Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi. Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli o’z hisobotining haqiqiyligi uchun javobgar bo’ladi.
Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan xulosaga kelgan bo’lsa, asosiy auditorning o’zi esa boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli qo’shimcha taomillarni bajara olmasa, u auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli belgilangan tartibda auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechadi. 9.3.Auditorlik tekshiruvida ekspert ishidan foydalanishning xorij tajribasi Auditorning ma’lumoti va tajribasi unga ishchanlikka oid masalalardan yaxshi xabardor bo’lishga imkon beradi, biroq unda, kutilganidek, aktuarniy yoki muxandis kabi boshqa kasbga o’qigan ogdam kabi boshqa kasbga o’qigan odam kabi ekspertlik bilimi bo’lmaydi. Agar audit maxsus ekspertlik ibilimini talab qilsa, auditor zarur dalillarni yig’ishda yordam berishi uchun ekspert yollaydi. ISA 620 ekspertni maxsus barqaror mahoratga, buhgalteriya hisobi va auditdan tashqari aniq sohalarda bilim va tajribaga ega inson sifatida ta’riflaydi.auditor eksperdan foydalanishi mumkin bo’lgan vaziyat aktivlarning ma’lkm turlarini baholash (er va binolar, san’kt asarlari, qimmatbaho toshlar va boshqalar.); aktivlarning fizik (jismoniy) holatini aniqlash (belgilash); sug’urta bahosi shartnomalardan kelib chiqadigan qimmatliklar; aniqlangan