O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

inventarizatsiya 
materiallarini tahlil qilish auditorga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil 
etilishini to’g’ri baholash imkonini beradi.
Alohida xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidala-riga rioya qilinishini tekshirish 
bevosita ushbu ishlarning bajarilish paytida amalga oshiriladigan hisob ishlari ustidan 


nazorat o’rnatishni nazarda tutadi.
Auditor 

yoki 
bu 
xo’jalik 
muomalasining 
hujjatlar 
bilan 
qanday 
rasmiylashtirilayotganligi, hamda bunday faktlarni hisob registrlarida aks ettirishning 
ketma-ketligi ustidan nazorat o’rnatishni kuzatadi. Bu ichki nazoratning ahvoli kabi, 
buxgalteriya hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishini ham baholashga imkon beradi.
Tasdiqlash auditorlik dalili sifatida hisob-kitob va valyuta schetlaridagi, mol etkazib 
beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar 
hisobga olinadigan schetlardagi qoldiqlarning haq-qoniyligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish 
uchun qo’llaniladi.
№50 AFMSga muvofiq: «auditorlik tashkiloti pul mablag’lari, hisob-kitoblar, 
debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobga olinadigan schetlarning qoldiqlari to’g’risidagi 
ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi auditorlik dalillarini mustaqil (uchinchi) 
tomonlardan yozma ravishda olishi lozim». Hisob-kitob va valyuta schetlaridagi qoldiqlar 
bank ko’chirmalari bilan, debitorlik va kreditorlik qarzlarining haqqoniyligi esa taqqoslash 
dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitoblarning ahvoli, oldi-sotdi ishlarining 
shartlarini va shunga o’xshashlarni tasdiqlovchi zarur ma’lumotlarni olish uchun turli 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin