xizmatlarining maqsadi va hajmi; muayyan masalalar bayoni (tafsiloti); zarur hollarda ekspert bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasidagi o’zaro munosabatlar; xo’jalik yurituvchi sub’ekt axborotlarining maxfiyligi; ekspert o’z ishida maqsad qilib qo’ygan taxminlar va uslublar hamda ularning auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan foydalangan oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va uslublarga mos kelishi to’g’risidagi ma’lumotlar ham keltirilishi zarur. Ekspertga asosan quyidagi ishlarni bajarish uchun taklif qilinishi kerak: 1) mulklarning ayrim turlarini baholash (er, binolar, mashina va uskunalar, san’at asarlari, zargarlik buyumlari, qimmatbaxo toshlar va b.); 2) mol-mulklar miqdori va sifatini aniqlash (konlardagi qazilma boyliklar zaxiralari,
mashina va uskunalarning xizmat muddatlari va b.); 3) maxsus usullar va amallar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (aktuar baholash va b.) 4) bajarilmagan shartnomalar bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan, bajarilgan ishlar va xizmatlarning hajmini o’lchash. Bu realizatsiya qilinganligini tan olish uchun zarur; 5) ta’sis shartnomalari, me’yoriy hujjatlar va xo’jalik shartnomalarini yuridik baxolash va interpretatsiyalash (talqin qilish). Auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan foydalanish to’g’risida auditorlik tashkiloti o’rganishi lozim bo’lgan xolatlarning tavsifi va murakkabligi, ularning jiddiyligi, hamda maqsadga muvofiqligi, ushbu holatlarga nisbatan boshqa auditorlik amallarini qo’llash mumkinligi va ishonchliligidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi.