O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix28.04.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#56580
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fan

 

 

6-mavzu: LANDSHAFTLARNI TASNIFLASH MASALALARI 

 

Reja 

 

1.  Landshaftlarni tasniflash deganda nimani tushunasiz? 

2.  Landshaftlarni  tasniflash  bo‗yicha  bajarilgan  ishlardan  kimlarning  ishlarini 

bilasiz? 




 

45 


3.  N.A.Kogay tasnif sxemasida qanday landshaft birliklari ajratilgan? 

 

Tayansh  iboralar:  tasniflash,  taksonomiya,  biokimyoviy  aylanishi,  moddaning 

biokimyoviy aylanishi. 

 

Fanda tasniflash, tartib berish, turlashtirish, taksonomiya kabi bir-biriga yaqin 



tushunchalar  mavjud.  Bulardan  tasniflash  va  tartib  berish  tushunchalari  bir-biriga 

anchagina  yaqin  bo‗lib, rang-barang va turli-tuman narsa va hodisalarni ma‘lum 

bir tartib bilan, har birining pog‗onama-pog‗ona mavqeini yoki ko‗lamini saqlagan 

holda  guruhlarga  ajratish  yoki  birlashtirish  degan  ma‘noni  anglatadi. 

O‗quvchilarga  botanikadagi  o‗simliklar  tasnifi,  zoologiyadagi  tirik  mavjudotlar 

tasnifi yaxshi tanish. Shunga o‗xshash tasniflar boshqa fanlarda ham bor. 

O‗z o‗rganish ob‘ektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishga urinmagan bironta 

fan bo‗lmasa kerak. Sababi biror fanni fan sifatida tanilishi uchun ham uning o‗z 

ob‘ektining  tasnifi  ishlab  chiqilgan  bo‗lishi  kerak.  Buyuk  fransuz  matematigi 

A.Puankare  (1906)  "Fan  -  bu  eng  avval  tasniflashdir"  degan  edi.  Tasniflash 

jarayoniga  borib  yetmagan  ilmiy  izlanishlarni  hali  "qiyomiga  yetmagan"  deb 

baholash mumkin. 

O‗rganish ob‘ektini tasniflashning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati kattadir. 

Uning  ilmiy  ahamiyati  shundan  iboratki, ob‘ekt  tasnif  qilinayotganda  uning  kelib 

chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi kabi barcha xususiyatlari o‗rganilishi va u haqidagi 

barcha ma‘lumotlar batafsil tahlil qilinishi kerak bo‗ladi. 

Yer  yuzasida  muayyan  landshaftlar  xaddan  tashqari  ko‗p  bo‗lganligi  uchun 

ularning  har  birini  alohida-alohida  o‗rganish  va  ta‘riflab  berishning  iloji  bo‗lmay 

qoladi.  Shuning  uchun  landshaftlarni  ma‘lum  maqsadlarda  (  masalan,    qishloq 

xo‗jaligi,  shahar  qurilishi  va  x.k.)  guruhlab  ta‘riflashga  va  shunga  mos  holda  bir 

turdagi tadbirlarni rejalashtirishga to‗g‗ri keladi. Bu landshaftlarni tasnif qilishning 

amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. Fanning o‗rganish ob‘ekti qanchallik 

serqirra,  xilma-xil  va  murakkab  bo‗lsa,  uni  tasniflash  ham  shunchalik  murakkab 

bo‗ladi.  Har  qanday  tasnifni  amalga  oshirishda  ob‘ekt  haqida  to‗la  va  aniq 

tushunchaga ega bo‗lish kerak. Ob‘ektni turlicha talqin qilish va tushinish turlicha 

tasnif tarxlarining tuzilishiga sabab bo‗ladi. 

Landshaftshunoslik  fani ham  boshqa tabiiy  fanlar  qatori  juda ko‗p va xilma-

xil,  ammo  o‗ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‗lgan  aniq  ob‘ektlar  -landshaftlarni 

tasnif  qiladi.  Landshaftshunoslik  uchun  puxta  ishlangan,  ilmiy  va  mantiqiy 

talablarga  to‗liq  javob  beradigan  tasniflash  jadvalini  tuzib  olish  juda  katta 

ahamiyatga  ega.  Chunki  yer  yuzida  ko‗plab  uchraydigan  xilma-xil  landshaftlarni 

bir-biriga  o‗xshash  yoki  bir-biridan  farq  qiladigan  tomonlarini  aniqlab,  har  birini 

o‗z  mavqeini saqlagan holda ma‘lum bir tartibga tushirib olinmasa, ularni to‗g‗ri 

tadqiq qilish, xatto landshaft haritasini tuzib olish ham mumkin bo‗lmay qoladi. 

Keyingi  15-20  yil  ichida  geograflar  tomonidan  bajarilayotgan  ko‗plab  ishlar 

uchun,  jumladan  halq  xo‗jaligini  rivojlantirish,  aholining  yashashi  va  sog‗ligi 

nuqtai  nazaridan  landshaftlarni  baholash,  geografik  bashorat  qilish  va  tabiat 

muhofazasini ko‗zlab bajarilayotgan ishlar uchun ham katta-katta rayonlar, tabiiy 

geografik  o‗lkalar  miqyosida  barcha  landshaftlar  haqida  batafsil  ma‘lumotlarga 



 

46 


yoki boshqacharoq qilib aytganda landshaftlar kadastriga ega bo‗lish ahamiyatlidir. 

Mamlakatimiz  landshaftlarining  aniq  va  puxta  tasnif    jadvalini  ishlab  chiqish 

landshaftshunoslikning eng yirik masalalaridan biridir. 

Landshaftlarni  tasniflash  bilan  ko‗pchilik  geograflar  shug‗ullanishgan. 

Ulardan 

ayniqsa 


N.A.Gvozdeskiy 

(1961), 


A.G.Isachenko 

(1961,1975), 

V.A.Nikolayev  (1973,1979)  kabilarning  tajribalari  e‘tiborga  loyiq.  Bu  olimlar 

tavsiya  etgan  tasniflar  ichida  V.A.Nikolayev  (1979)  bajargan  tasnif  o‗zining 

anchagina  mukammalligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  tasnifning  yaratilishi  asosida 

landshaftshunos olim V.A.Nikolayev ko‗p yillar davomida Qozog‗iston dashtlarida 

landshaftlarni  haritaga  tushirish  borasida  olib  borgan  izlanishlari  yotadi.  Quyida 

keltiriladigan fikrlarning ko‗pchiligi V.A.Nikolayev ilgari surgan g‗oyalar ta‘sirida 

yuzaga keldi. Bu fikrlardan eng asosiysi landshaft haqidagi tushunchaning o‗ziga 

xos talqini bo‗ldi. 

V.A.Nikolayevning fikricha landshaftni faqat regional birlik (A.G.Isachenko,  

1961)  yoki  faqat  tipologik  birlik  (N.A.Gvozdeskiy,  1961)  sifatida  qabul  kilish 

birday  bir  tomonlamalikka  olib  keladi.  Agar  biz  landshaftni  tipologik  birlik  deb 

qabul qilar ekanmiz, uning asosida har bir muayyan o‗ziga xos landshaftning taxlili 

yotishini  esdan  chiqarmasligimiz  kerak.  Har  bir  muayyan  landshaft  -  o‗ziga  xos 

geografik  individdir.  Lekin  bir  vaqtning  o‗zida  u  qaysidir  tipologik  landshaftlar 

majmausining bir  qismidir. Haqiqatan ham, Yer yuzida ikkita har tomonlama bir 

xil  bo‗lgan  landshaftni  topib  bo‗lmaydi.  Ammo  qaysidir  xususiyatlari  bilan  bir-

biriga  o‗xshashlik  tomonlari  bo‗lgan  landshaftlarni  uchratish  va  tasnif  qilish 

mumkin.  Landshaftlar  tasnifini  ishlab  chiqishda  turlicha  tamoyillarga  amal 

qilingan  bo‗lishi  mumkin.  Masalan,  tarixiy-evolyutsion  tamoyil,  genetik  tamoyil, 

morfologik  tamoyil  va  x.k.  Shu  tamoyillardan  birvarakayiga  bir  nechtasiga  amal 

qilgan ma‘qul. Shulardan faqat bittasigagina amal qilib tuzilgan tasnif doimo ham 

aniq  va  puxta  bo‗lavermaydi.  Shu  bilan  birga  landshaftlarning  o‗zini  ma‘lum  bir 

tamoyilga  asoslanmay,  birma-bir  sanab  o‗tishning  o‗zi  ham  ilmiy  tasnifdan 

uzoqdir.  Hozirgacha  qo‗llanib  kelinayotgan  tamoyillarning  eng  asosiylaridan  biri 



tarixiy-evolyutsion  tamoyildir.  Bunda  landshaftni  invariant  tushunchasi  nuqtai 

nazaridan  qarashga  to‗g‗ri  keladi.  Ushbu  tamoyilga  amal  qilinganda  bir  tasnif 

jadvalining o‗zida geografik tizimlardagi juda ko‗p va turli-tuman moddiy borliqni 

qamrab  olishi  mumkin  bo‗ladi.  Qo‗l  ostimizda  ma‘lum  miqdorda  paleogeografik 

ma‘lumotlar  mavjud  bo‗lgan  taqdirda  bu  tamoyildan  foydalanish  juda  yaxshi 

natijalar berishi mumkin, ya‘ni landshaftlarning tashkil topishi va rivojlanishidagi 

ichki va tashqi aloqadorliklarni tasnif jadvalida aks ettirish mumkin bo‗ladi. 

Landshaftlar  tasnifida  tarixiy  yondashish  albatta  landshaftlarning  kelib 

chiqishi (genezisi)ni tahlil qilish bilan bog‗liqdir. Landshaftlarning kelib chiqish va 

rivojlanish tarixi ularning ichki strukturasining o‗ziga xosligini keltirib chiqaradi. 

Shuning  uchun  landshaftlarni  tasniflashda  foydalanilayotgan  tarixiy  genetik 

tamoyil landshaftlarning ichki tuzilishini tahlil qilish bilan bevosita bog‗liq bo‗lib 

qoladi. 

Landshaftlar tasnifida landshaftlar ichki tuzilishini tahlil qilish qoidasi asosida 

bir  butunni  uning  qismlari  bilan  hamda  qismlari  orasidagi  o‗zaro  ta‘sir  va 

aloqadorliklarni  taxlili  yotadi.  Biz  landshaftlarni  ko‗p  yaruslik  geotizimlar  deb 




 

47 


qabul  qilgan  edik.  Bu  bilan  biz  har  bir  landshaft  ma‘lum  komponentlar 

majmuasidan  iboratgina  bo‗lib  qolmasdan,  balki  o‗zidan  kichikroq  bo‗lgan 

komplekslardan  tuzilganligini  ham  e‘tirof  etgan  bo‗lamiz.  Shunday  ekan, 

landshaftlarning ichki tuzilishi haqida gap borganda faqat komponentlar orasidagi 

emas,  balki  kichik  yoki  oddiy  komplekslar  orasidagi  o‗zaro  aloqadorliklar  ham 

tushuniladi.  M.A.Glazovskaya  (1961)  tomonidan  tavsiya  etilgan  geokimyoviy 

landshaftlar tasnifi ham ana shu tamoyil asosida tuzilgandir. 

Landshaftlar ochiq geotizimlar bo‗lganligi sababli, ular o‗z yon-atroflaridagi 

landshaftlar  bilan  ham  modda  va  energiya  almashinishi  ko‗rinishida  aloqador 

bo‗lib  turadi.  Agar  biz  tasnif  tuzishda  landshaftlarni  o‗z  ichki  tuzilishiga  ega 

malum  bir  tizimdir  degan  qoidaga  amal  qiladigan  bo‗lsak,  landshaftlarning  ichki 

aloqadorligidan  tashqari  ularning  atrof-muhit  bilan  va  qo‗shni  landshaftlar  bilan 

bo‗ladigan aloqadorliklarini ham hisobga olish kerak bo‗ladi. 

Odatda  landshaftlarning  ichki  tuzilishining  taxlili  asosida  tasnifning  kichik 

taksonomik birliklarini aniqlab olish mumkin bo‗ladi. Katta taksonomik birliklarni 

aniqlayotganda esa ko‗proq landshaftlarning o‗zaro aloqadorliklariga va yondashib 

kelish xususiyatlariga ko‗proq asoslanishga to‗g‗ri keladi. 

Landshaftlar  tasnifini  tuzganda,  u  puxta  va  "tabiiy"  bo‗lishi  uchun  tarixiy-

genetik tuzilishi tamoyillariga amal qilgan ma‘qul ko‗rinadi. 

Har qanday ilmiy tasniflash avvalo tasnif qilinayotgan ob‘ektga yoki hodisaga 

tegishli  bo‗lgan  ma‘lum  belgilarni  tanlab  olishni  taqozo  qiladi.  Landshaftlarning 

ayrim  guruhlarga  tipologik  birlashtirilishi  yoki  aksincha  tabaqalanishi  turli-tuman 

shart-sharoitlarga bog‗liq. Masalan, landshaftlarning ichki xususiyatlariga, qo‗shni 

landshaftlarga  yondashib  kelishiga,  landshaft  tashkil  qiluvchi  omillar  va 

hodisalarning  majmuiga,  ularning  rivojlanish  xususiyatlari  va  xokazolarga 

bog‗liqdir. 

Shuning uchun har qanday tasnifdagi birliklarning mavqeini aniqlashda faqat 

birgina belgini asos qilib olish qiyin bo‗lib, xatto bunday belgini izlab o‗tirishning 

o‗zi ham mantiqan noto‗g‗ri bo‗lar edi. Buning sababi shundaki, aniqlanadigan va 

tasniflanadigan turli-tuman birliklarni o‗z kuchi va qiymati turlicha bo‗lgan omillar 

asosidagina  umumlashtirish  mumkin  bo‗ladi.  Umuman  olganda,  asosiy  belgilarni 

tanlab  olish,  tasniflash  jarayonini  eng  muhim  va  ma‘suliyatli  bosqichlaridan  biri 

hisoblanadi.  Landshaftlar  tasnifining   asosiy  birliklari.  Landshaftlar  tasnifida  ham 

boshqa ko‗pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, turkum, xil kabi tushunchalar 

ishlatiladi. Bunday tshunchalarni birma-bir izohlab berishdan oldin bir-ikki taniqli 

geograf  olimlar  ishlab  chiqqan  tasnif  ko‗rinishlarini  misol  tariqasida  keltirib 

o‗tmoqchimiz.  Dastlabki  ana  shunday  ishlardan  biri  N.A.Gvozdeskiy  (1961)  ga 

tegishlidir.  U  tavsiya  etgan  landshaftlar  tasnifi:  sinf-tur-kichik  tur-guruh-xil 

ko‗rinishda  bo‗lib,  anchagina  ixcham  tarxlardan  biridir.  A.G.  Isachenko  (1961) 

tavsiya  etgan  landshaftlar  tasnifi:  tur-kichik  tur-sinf-kichik  sinf-xil-kichik  xil-

variant ko‗rinishiga ega. 

Bu ikki tasnif bir-biridan ozmi-ko‗pmi farq qiladi. Jumladan, eng katta birlik 

sifatida N.A.Gvozdeskiy sinfni qabul qilar ekan, u eng avval tog‗lar va tekisliklar 

landshaftlarini  ikki  sinfga  bo‗lib  tashlashni  tavsiya  etsa,  A.G.Isachenko  esa 

dastavval  landshaft  turlarini  aniqlab  olishni,  so‗ngra  sinflarga  bo‗lishni  ma‘qul 



 

48 


ko‗radi.  Landshaft  turlarini  aniqlab  olishda  eng  asosiy  mezon  sifatida 

landshaftlarning  gidrotermik  rejimi,  ya‘ni  namlik  va  issiqlik  taqsimlanishidagi 

dunyo miqyosidagi farqlarni olishni tavsiya etadi. 

A.G.Isachenko  fikricha  landshaftlarning  bir-biriga  o‗xshashligi  yoki  bir-

biridan  farqi  juda  ko‗p  sabablar  bilan  belgilanadi  va  ularning    ichidan  eng 

asosiysini  aniqlab  ola  bilish  tasnif  tarxidagi  eng  katta  birlikni  tanlashga  asos 

bo‗ladi. 

Hozirgi  vaqtda  eng  mukammal  ishlangan  landshaftlar  tasnifining  muallifi 

V.A.Nikolayev  (1973,  1979)  ekanligi  ko‗pchilik  geograflar  tomonidan  e‘tirof 

etilmoqda. U tavsiya etgan ko‗p pog‗onali tasnif tarxi;  bo‗lim-qism-kichik qism-

sinf-kichik sinf-guruh-tur-kichik  tur-toifa-kichik  toifa-xil-variant  ko‗rinishida 

bo‗lib,  yer  yuzasidagi  barcha  landshaftlarni  ma‘lum  bir  tartib  bilan  o‗rganishga 

yaxshi ilmiy asos bo‗la oladi. 

Quyida  biz  V.A.Nikolayev  tavsiya  etgan  ana  shu  landshaftlar  tasnifidagi  

birliklarni  izohi bilan chegaralanamiz. Chunki bu izohlar boshqa tasnif tarxlaridagi 

birliklar izohiga ko‗p jihatdan mos keladi. 

Shunday qilib, landshaftlar tasnifida ishlatiladigan eng yirik birlik landshaftlar 

bo‗limi  hisoblanadi.  Bo‗lim  darajasiga  kiruvchi  landshaftlar  asosan  Yerning 

geografik  qobiqni  tashkil  qiluvchi  turli  geosferalarning  bir-biri  bilan  tutashib 

turishi  va  o‗zaro  ta‘sir  turiga  qarab  aniqlanadi.  Bu  haqda  taniqli  tabiiy  geograf 

F.N.Milkov  (1970)  "Landshaftlar  bo‗limi  landshaftshunoslikdagi  eng  yuksak 

tipologik  birlikdir"  degan  fikrni  bildiradi.  Bu  birlik  F.N.  Mil‘kov  aytganidek 

litosfera, atmosfera, gidrosferalarning o‗zaro ta‘sir xususiyatiga va shunga bog‗liq 

holda  o‗zaro  modda  va  energiya  almashinish  shakli  hamda  jadalligi  o‗xshash 

bo‗lgan landshaftlarni birlashtiradi. Landshaftlar bo‗limiga misol sifatida quruqlik 

landshaftlari, suv landshaftlari, suv osti landshaftlarini kiritish mumkin. Quyida biz 

faqat quruqlik landshaftlariga tegishli bo‗lgan masalalar haqidagina so‗z yuritamiz. 

Landshaftlar  bo‗limi  ichida  dastavval  landshaftlar  qismini  ajratamiz. 

Landshaftlar  qismi  birligi  landshaftlarning  eng  asosiy  energetika  bazasi  bo‗lmish 

namlik  va  issiqlik  balansidagi  farqlar  va  o‗xshashliklarga  qarab  birlashtirishga 

imkoniyat  beradi.  Bunday  o‗xshashlik  yoki  farqlar  joylarning  makroiqlimiy 

xususiyatlari  bilan  belgilanadi.  Bu  xususiyatlar  bilan  o‗z  navbatida  joyning 

gidrologik rejimi, xukumron bo‗lgan o‗simlik turi va biologik modda aylanish turi 

kabilar  chambarchas  bog‗liqdir.  Bu  yerda  gap  ko‗proq  iqlim  mintaqalari  haqida 

borayapti, ya‘ni bitta iqlim mintaqasida rivojlangan landshaftlarning hammasi xox 

u  tog‗  landshafti,  xox  tekislik  landshaftlari  bo‗lsin  bitta  qismga  taalluqli 

hisoblanadi.  Masalan,  Qara  dengizi  bo‗ylaridan  Turkmanistonning  janubigacha 

bo‗lgan  makonda:  arktik,  subarktik,  boreal,  subboreal,  subtropik  landshaftlar 

qismini ajratish mumkin. 

Bizga ma‘lumki, yuqorida sanab o‗tilgan mintaqalar  tabiati g‗arbdan sharqqa 

tomon, ya‘ni Atlantika okeanidan uzoqlashgan sari, kontinentallik ortib borgan sari 

o‗zgarib  boradi.  Shuni  e‘tiborga  olsak,  landshaftlar  qismi  o‗z  navbatida 

landshaftlarning kichik qismiga bo‗linib ketishi mumkinligini ko‗ramiz. 

Landshaftlar  tasnifidagi  navbatdagi  birlik-landshaftlar  sinfdir.  Bu  birlik 

yuqorida 

misol 


keltirilgan 

barcha 


tasnif 

tarxlarida 

(N.A.Gvozdeskiy, 



 

49 


A.G.Isachenko) ishtirok etadi. Bu tasniflash tajribalarining deyarli hammasida ham 

sinflarni  aniqlashda  birgina  xususiyat,  ya‘ni  landshaftlarning  morfotektonik 

xususiyati  asos  qilib  olinadi  va  asosan  ikkita  landshaftlar  sinfi  ajratiladi:  tog‗lar 

landshaftlari sinfi va tekisliklar landshaftlari sinfi. Bu ikki sinf orasidagi eng asosiy 

farq  ularda  tabiiy  zonalarning  ikki  xil  ko‗rinishda(tekislikda  kengliklar  bo‗ylab, 

tog‗larda esa pastdan yuqoriga) bo‗lishidir. 

Tog‗  landshaftlarining  ham,  tekislik  landshaftlarining  ham  tabaqalanishida 

yana bir gipsometrik omil, ya‘ni landshaftlarning pog‗onalar hosil qilib joylashish 

xususiyati  borligini  e‘tiborga  olsak,  unda  landshaft  sinflarining  ichida  landshaft 

kichik sinflarini ajratish mumkin bo‗ladi. Masalan, tekislik landshaftlari pastqam, 

past  va  baland  tekislik  landshaftlari  kichik  sinflariga,  tog‗  landshaftlari  esa  past 

tog‗lar, o‗rtacha balandlikdagi tog‗lar, baland tog‗lar landshaftlari kichik sinflariga 

bo‗linib ketadi. 

Navbatdagi  tasnif    birligi-landshaftlar  guruhidir.  Bu  birlikni  aniqlab  olishda 

asosiy  belgi  sifatida  landshaftlarning  suv  va  geokimyoviy  tartibi,  ya‘ni 

landshaftlarning atmosfera yog‗inlari hisobiga, grunt suvlari hisobiga yoki yana bir 

boshqa  suvlar  hisobiga  namlanish  nisbati  asos  qilinib  olinadi.  Ana  shu  belgilarga 

qarab  tekislik  landshaftlari ichida  elyuvial, elyuvial-gidromorf  (yarim  gidromorf), 

gidromorf landshaftlar guruhlarini ajratish mumkin. 

Landshaftlar  guruhi  birligini  ajratishning  (ayniqsa  tekislik  landshaftlari 

uchun)  ahamiyati  e‘tiborga  loyiqdir.  Buning  sababi  o‗tmishda  va  hozirgi  vaqtda 

landshaftlarning  ichki  tuzilishi  hamda  ularning  rivojlanish  yo‗nalishi  qay  tarzda 

bo‗lganligi  ko‗p  jihatdan  ularning  suv-geokimyoviy  tartibining  o‗ziga  xos 

xususiyatlari  bilan  bog‗liqligidadir.  Shuning  uchun  landshaftlar  taraqqiyoti 

kelajakda  qanday  bo‗lishini  bashorat  (prognoz)  qilish  uchun  ham  landshaftlar 

guruhini aniqlab olish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Landshaftlarning  elyuvial,  gidromorf  yoki  yarim  gidromorf  bo‗lishi  ular 

taraqqiyotining  ma‘lum  davrdagi  holatini  aks  ettiradi.  Namlanish  harakteri 

o‗zgarishi bilan landshaftlar bir holatdan ikkinchi holatga o‗tishi mumkin, ya‘ni bir 

guruhga  mansub  landshaftlar  ikkinchi  guruhga  o‗tib  qolishi  mumkin. 

Landshaftlarning  suv-geokimyoviy  tartibini  o‗rganishning  ahamiyati  katta  bo‗lib, 

unga  dastavval  B.B.Polinov  (1956),  A.I.Perelman  (1975),  M.A.Glazovskaya 

(1964),  keyinchalik  V.A.Nikolayev  (1973),  A.A.Makunina  va  N.S.Selezneva 

(1974)  kabilar  o‗z  ilmiy  izlanishlarida  alohida  e‘tibor  berishgan.    Yana  bir  narsa 

haqida to‗xtalib o‗tmoq lozimki, ba‘zi bir tasnif tarxlarida landshaftlarning ana shu 

xususiyatlariga e‘tibor berilgan-u, faqat birlikning nomi boshqacha,  ya‘ni  guruh 

emas, balki qator deb atalgan. 

Landshaftlar guruhi o‗z navbatida landshaft turlariga bo‗linib ketadi. Bu tasnif 

birligi deyarli barcha tasnif tarxlarida uchraydi. Uning izohi ham mazmun jihatidan 

deyarli  bir-biriga  yaqin.  Faqat  A.G.Isachenko  tuzgan  tasnif  tarxidagi  tur  birligi 

o‗zining hajmi va mazmuni jihatidan V.A.Nikolayev tarxidagi landshaft qismlariga 

mos keladi. 

Landshaft  turlarini  aniqlashda  tuproq  va  bioiqlim  belgilariga  asoslanishga 

to‗g‗ri  keladi.  Jumladan  tuproq  turlari,  o‗simlik  formatsiyalari  sinfi  va  x.k. 

N.A.Gvozdeskiy,  V.A.Nikolayevlarning  tasnif  tarxlarida  landshaft  turlari  haqida 



 

50 


gap  borganda  asosan  landshaftlarning  zonal  turlari  nazarda  tutiladi.  Masalan, 

tundra  landshaftlari  bir  turga  kirsa,  dasht  landshaftlari  boshqa  turga,  cho‗l 

landshaftlari esa yana bir boshqa turga kiradi. 

Landshaftlarning  bunday  zonal  turlarga  bo‗linib  ketishi  asosan  elyuvial 

landshaftlar  guruhiga  xosdir.  Lekin  tabiatda  ob‘ektiv    mavjud  bo‗lgan  botqoqlik 

landshaftlari,  o‗tloq  landshaftlar,  sho‗rxok  landshaftlar  kabi  boshqa  guruhga 

kiruvchi  intrazonal  landshaftlarni  alohida  tur  sifatida  ajratish  lozim  bo‗ladi. 

Bunday bo‗lishi mumkinligini N.A.Gvozdeskiy (1961), M.A.Glazovskaya (1964), 

F.N. Milkov (1967) lar ham e‘tirof etadilar. 

Landshaftlar tasnifinig  keyingi  birligi  kichik tur  bo‗lib, kichik zonalarga  xos 

belgilarga  asoslanib  aniqlanadi.  Masalan,  (O‗rta  Osiyo)  tekisliklaridagi  cho‗l 

landshaftlari ikkita kichik turga, ya‘ni shimoliy cho‗l landshaftlari va janubiy cho‗l 

landshaftlariga bo‗linib ketadi. 

Landshaft  turlari    yoki  kichik  turlari  o‗z  navbatida  landshaft  toifalariga 

bo‗linadi.  Qaysi  landshaft  qaysi  toifaga  mansub  ekanligini  aniqlashda  ayrim 

landshaftshunoslar  (N.A.Gvozdeskiy,  V.A.Nikolayev)  geomorfologik  belgilarga 

asoslanishsa,  ayrimlari  (Yurenkov  1982)  esa  ma‘lum  landshaft  turlari  ichidagi 

provinsial xususiyatlarga ko‗proq e‘tibor berishadi. Geomorfologik omil asos qilib 

olingan  sharoitda  esa  e‘tiborni  ko‗proq  relefning  genetik  turlarini  o‗rganishga 

qaratish kerak bo‗ladi. 

Landshaft  toifalari  ichida kichik toifa  birligini  ajratishga  to‗g‗ri  kelib qolgan 

hollarda  asosiy  belgi  sifatida  landshaft  tashkil  qiluvchi  jinslarning  litologik 

tuzilishiga ko‗proq e‘tiborga beriladi. 

Eng  kichik  tasnif  birligi  landshaft  xillaridir.  Bu  birlik  genezisi  va  ichki 

tuzilishi  bir  xil  bo‗lgan  idividual  landshaftlarning  majmuini  aks  ettiruvchi  

birlikdir.  Landshaft  xillarining  bir-biridan  farqlantiruvchi  asosiy  belgisi 

landshaftdagi  xukmron  urochishelarning  o‗xshashligidir.  A.G.Isachenko  (1991) 

ham landshaft xillarini aniqlashda landshaftlarning morfologik tuzilishi eng asosiy 

belgi ekanligini e‘tirof etadi. 

Bitta xilga mansub bo‗lgan landshaftlarni albatta aynan yoki har tamonlama 

bir-biriga  o‗xshash  deb  bo‗lmaydi.  Ko‗pincha  bir  xilga  mansub  landshaftlarda 

xukmron  urochishelar  umumiyligi  bo‗lgan  taqdirda  ham  xukmron  bo‗lmagan 

urochishelar va fatsiyalar tarkibi yoki egallagan maydoni jihatidan turlicha bo‗lishi 

mumkin.  Ana  shunday  hollarda  landshaft  xillari  ichida  yana  bir  tasnif  birligi 

landshaftlarning  kichik  xili  yoki  morfologik  variantini  ajratishga  to‗g‗ri  keladi. 

Keyinchalik  V.A.Nikolayev  (1999)  kichik  qism  va  birliklari  oralig‗ida  yana  bir 

tasnif  birligini,  ya‘ni  landshaftlar  oilasini  ajratishni  lozim  topdi.  Bir  qism  yoki 

kichik  qismga  taaluqli  landshaftlar  turlm  tabiiy  geografik  o‗lkalarda  uchrashi 

mumkinligini inobatga olgan muallif muayyan tabiiy geografik o‗lkaga oid bo‗lgan 

landshaftlarning  kichik  qismlarini  bir  oilaga  birlashtirish  maqsadga  muvofiq 

bo‗ladi  deb  hisoblaydi.  Bunda  landshaftlarning  regional  xususiyatlari  ham 

e‘tiborga olingan bo‗lar ekan. 

Shunday  qilib,  V.A.Nikolayev  ishlab  chiqqan  tasnif  jadvali  ko‗p  pog‗onali 

bo‗lib,  har  bir  pog‗onani  aniqlashda  asos  bo‗la  oladigan  ko‗plab  tasnif  belgilari 

keltirilgan.  Ushbu  tasnif  jadvaliga  asoslanib  Qarshi  dashti  (I.Hasanov),  Janubiy 



 

51 


Orolbo‗yi  (A.Rafiqov,  I.Hasanov),  Turon  tekisliklari  (N.A.Kogay,  Sh.S.Zokirov), 

Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig‗i  (Sh.S.Zokirov)  landshaftlarini  o‗rganish  yaxshi 

natijalar  berdi.  Quyida  biz  misol  tariqasida  ikki  daryo  oralig‗i  landshaftlari 

tasnifini keltiramiz. 

Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig‗ida  joylashgan  yerlar  tabiiy  sharoiti  jihatidan 

o‗ziga  xosdir.  Bu  yerlarda  biz  qumliklarni,  hozirgi  va  qadimgi  allyuvial-delta 

tekisliklarini,  Sharqiy  Orolbo‗yidagi  hozirgi  dengiz  ostidan  chiqqan  tekisliklarni, 

Markaziy Qizilqum past tog‗lari  va ularga tutashib ketgan prolyuvial tekisliklarni 

uchratamiz. Ularning har biri o‗ziga xos tabiatga ega bo‗lib, kelib chiqishi, yoshi 

turlichadir va turli ekzogen jarayonlar hamda ular bilan bog‗liq bo‗lgan turli rel‘ef 

bilan  ta‘riflanadi.  Bu  o‗z  navbatida  bu  yerlarda  turli  landshaftlarning 

shakllanishiga olib kelgan. 

Bu  hudud  tabiatiga  xos  bo‗lgan  eng  asosiy  xususiyat  hududning  shimoldan 

janubga  ancha  masofaga  cho‗zilganligi  va  tabiiy  sharoitning  kengliklar  bo‗ylab 

zonalar hosil qilishidir. Bu yerda ikki iqlim zonasini, ya‘ni mo‗‘tadil va subtropik 

zonalarni ajratish mumkin. Ular orasidagi chegara janubi-g‗arbdan shimoli-sharqqa 

tomon  tahminan  Janadaryo  quruq  o‗zani  yo‗nalishida  o‗tib,  ikkita  landshaft 


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin