O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə318/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga 
asosan ko’rib chiqiladigan ma’lumotlar to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum 
tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik 
tashkiloti to’plam elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga 
imkon beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda o’tkazadi.
Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

tanlash ko’lami; 

kuzatish birligi; 

tanlash birligi; 

tanlash uslublari; 

saylab olish hajmi; 

salmoqli (reprezentativ) tanlash; 

tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish.
Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni aniqlash 
zarur. Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga taalluqli bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plam
– bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda buxgalteriya 
yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, 
ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.
Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha hujjatlari 
turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar
 
bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum 
summadan yuqori debitor qarzlar haqidagi axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda 
debitorlar bilan hisob-kitoblarga taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yil-gan) 
summadan kam bo’lmagan barcha buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin