O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Hujjat bilan ishlashda uning kim tomonidan tuzilganligi muhim ahamiyatga ega. 
Mijoz korxona tomonidan tayyorlangan va ishlov berilgan hujjatlar ichki hujjatlar 
hisoblanadi. Auditorlik tashkilotiga qay darajada ishonish bunday hujjatlarni tuzish va ishlov 
berish ustidan o’rnatilgan mijoz-korxona ichki nazorat vositalarining ishonchliligiga bog’liq. 
Uchinchi shaxslar tomonidan tayyorlangan va xo’jalik yurituvchi subektlarga yuborilgan 
tashqi hujjatlar ichki hujjatlarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi.
Hujjatlarni tekshirish chog’ida ularning o’z vaqtida va aniq rasmiylashtirilganligi, 
majburiy rekvizitlarning mavjudligi va to’g’riligini aniqlash ham zarur. Auditorlar 
hujjatlarni tekshiruvdan o’tkazishda ularning buxgalteriya hisobi registrlariga o’z vaqtida, 
aniq va to’liq aks ettirilishiga ham e’tibor berishlari kerak.
Kuzatib chiqish
– bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar 
ma’lumotlarining aks ettirilishini, ayrim dastlabki hujjatlarni tekshiradigan, yakuniy schetlar 
korrespondentsiyasini topadigan va xo’jalik faoliyatining tegishli faktlari buxgalteriya 
hisobida to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettirilganligini tekshirish jarayonidir.
Kuzatib chiqish dastlabki hujjatlardan sintetik va analitik hisob registrlariga, bosh 
daftarga va hisobotlarga tomon, yoki ko’p hollarda uchraydigan, teskari tomon yo’nalishi-da 
amalga oshiriladi. Kuzatib chiqish, xususan, mijoz-kor-xona hujjatlarida aks ettirilgan 
notipik moddalar va hodi-salarni o’rganishga imkon beradi.
Auditor kuzatib chiqish uchun dastlabki hujjatlarni №14-«Auditorlik tanlash» nomli 
AFMSga muvofiq tanlab oladi.
Tahliliy amallar
deganda auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va 
baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin