zonaning 

o‘zida ham uzoqlik bo‘yisha tafovutlar mavjud, tog‘larda esa ular o‘rniga balandlik 

mintaqalari vujudga keladi. 

Tabiatda  bir  vaqtning  o‘zida  ko‘plab  qonunlar  amal  qiladi.  Shuning  uchun 

ham zonallikni asosiy qonun deb qaramaslik kerak. 

Geografik  qobiqdagi  zonallik  qonuniyatiga  mos  kelmaydigan  hodisalarni 

taqoza  etadigan  qonunlar-balandlik  zonalligi,  meridional  zonallik,  sektorlik, 

provinsiallik  va  spektrlik  qonuniyatlari  azonallik  qonuniyatlari  deb  ataladi. 

Bularning asosini yerning ishki energiyasi tashkil qiladi. 



 

55 


Azonallik  eng  avvalo  yer  yuzasining  materik  va  okeanlarga  bo‘linishida 

namoyon  bo‘ladi.  Okeanlarda  suv  yuzasi  quruqliklarga  nisbatan  quyosh  nurlarini 

kam qaytaradi, buning natijasida okeanlar maydon birligi hisobiga 10-20% ko‘proq 

isiqlik  oladi  va  uning  ustidagi  havo  quruqlikdagiga  nisbatan  iliqroq  bo‘ladi. 

Quruqlik va okeanlarning notekis isitilishi natijasida ular o‘rtasida kontinental va 

okean  havo  massalari  uzluksiz  almashinib  turadi.  Bunday  havo  almashishining 

azonal  hodisa  bo‘lib  atmosfera  umumiy  sirkuliyasiyasini  murakkablashtiradi. 

Quruqlikning  okean  havo  sirkuliyasiyasi  ta‘sirida  bo‘lgan  qismlari  alohida  va 

okeanlardan uzoqda materik ishkarisida bo‘lgan qismi tabiiy hududiy bo‘linishida 

alohida ajratiladi. Bu esa provinsiallikning asosiy sababi bo‘ladi. 

Okeanlardan materik ishkarisiga borgan sari o‘simliklar, hayvonot dunyosi va 

tuproqlarning o‘zgarib borishi qadimdan odamlarga ma‘lum bo‘lgan. Bu hodisani 

V.L.Komarov 1921-yilda meridional zonallik deb ataydi. Keyinshalik bu hodisani 

A.I.YAnputnin 1946-yilda sektorlik deb ataydi. Sektorlik ham zonallik qonuniyati 

singari umumgeografik qonuniyatdir. Bular orasida ayrim o‘xshashliklar ham bor. 

Ammo kenglik zonallikda tabiiy hodisalarning almashishida issiklik va namlanish 

asosiy rol o‘ynasa, sektorlikda esa namlik asosiy rol o‘ynaydi. 

V.L.Komorov  materiklarda  uchta  meridional  g‘arbiy,  markaziy  va  sharqiy 

zonalarni  ajratadi.  A.I.Yanputnin  ham  xuddi  shunday  uchta  tabiiy  sektorlikni 

ajratadi. 

Sektorlik  hamma  mintaqalarda  bir  xil  emas.  Yevosiyoning  mo‘tadil 

kengliklarida  maydonning  uzoq  masofaga  sho‘zilganligi  va  atmosfera 

sirkuliyasiyasi xususiyatlari natijasida uchta sektorlik namoyon bo‘lgan. 

Passatlar  mintaqasida  sharqiy  shamollarning  hukmronligi  tufayli,  cho‘llar 

materik ishkarisidan to okean qirg‘oqlarigasha sho‘zilgan, shuning uchun bu yerda 

nam g‘arbiy sektor tushib qoladi.  

Landshaft  sferasini  zonalligini  belgilovchi  asosiy  omil  iqlim  hisoblanadi. 

Iqlimga  ayniqsa  okeanlar  katta  ta‘sir  etadi.  Materiklarning  chekka  qismlaridan 

keskin  kontinental  bo‘lgan  materiklarning  ishki  qismlaridan  keskin  farq  qiladi. 

Iqlimning materik chekka qismidan ishki qismiga tomon o‘zgarib borishi natijasida 

boshqa  komponentlar  ham  o‘zgaradi.  Natijada  bir  xil  landshaft  zonasida  ikki  xil 

iqlim shakli tarkib topadi. Bular nam materik chekkasi va kontinental materik ishki 

iqlimlaridir.  Buning  oqibatida  quruqlikda  landshaft  sferasining  zonalligida  ikkita 

mustaqil spektr, ya‘ni, dengiz va kontinental spektrlar hosil bo‘ladi. 

Zonallikning dengiz spektri quyidagi zonalarni o‘z ishiga oladi: muz, tundra, 

aralash  va  keng  bargli  o‘rmonlar,  O‘rta  yer  dengizi  zonasi,  subtropik  nam 

o‘rmonlar, gileyalar zonasi. 

Zonallikning  kontinental  spektri  shimoldan  janubga  tomon  muz,  tundra, 

o‘rmon-tundra,  tayga,  o‘rmon-dasht,  dasht,  chalacho‘l,  mo‘tadil  mintaqaning 

chalacho‘l va cho‘llari hamda ularning subtropik va tropik analoglari. 

Zonallikning dengiz spektri quruqlikning iliq okean oqimlari ta‘sirida bo‘lib 

turgan  qismlarida  namoyon  bo‘ladi.  Sovuq  oqimlari  ta‘sirida  bo‘lib  turadigan 

joylarda  havoning  quruqlikdan  okeanga  tomon  harakati  kuzatiladi.  Bunday 

joylarda dengiz spektrlari buzilib, kontinental spektr okean qirg‘oqlarigasha kirib 




 

56 


boradi. Bu tuproq shimoliy va janubiy tropiklarda kuzatiladi. Masalan, sovuq Peru 

va Bengal oqimlari ta‘sirida Atakama va Namib cho‘llari hosil bo‘lgan. 

Tabiiy  –  geografik  bo‘linishning  issiqlik  va  namlik  o‘zgarishidagi  zonal  va 

sektorlikdan  keyingi  muhim  omillaridan  biri  –  joyning  dengiz  sathidan 

balandligidir.  

Joyning  gipsometrik  holati  hatto  tekislik  landshaftlariga  ham  ta‘sir  etadi. 

Tekisliklarda  ma‘lum  balandlikgasha  birinchi  zona  o‘zgarmaydi.  Undan  keyingi 

balandliklarda  qo‘shni  zonaga  yoki  shimoliy  zonaga  xos  bo‘lgan  belgilar  paydo 

bo‘la boshlaydi, bir necha ming metr balandlikkasha kenglik zonallikka o‘xshash 

va zonalar almashinib boradi. Bu qonuniyat balandlik mintaqalari deb ataladi.  

Balandlik  mintaqalarini  shakllanishida  ham  balandlik  ortib  borishi  bilan 

issiqlikni o‘zgarishiga bog‘liq. Ammo haroratning o‘zgarishi xarakteri balandlik va 

kenglik bo‘ylab bir-biridan farq qiladi. Quyosh radiasiyasining miqdori balandlik 

oshgan  sari  kamaymasdan  har  1000  metrda  o‘rta  hisobda  10%  ga  ortib  boradi. 

Buning  sababi  atmosfera  qalinligi  va  zishligini  havoda  suv  bug‘i  va  changlarni 

kamayishi,  atmosferada  radiasiyaning  yutilishi  va  qaytarilishini  qisqarishidir. 

Ammo  balandlik ortishi  bilan  yer  yuzasiga  uzun  to‘lqinli  nurlar  ko‘proq  tushadi. 

Natijada  radiasiya  balansi  kamayib,  harorat  pasayadi.  Harorat  gradienti 

tekisliklarga  qaraganda  bir  necha  hissa  katta  bo‘ladi.  Havo  harorati  balandlik 

bo‘ylab  kengliklarga  nisbatan  bir  necha  marta  tez  pasayib  boradi.  Masalan, 

tog‘larda  harorat  har  1000  metrda  6

S  ga  pasaysa,  tekisliklarda  uning  shuncha 



pasayishi uchun 1300 km masofa kerak.  

Namlik sharoiti ham balandlik bo‘ylab kengliklardagidan boshqasha o‘zgarib 

boradi.  Havoning  namni  sig‘dirishi  balandlik  bo‘ylab  kamayib  boradi.  Tog‘larda 

yog‘inlarning  yog‘ishi  rel‘efning  bar‘er  effektiga  bog‘liq.  Tog‘larning  to‘siqlik 

ta‘sirida  havo  massalarining  ko‘tarilma  harakati  vujudga  keladi,  kondentsasion 

namlik ortib yog‘inlar ko‘p tushadi. Ma‘lum balandlikdan so‘ng esa havoda namlik 

zahirasining  tugashi  bilan  yog‘inlar  miqdori  ham  kamayadi.  Maksimal  yog‘inlar 

chegarasi esa qurg‘oqchil oblastlarda ansha yuqorida joylashgan. Alp tog‘ida 2000 

m, Kavkazda 2400-3000 m, Tyanshanda 3000-4000 m. 

Balandlik mintaqalari bilan kenglik zonalari orasida faqat tashqi ko‘rinishida 

o‘xshashlik  mavjud.  Ko‘pgina  balandlik  mintaqalari  (alp  o‘tloqlariga  (sharqiy 

Pomir  va  Tibet  baland  tog‘  sovuq  sahrolari))  o‘xshash  zonalar  kenglik  bo‘ylab 

uchramaydi.  

Har  bir  landshaft  zonasi  uchun  o‘ziga  xos  bo‘lgan  balandlik  mintaqalari 

shakllangan. Ekvatorga orogan sari balandlik mintaqalari soni ortib boradi, ularda 

balandlik  chegaralari  ham  ko‘tarilib  boradi.  U  bu  qonuniyatlarni  meridional 

yo‘nalishdagi tog‘larda ham ko‘rish mumkin. Masalan, Ural, Kordileriya tog‘lari. 

Tekislik  landshaftlarning  differensiatsiyalanishiga  gipsometrik  holatning 

ta‘siri  oldindan  kuzatilgan.  O‘tgan  asrning  boshlarida  G.N.Visoskiy  Rus  tekisligi 

janubida  joy  balandligini  oshishi  quruq  va  iliq  oqim  zonasi  bilan  almashinishi 

haqida  yozgan  edi. Bizga  ma‘lumki,  balandliklarga pasttekisliklardagiga nisbatan 

yog‘inlar  ko‘proq  tushadi.  Masalan,  o‘rmon-dasht  zonasida  balandliklar 

pasttekisliklarga nisbatan o‘rmonlar bilan qalin qoplangan.  



 

57 


Havo  harorati  tekisliklarda  ham  tog‘lardagi  singari  balandlik  ortgan  sari 

pasayib boradi. Balandlik bo‘yisha t

0

 gradienti hamma joyda bir xilda emas, bu yil 



fasllariga qarab ham o‘zgarib turadi.  

Biz  bilamizki  tekisliklardagi  qirlarning  balandligiga  katta  bo‘lmasdan  bir 

necha yuz metr bo‘lishi mumkin. Harorat esa har 100 m da 0,5-0,6

0

S  ga  pasayib 



boradi. Bunday pasayish balandlik mintaqalarini hosil bo‘lishi uchun etarli emas. 

Ammo  kenglik  zonalar  chegaralarini  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Balandliklarda 

landshaft  zonalarining  chegaralari  janubga,  pasttekisliklarda  esa  shimolga  tomon 

siljiydi.  Lanshaftlarning  orogenik  differensiatsiyalanishi  avvalo  geomorfologiya, 

keyin esa tekislik va balandliklarning iqlim farqiga bog‘liq. 

Rus tekisligining janubida o‘rmon-dasht va dasht zonalarida mumkin bo‘lgan 

bug‘lanish  yillik  atmosfera  yog‘inlarining  miqdoridan  katta.  Shuning  uchun  bu 

erda  orogenik  differensiatsiya  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Bu  to‘g‘ri 

differensiatsiyalanish  deb  ataladi.  Rus  tekisligining  shimoliy  qismida,  namlik 

balansi  me‘yoriy  bo‘lganda,  tabiiy  drenajga  ega  bo‘lgan  balandliklarda  janubga 

xos  bo‘lgan  landshaft  elementlari  uchraydi.  Shimolda  landshaftlarning  balandlik 

differensiatsiyalanishi qarama-qarshi differensiatsiyaga ega bo‘ladi. 

Shunday  qilib,  tekisliklarda  landshaft  differensiatsiyalanishining  ikki  yarusi 

vujudga keladi. Ular orasidagi chegarani aniq miqdor bilan aniqlab bo‘lmaydi. Rus 

tekisligida ular chegarasi o‘rtasha 170-180 m absalyut balandlikgasha etadi. 

Yaruslilik  umumiy  geografik  qonuniyat  bo‘lib  tekislik  landshaftlari  uchun 

ham,  tog‘  landshaftlari  uchun  ham  xosdir.  Agar  balandlik  mintaqasi  rel‘efning 

faqat iqlim hosil qilish ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, yaruslilik rel‘efning barsha 

landshaft  hosil  qiluvchi  xususiyatlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Yaruslilik  ko‘proq 

tog‘larning orogenik tuzilishida namoyon bo‘lib, turli yoshdagi qatlamlar zishligi 

bo‘yisha tog‘ tekisligi tarkibi ham o‘zgarib boradi. Masalan, tog‘larning quyi qismi 

uchun  to‘rtlamchi  davr  yotqiziqlari  bilan  qoplangan.  Yuqoriga  orogan  sari  ular 

paleogen,  mezozoy  va  paleozoyning  kristallashgan  qatlamlari  bilan  almashinib 

boradi. Tog‘larda landshaft yaruslari balandlik mintaqalaridan farq qilsa ham, ular 

o‘rtasida nisbatan o‘xshashliklar ham mavjud. Quyi yaruslarga odatda tog‘lardagi 

birinchi  balandlik  mintaqasi  to‘g‘ri  keladi.  O‘rtasha  tog‘lar  yarusiga  bir  necha 

balandlik mintaqalari to‘g‘ri kelishi ham mumkin. 


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin