xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib chiqiladigan ma’lumotlar to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik tashkiloti to’plam elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda o’tkazadi. Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
tanlash ko’lami;
kuzatish birligi;
tanlash birligi;
tanlash uslublari;
saylab olish hajmi;
salmoqli (reprezentativ) tanlash;
tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish. Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni aniqlash zarur. Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga taalluqli bo’ladi. Tekshiriladigan to’plam – bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim. Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha hujjatlari turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori debitor qarzlar haqidagi axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-kitoblarga taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yil-gan) summadan kam bo’lmagan barcha buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami