O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

tekshiriladigan to’plam
 bo’lib hisoblanadi.
Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi. Bu mijoz 
korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlaridir. Tanlash 
birligi va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi. Kuzatish birligi auditorlik tekshiruvida 
shartli qabul qilingan. Buxgalteriya hisobining har qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik 
muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil 
tanlash birliklari bo’lishi mumkin. Tanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda 
tanlov samaradorligi oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi 
shart.
8.7. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini
shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash 
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining katta-
kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga oshirilishini aniqlash 
zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Audi-torlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq 
tartibga solinadi. Xususan, ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va 
usullari; tanlash tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon 
etilgan. Auditorlik tanlash tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga 
nisbatan auditorlik amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiriladigan to’plam 
deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha 
oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon 
beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur bo’ladigan elementlar tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti moliyaviy 



Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin